Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali
Sovuq buloq konini qazib olish tizimi
Download 335.51 Kb.
|
Xasanov U. asosiy qism 100 %
2.2. Sovuq buloq konini qazib olish tizimi
Sovuq buloq konini o’zlashtirish loyihasi 1979-yil “Giprosvetmet” instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko’ra kon ochiq usulda qazib olinishi kerak. Karyerning chegaralari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ohaktoshiga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib, zaxira hisoblash konturiga muvofiq belgilanadi. Shundan kelib chiqib karyerda 8374,6 ming tonna yoki B+C1 toifali ohaktosh balans zahiralarining 73 foizi qazib olishga jalb qilingan. 4-jadval
O'rtacha ochish koeffitsienti 1,05 m3/m3 bilan ochiq konturdan tashqarida qolgan zahiralarni o'zlashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Qabul qilingan qazib olish tizimiga muvofiq – puch tog’ jinslari otvallarga yuboriladi. Kon tog 'jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari, ohaktosh qazishning ommaviy usuli, shuningdek, kon qazish uchun qabul qilingan transport tizimi va yuklash uchun EKG-5A ekskavatoridan foydalanish bizga 10 m balandlikdagi pog’onalar bilan qazib olish imkonini beradi. Portlatilgan jinslar uyumi kengligi, tog'-kon va transport uskunalarini, shuningdek, ulardagi yo'lni joylashtirish asosida ish joylarining kengligi 40 m deb hisoblanadi. Kon ishlarini chuqurlashish tezligi karyerning hozirgi kundagi yillik ishunumdorligidan kelib chiqqanda yiliga o'rtacha 6 m ni tashkil qiladi. Sovuq buloq karyerining loyiha quvvati yiliga 120 ming m3 bo’lib bu ko’rsatgich ohaktoshning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslariga tayanib qabul qilingan. Kon qazish ishlarini chuqurlikka tushirishning qabul qilingan intensivligi karyerning uchinchi yilida ohaktosh qazib olish bo'yicha loyihaviy quvvatga erishishni ta'minladi. Ohaktosh va ustki qatlamlarni qazib olish bo'yicha karyerning taxminiy ko'rsatkichlari jadvalda keltirilgan. Rivojlanish va pasayish davrlarini hisobga olgan holda karyerni ishlab chiqish muddati 22 yilni tashkil qiladi. Karyerning ishi yil davomida uzluksiz ish haftasida ko'zda tutilgan. Bir yildagi ish kunlari soni 256 ta, kunlik smenalar soni 1 ta, ish smenasining davomiyligi 8 soat. 5-jadval Karyerning yillik ishlab chiqarish quvvati
Download 335.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling