Kirish. Avtotransport huquqi to`g`risida tushuncha, uning turlari, tuzilishi va manbalari


Download 48.95 Kb.
bet4/18
Sana03.02.2023
Hajmi48.95 Kb.
#1148348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mavzu

3-bosqich.
Yakuniy
10-daqiqa

Mashg‘ulot yakuni
Faol ishtirok yetgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi
Uyga vazifani berilishi
Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi(7-ilova)

Baholari bilan tanishadilar.
Uyga vazifani yozib oladi

AVTOTRANSPORT HUQUQI TO'G'RISIDA TUSHUNCHA,


UNING TURLARI, TUZILISHI VA MANBALARI
1.1. Avtomobil transport huquqi tushunchasi
Transport - moddiy ne'matlar ishlab chiqarishning mustaqil tarmo-
g'i bo'lib, Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari (sanoat, qurilish va
qishloq xo'jaligi) bilan bir qatorda faoliyat koʻrsatadi. Transportning
o'ziga xos iqtisodiy xususiyati shundan iboratki, u qandaydir shakldagi
yangi moddiy ne'matlarni yaratmaydi, balki sanoatda, qurilishda va
qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni makondagi joyini
o'zgartiradi, ya'ni ularni ishlab chiqarish doirasidan iste'mol doirasi-
ga yetkazib (tashib) beradi. Agarda sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligi
uchun eng muhim vazifa moddiy shakldagi mahsulotlarni ishlab chiqa-
rish boʻlsa, transport uchun esa eng muhim vazifa - ushbu mahsulotlar-
ning joylarini o'zgartirishdir. Mahsulotlarning joylarini o'zgartirish
ishlab chiqarish jarayonining eng zarur shartlaridan birini tashkil etadi. Transport ijtimoiy ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarini bir butun holatda bog'lab turadi. Bundan tashqari, transport milliy iqtisodiyotda mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettirib, uni nihoyasiga, ya'ni iste'mol doirasigacha yetkazib beruvchi sohadir. Shu sababli, transport ishlab chiqarish faoliyatining mahsuloti shu faoliyatning oʻzidan ajralmasdir. Transportning bu faoliyati yo'lovchilarni va yuklarni tashishda ifodalanadi.
Transport ko'p tarmoqli murakkab ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Uning faoliyatini va transport vositalaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun maxsus me'yorlar kerak bo'ladi. Shu o'rinda huquq tushuchasiga izoh berib o'tish maqsadga muvofiqdir. Huquq - bajarilishi majburiyligi o'rnatilgan yurish-turish qoidalari, xatti-harakatlaridir. Huquqning majburiyligi davlattomonidan o'rnatiladi va bajarilishi ta'minlanadi. Huquq tushunchasi
- fuqarolarga nisbatan olinsa, u Konstitutsiyaviy yoki oddiy huquq-
larga bo'linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy me'yorlar
bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan tartibga solinadi. Huquq,
o'z navbatida, tarmoqlarga bo'linadi: konstitutsiyaviy huquq,
ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, transport huquqi
va boshqalar.
Transport huquqlari me'yorlar majmuidan iborat bo'lib, transport
faoliyatini va uning ishini tashkil etish sababidan paydo bo'ladi-
gan ijtimoiy munosabatlarni, transport korxonalari va transport
vositalaridan foydalanuvchi uning ko'p sonli mijozlari o'rtasidagi
munosabatlarni, hamda bir xil va har xil turdagi transport korxonalari
o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Engem atuty 20
Shunday qilib, transport huquqining mavzusi (predmeti) transport
vositalaridan foydalanish tufayli paydo bo'ladigan, transport korxona-
lari va transportning mijozlari o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlardan
tashkil topadi. Shuningdek, ushbu mavzu transport faoliyatini va uning
ishini tashkil etish sababidan paydo bo'ladigan transport korxonalari
o'rtasidagi munosabatlardan va transport faoliyatining jarayonlari-
da uchrab turadigan xorijiy tashkilotlar, firmalar va fuqarolar bilan
bo'ladigan munosabatlardan iboratdir.
Avtotransport huquqida markaziy o'rinni yuk va yo'lovchi tashishni
tartibga soluvchi me'yorlar egallaydi. Avtotransport huquqi faqatgina
tashish majburiyatlarini belgilovchi me'yorlar majmualarini o'rganib
qolmay, balki shu bilan birga, ma'muriy, mehnat, moliya huquqiy
munosabatlarini va shartnoma majburiyatlarini ham keng ma'noda
o'rganishga da'vat etadi. Avtotransport huquqining fuqarolik huquqlari
tizimidagi o'rnini muhokama qilishda shundan kelib chiqish kerakki,
avtotransport huquqi huquqshunoslikning mustaqil sohasi deb e'tirof
etilmaydi.
Fuqarolik huquqi - fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchi-
lari huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning,
intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelishi
asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilash, shartnoma
majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquq me'yorlari yig'indisidan iboratdir. Fuqarolik huquqi
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (FK)ga asoslanadi.
Fuqarolik huquqi tovar-pul munosabatlariga va ishtirokchilarning teng
huquqliligiga asoslanadi.
Avtotransportning faoliyati sababidan paydo boʻlgan mulkiy
munosabatlar fuqarolik huquqining umumiy holatlariga mos tushadi.
tashish shartnomasi
Avtotransport huquqining eng muhim boʻlimi
esa FKning huquqiy poydevoriga asoslangan. Avtotransportda mulkiy
munosabatlarni tartibga solish uslublari FKda bayon etilgan uslublar-
dan jiddiy farq qilmaydi.
qu
-
Transport huquqi huquqshunoslikning turli sohalari - fuqarolik,
ma'muriy, xalqaro, mehnat va boshqa huquqiy me'yorlarning maj-
muidan iborat. Avtomobil transporti huquqi esa transport huquqining
maxsus qismini tashkil etadi (temiryo'l, dengiz, suv, havo transporti
huquqi singari). Transport huquqi me'yorlari ko'p qirraligi va murak-
kabligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham ularni oʻrganish, oʻz
mavzusiga va o'z tizimiga ega bo'lgan, maxsus mustaqil kurs sifati-
da ajratib qo'yilgan. Transport huquqi tizimi yuk, yo'lovchi va bagaj
tashish jarayonida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartib-
ga solishning o'ziga xos uslublarni aks ettiradi. Avtotransportning
tashish bo'yicha faoliyati xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari
singari shartnomaga asoslanadi. Tashish shartnomasi esa tashishni
tashkil etishni tartibga soluvchi huquqiy usul deb e'tirof etiladi.
Shuning uchun tashishni tashkil etishda shartnomaviy munosabatlar
ahamiyatini kuchaytirish, tashish ishtirokchilari shartnoma majburi-
yatlarini lozim darajada bajarishlaridagi huquqiy kafolat deb e'tirof
etiladi.
O'z mohiyatiga ko'ra yuk tashish (quyida tashish deb yuriti-
ladi) jarayoni nihoyatda murakkab jarayondir va uni bir qator texnik
operatsiyalarni bajarish natijasida (yuklarni tashishga tayyorlash,
ortish-tushirish va ombor ishlari, saralash va manevr ishlari, transport
vositalarining harakatini tashkil etish va h.k.) amalga oshiriladi. Bu
texnik operatsiyalar mustaqil ravishda har biri alohida-alohida maʼlum
ketma-ketlikda bajarilsa-da, ammo har biri boshqalari bilan birgalik-da maqsad-mohiyatga ega bo'ladi. Chunki bu maqsad iqtisodiy jihat-
dan yuklarni makondagi joyini o'zgartirishga qaratilgan. Yuk tashish
jarayonining texnologik munosabatlardagi bu umumiyligi, tashish
bo'yicha huquqiy munosabatlarning umumiyligini ham belgilaydi.
Shuning uchun tashish jarayonidagi har bir texnik operatsiyani ba-
jarish bo'yicha qilingan harakat ma'lum huquqiy shaklda namoyon
bo'ladi. Shu sababli, uning har biriga tashish ishtirokchilarining
ma'lum doiradagi huquqlari va majburiyatlari mos keladi. Bu esa, oʻz
navbatida, tashish bo'yicha huquqiy munosabatlar tarkibidagi ayrim
majburiyatlarni ajratib olish imkoniyatini beradi. Lekin, bu majburi-
yatlar oʻzaro shunday tigʻiz va ajralmas bogʻlanganki, xuddi tashish
jarayonidagi material harakatlardek, qaysiki ular huquqiy shakllar
hisoblanadi va ularning majmui esa tashish tushunchasini o'z ichiga
oladi.
Shunday qilib, transport huquqiy munosabatlarining umumiyligi
tashish jarayonining texnologik va tashkiliy ajralmasligini yuridik
ifodasi hisoblanadi. Tashish jarayonining murakkabligi esa tashish
bo'yicha huquqiy munosabatlarning murakkabligini belgilaydi, qay-
siki bu huquqiy munosabatlarda har bir taraf mazmunan turli huquq va
majburiyatlarga egadirlar.
Ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi huquqiy munosabatlar huquq man-
balari asosida tartibga solinadi. Huquqiy munosabatlar huquqiy
me'yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Meh-
nat, mulkiy, pul-kredit munosabatlari huquqiy munosabatlarga kiradi.
Huquq manbalari - huquqiy me'yorlar qayd qilingan hujjatlar, huquq
manbalari Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, farmonlar va
hokimiyat organlarining hujjatlari hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo'lib, eng yuqori yuri-
dik kuchga ega bo'lgan hujjatdir. Konstitutsiya davlat tuzimini,
davlatning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi,
ularning vakolatlarini, shaxsning huquq, erkinlik va burchlarini bel-
gilab qo'yadi. Konstitutsiya me'yorlari bilan jamiyatdagi eng muhim
ijtimoiy munosabatlar mustahkamlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengash tomonidan qabul
qilingan. Shu kuni umumxalq bayrami deb belgilangan.
Konstitutsiya-O'zbekiston Respublikasidagi huquqning bosh man-
bai. U turli qonunchilik sohalarining mushtarakligini, bir butunligini
va o'zaro muvofiqligini, boshlang'ich tamoyillarining umumiyligini
ta'minlaydi. Konstitutsiya va qonunning ustunligi shundan dalolat be-
radiki, hech kim, hech bir jismoniy va yuridik shaxs o'z xatti-harakatini
qonundan yuqori qo'ya olmaydi va bunga haqqi yo'q. Qonun hamma
narsadan ustun turishi kerak. Chunki demokratik tarzda uyushtirilgan
jamiyatda qonun adolat va tafakkur ifodasidir. Qonunning eng asosiy
ijtimoiy vazifasi - jamiyatda tartib-intizom va barqarorlikni ta'min-
lashdan iboratdir.
Avtotransport huquqining eng muhim manbalaridan biri
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. O'zbe-
kiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining «Yo'lovchi, bagaj va yuk
tashish» deb nomlangan 39-bobi 17 ta moddadan (709-725 moddalar)
iborat bo'lib, unda yo'lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy
qoidalari; yo'lovchi va yuk tashish shartnomasi; bir yo'nalishda har xil
transportda tashish; umumiy foydalanishdagi transportda tashish; kira
haqi; transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish); yo'lovchi,
bagaj va yukni eltib qo'yish muddati; tashishdan kelib chiqadigan maj-
buriyatlar bo'yicha javobgarlik; tashish shartnomasi talablarini bajar-
maganlik yoki o'z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik; yuk yoki
bagaj yo'qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi
(buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi; tashishni tashkil etish
shartnomalari; yuk tashishga nisbatan talab va da'volar hamda boshqa
shu kabi huquqiy me'yorlar berilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
40-bobi ham transport ishini tashkil etishga bag'ishlangan boʻlib,
<(726-731 moddalar) tashkil topgan bo'lib, unda transport ekspeditsi-
yasi shartnomasi; shartnomaning shakli; transport ekspeditsiyasi
shartnomasi boʻyicha ekspeditorning javobgarligi; espeditorga berila-
digan hujjatlar va boshqa axborot; uchinchi shaxsning ekspeditor maj-
buriyatini bajarishi va ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish kabi
huquqiy masalalar yoritib berilgan.


Download 48.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling