Kirish aziz o'quvchilar! Ma'lumki, har bir inson moddiy ne'matlar


Download 39.88 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi39.88 Kb.
#1334293
1   2   3
Bog'liq
6-sinf 1-dars KIRISH (1)

Matn muharrirlarida ishlash

Kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kirgani uchun barcha rusumdagi kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqarilgan. Bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqarilgan o'nlab matn muharrirlarini aytib o'tish mumkin. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Bloknot, Word-Pad matn muharrirlari siz 5-sinfda o'rgangan Paint yoki Kalkulyator dasturlari kabi ishga tushuriladi.


Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:



1) ma'lumotlarni kiritish

5) xatolarni tuzatish

2) belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash

6) matnni biror «qolipgasolish», ya'ni chap va o'ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish

3) matnni xotiradasaqlash

4) matnni xotiradan o'qish

7) chop etish

Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ular matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) katta ahamiyatga ega bo'lmaganda qo'llaniladi.




Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin.

Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo'lgan ishchi maydon, yurgich va menyu quyidagi rasmda ko'rsatilgan.







Ishchi maydon. Matn muharriri kompyuter ekranida «ishchi maydon» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydon matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonda aks etib boradi.
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonning qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.
Menyu satri. Maxsus buyruqlar va amallar majmui menyu deb ataladi. Ular yordamida matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich va ishchi maydonning ko'rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida biroz farq qilishi mumkin.
Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari biroz farqlansa-da, ma'nosini tushunib olish qiyin emas. Masalan, matnni xotiraga yozish buyrug'i ba'zi matn muharrirlarining Fayl menyusida “yozish” deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida “saqlash” deb nomlangan. Shu kabi matnni xotiradan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida “o'qish”, “yuklash” yoki “ochish” deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa ham, deyarli bir xil ma'noni anglatadi va aynan bir xil vazifani bajaradi.




Download 39.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling