Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
Orqa osmaning asosiy nosozliklari va bartaraf etish usullari
Download 2.89 Mb.
|
yurish qismiga txk O\'MT
Orqa osmaning asosiy nosozliklari va bartaraf etish usullari
Izoh: Osma detallarining egilishi yoki darz ketishi-sinishi kuchli zarba yoki avtomobilning to‘qnashuvi tufayli sodir bo‘ladi. Osmaning vazifasi.Avtomobil' notekis io’ldan harakat qilaetganda g’ildirak orqali kuzovga turtkilar uzatiladi. Qabul qilingan turtkilarni kamaitirish va so’ndirish avtomobilning yurish ravonligini yahshilaidi. Osma – avtomobil' harakatlanaetganda uning yurishdagi ravonligini ta'minlash uchun hizmat qiladi. U kuzov va o’qlarni birlashtiruvchi agregatdir. Zamonaviy avtomobillarga o’rnatilaetgan osmalarni ularning kinematik hususiyatlariga qarab ikki turga ajratish mumkin: 1. Nomustaqil – bir g’ildirakda qabul qilingan turtkilar ikkinchisiga uzatiladi. 2. Mustaqil – g’ildiraklarda vertikal harakat vaqtida bog’lanish io’q. Ikkala turdagi osmalar kinematik hususiyatlariga qarab uch gruppaga bo’linadi: a) g’ildirak avtomobilning bo’ilama o’qiga tik tekislikda tebranadi; b) g’ildirak avtomobilning bo’ilama o’qiga parallel tekislikda tebranadi; v) g’ildirak avtomobilning bo’ilama o’qiga burchak ostida tebranadi. Osmalar gruppasi avtomobilning oldingi va ketingi o’qlarida bir hilda ishlatilib, har hil konstruktiv ko’rinishlarda bulishi mumkin. Osmaning asosiy qismlari. Avtomobil osmasi uch qismdan iborat : a) io’naltiruvchi richaglar; b) elastik qism; v) so’ndiruvchi qism. Mustaqil osmalarning konstruktiv hususiyatlari. G’ildiraklar yuqoriga va pastga harakatlanganda uni boshqa sharnirli uzellarining harakat koordinatalari o’zgarishi osmaning kinematikasi deb ataladi. Kinematik hususiyatlariga ko’ra osmalar uch gruppaga bo’linib, ular oldingi va ketingi o’qlarda bir hil ishlatilishi mumkin. Ikki richagli, parallelogramm ko’rinishdagi osmaning tebranish o’qi avtomobil' bo’ilama o’qiga burchak ostida mahkamlanib, vertikal siljiganda g’ildirakning o’rnatilish burchaklarini kam o’zgartiradi. Bundai osmalarning konstruktiv hususiyatlaridan biri ularning agregat tipida yasalganligidir. Amortizatorlarning vazifasi. Avtomobil' osmasining elastik qismi g’ildirak notekis io’lda harakatlanganda rama va kuzovni o’zgaruvchan chastota bilan tebrantiradi. Bu tebranishlar so’nuvchi bo’lishiga qaramai, ko’p vaqt davom etishi tufaili yurish ravonligini emonlashtiradi. Amortizator rama va kuzovning tebranishini so’ndiradi. Amortizatorlar ikki hil bo’ladi: richagli va teleskopik. Teleskopik amortizatorning asosiy afzalligi uning ihchamligi va osmada joilashtirish qulailigidir. Zamonaviy avtomobillarda ikki tomonga ishlovchi teleskopik amortizatorlarning qo’llanishi sababi ham shundadir. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorining vazifasi. Avtomobil' harakatlanganda, uning kuzovi va g’ildiraklari elastik osma orqali tutashtirilgani uchun, kuzov ko’ndalang tekislik bo’iycha ham tebranadi va avtomobilning ko’ndalang turg’unligi emonlashadi. Agar harakat burilish bilan bo’lsa kuzov og’adi. Ko’rsatilgan ikkala omil ham passajir uchun yurish komfortini emonlashtiradi. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatori kuzovning og’ishi va ko’ndalang tebranishini kamaitirishi, uni so’ndirish hamda avtomobilning ko’ndalang turg’unligini yahshilashga hizmat qiladi. U ko’pincha engil avtomobillarning oldingi osmasi bilan birga ishlatiladi. «NEKSIYa» avtomobili osmalarining tuzilishi. NEKSIYa avtomobilining old osmasi (1-rasm) richag-teleskopik bo’lib elastik qism sifatida prujina 2 ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson) tipidagi osmalar turiga kiradi. Osma pastki richaglar 6, amortizatorli teleskopik ustun 3, prujina 2, yuqorigi tayanch 1 va stabilizator 7 dan iborat. Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan. Teleskopik ustunning yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo’lib, oldingi g’ildirakning burilishini ta'minlash uchun tirgak podshipnik 1 o’rnatilgan. Teleskopik tayanchni g’ildirakning podshipnikli gupchagi ushlab turadi, uning o’zi esa pastki richag bilan sharli barmoq erdamida mahkamlangan. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatori 7 pastki richaglari ikkita stoika 8 orqali mahkamlangan. «Neksiya» avtomobilining ketingi osmasi (2-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo’ilama joilashgan richagdan 1 iborat bo’lib, kuzovga mahkamlangan, hamda bir-biri bilan ko’ndalang to’sin 2 bilan biriktirilgan; bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina 3 va amortizator 4 ham bor. Amortizator va prujinalar airim joilashgan. Osmaning ko’ndalang to’sini sharnir erdamida kuzov kronshteiniga mahkamlangan. Osma richaglariga avtomobilning ko’ndalang turg’unligini ta'minlash stabilizatori 5 mahkamlangan. Ma’lumki, avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yoki har xil tezlikda xarakatlanganida g‘ildiraklar orqali kuzovga yoki rama 8 ga turtki va siltov kuchlari uzluksiz uzatiladi. Bu salbiy kuchlarni kamaytirish maqsadida osmada hajmli yoki shaklli o‘zgaruvchi konstruksiyadan foydalaniladi. Elastik konstruksiyalarda varaqali ressor yoki spiralsimon prujinalar qo‘llaniladi. Orqa osma ham, old osma singari mustaqil yoki nomustaqil bo‘lishi mumkin. Nomustaqil osmada chap va o‘ng g‘ildiraklar umumiy bikr balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, bir g‘ildirakni siltanishi va tebranishi ikkinchi tomondagi g‘ildirakga uzatiladi. Uyga vazifa. O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish. Darslik va qo’shimcha adabiyotlardan mavzuni o’qib o’rganish. 1. A.I. Komilov va boshqalar. Traktor va avtomobillar. T.:-«Talqin»-2003. 2. «Traktor va avtomobillar». -V.A.Skotnikov taxriri ostida. 3. A.M.Gureevich, Ye.M.Sorokin. «Traktor va avtomobillar». Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling