Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar


Avtomobil ramalari va osma birikmalarini tormoz va boshqarish mexanizmlarining nosozliklari


Download 2.89 Mb.
bet65/164
Sana02.06.2024
Hajmi2.89 Mb.
#1834183
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   164
Bog'liq
yurish qismiga txk O\'MT

Avtomobil ramalari va osma birikmalarini tormoz va boshqarish mexanizmlarining nosozliklari.
Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g’ildiraklar va ko’priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari.
Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o’zgartirgan holda dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatib beradi.
G’ildirak formulasi 4x2 va orqa g'ildiraklari yetaklovchi bo’lgan ikki o’qli avtomobilning transmissiyasi ilashma, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensial va yarim o’qlardan iborat bo’ladi. Transmissiyaning sanab o’tilgan oxirgi uchta elementi konstruktiv jihatdan orqa ko’prik karteriga joylashgan bo’lib, alohida agregatni tashkil etadi.
Avtomobilning yurish qismi arava ko’rinishida bo’lib, u o’zida ramani, oldingi ko’priklarni, osmalar va g’ildiraklarni mujassamlashtiradi. Rama yurish qismining barcha elementlarini mahkamlash uchun asos bo’ladi. Yengil avtomobillarda bu vazifani kuzovning o’zi bajaradi.



1-rasm. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi;
1-dvigatel, 2-ilashma, 3-uzatmalar qutisi, 4-rul boshqarmasi, 6- orqa etaklovchi ko’prik (most), 7- rama, 8-ressor, 9-g’ildirak, 10- yonilg’i baki, 11-amortizator, 12- oldingi ko’prik.
Boshqarish me[anizmlari rul boshqarmasi va tormoz tizimidan iboratdir. Rul boshqarmasi oldingi g’ildiraklarni kerakli burchakka burib, avtomobilning harakatlanish yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qilsa, tormoz tizimi esa avtomobilning tezligini kamaytirish, uni to’xtatish va o’z o’rnida tutib turish kabi vazifalarni bajaradi.
Avtomobil kuzovi haydovchi va yo’lovchilarni hamda yuklarni joylashtirishga mo’ljallangan. Yuk avtomobillarining kuzovi- kabina va yuk platformasidan iborat. Yengil avtomobillar kuzovi bir vaqtning o’zida yo’lovchilar va yuklarni joylashtirishga hamda dvigatel, transmissiya agregatlarini, yurish qismi va boshqaruv me[anizmlarini mahkamlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.





Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling