Mahalliy ishchilarni ish bilan ta'minlash uchun import cheklovlari o`rnatish natijasida:
boshqa davlatlarning qasosiga olib kelishi mumkin,
katta va kichik iqtisodiyotga turlicha ta'sir qiladi,
import bilan bog`liq ishlarni qisqartirish,
boshqa sohadagi ish joylarini qisqartirishi mumkin,
chet elda daromadlari pastligi sababli eksport bilan bog`liq ishlarini qisqartirishiga olib kelishi mumkin.
Qasos olish ehtimolligi – mahalliy firmalarni himoya qilish yoki qo`llab quvvatlash uchun qo`llanilgan savdo cheklovlari xorijiy mamlakatlarning mahalliy sanoatga nisbatan cheklovlar qo`yilishi sabab bo`ladi.
Yirik mamlakatlar qasos olishda muhim hisoblanishadi. Misol uchun AQSH tomonidan tekstil mahsulotlarini import qilish, Xitoy Vietnamga qaraganda ko`proq ustunlikka ega. Shu sababdan AQSH iqtisodiyotiga Vietnamga nisbatan Xitoyga qarshi import cheklovlarini o`rnatish katta ta`sir qiladi.
Ish bilan ta'minlashning boshqa cheklovlari - Qasosdan tashqari, importni cheklash orqali ish joylariga ega bo'lish quyidagi cheklovlarga ega:
Import kamroq bo'lsa, konteyner-yuk tashish sohasidagi ishlarni bajarish, bojxonada tovarlarni rasmiylashtirish va importni taqsimlash kabi import bilan ishlov berish ishlarining kamayishini anglatadi.
Ishlab chiqarishning jahon miqyosidagi murakkabligini hisobga olgan holda, bitta sanoat bo'yicha import cheklovlari boshqa sanoat tarmoqlari uchun yuqori xarajatlarni keltirib chiqaradi va shu bilan ularni raqobatbardoshligi kamaytiradi.
Chet elda daromadni ko'paytirish orqali import to'g'ridan-to'g'ri bo`lmasa ham eksportni rag'batlantiradi, bu esa chet ellik iste'molchilar keyinchalik daromadlarini qisman yangi importga sarflashini anglatadi. Shunday qilib, chet elda daromadlarni cheklash ichki daromadlar va ish bilan ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |