Kirish Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi shu yo`lda hatto jonini ham ayamaydigan, o`zidan so`ng ozod va obod vatan qoldiradigan
Xotima……………………………………………….……………………….66 Adabiyotlar
Download 0.7 Mb.
|
Zarrachalar fizikasining Standart modеli (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elim deb, yurtim deb yashovchi shu yo`lda hatto jonini ham ayamaydigan, o`zidan so`ng ozod va obod vatan qoldiradigan
Xotima……………………………………………….……………………….66
Adabiyotlar…………………………………………………..……………….67 Kirish Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi shu yo`lda hatto jonini ham ayamaydigan, o`zidan so`ng ozod va obod vatan qoldiradigan farzandlarni tarbiyalashimiz darkor. ISLOM KARIMOV O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida``gi PQ-2124-sonli Qarorining mazmun-mohiyatida sog`lom bola masalalari o`z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan 2014 yilning mamlakatimizda ``Sog`lom bola yili`` deb elon qilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qo`llab-quvvatlandi.Ushbu yilning asosiy mazmun-mohiyati, dasturlari, yo`nalishlari 2014 yilning 19 fevraldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ``Sog`lom bola yili`` Davlat dasturi to`g`risidagi qarorida to`la-to`kis yoritib berilgan. Mustaqillik sharofati bilan yoshlarimizning har tomonlama bilim olishi, fikrlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.Ayniqsa shaxslarning barkamol bo`lishida bilim olish huquqi katta ahamiyatlidir.Chunki ta`lim xalq manaviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.Maktab ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi Asosiy Qonunimizda belgilab qo`yilgan.Shu bilan birga,bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashlarini talab qiladigan umummilliy masaladir. Konstitutsiyamiz har bir moddasi yuksak tafakkur va qalb harorati bilan bitilgan.Konstitutsiyamizda bilim olish haqida alohida to`xtalib o`tilgan. Xususan 41-moddada:har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir. 42-modda esa ``Har kimga va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish kafolatlanadi`` deyilgan. Bundan tashqari Bosh qomusimiz Konstitutsiyadan kelib chiqqan holda davlatimiz tomonidan qonunlar, Prezidentimiz qarorlari qabul qilindi.``Kadrlar tayyorlash milliy dasturi``, ``Talim to`g`risida”gi Qonun`, ``Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi``ni bunga misol qilib aytishimiz mumkin. Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ``9+3`` rejasi ishlab chiqildi.Ya`ni to`qqiz yillik umumta`lim va uch yilni kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda davom ettirish majburiy etib belgilab qo`yildi. Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan etibor va ta`lim sohasini rivojlantirish borasida qilingan salmoqli ishlarni raqamlar misolida sharxlaydigan bo`lsak,``Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi`` doirasida 8832 maktabda qurilish ta`mirlash, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirilgani, 1537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilgani istiqlol yillarida ilm-fan sirlari va zamonaviy texnologiyalarni puxta o`zlashtirgan, yuksak malakali kadrlarni tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari soni salkam ikki baravar ko`payib, bizning bu sohada o`zgalar havas qiladigan ulkan marralarga erishganimizdan dalolat beradi. Bu sohaning ajralmas qismi bo`lgan musiqa va san`at maktabi rivojlantirish va Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ``Musiqa va san`at maktablarini qurish va ularni moddiy texnik bazasini mustahkamlash`` to`g`risidagi qaror ham bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin. 2012 yil 16-17 fevral kunlari poytaxtimiz Toshkentning Simpoziumlar saroyida Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti`` mavzuidagi xalqaro konferensiya va unda 40 dan ortiq dunyo mamlakatlarining vakillari qatnashib, bizga bergan yuksak tahsini fikrimizning yana bir isbotidir. Mamlakatimizda olib borilgan keng ko`lamli ishlarning natijasi, tasdig`i sifatida yoshlarimizning fan olimpiadalarida faol qatnashib, 150 dan ziyod oltin, kumush medallarni qo`lga kiritgani, xalqaro san`at va musiqa festevallari 670 dan ortiq sovrinlarni qo`lga kiritgani misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda ``Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart``. Darhaqiqat, faqat sog`lom xalq, sog`lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi.Zero, sog`lom bolalar davlatimiz va xalqimizning eng katta boyligi, buyuk kelajagimiz bunyodkoridir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling