Kirish Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi shu yo`lda hatto jonini ham ayamaydigan, o`zidan so`ng ozod va obod vatan qoldiradigan
Izotopik spin, g`alatilik, elektr, barion, lepton zaryadining saqlanishi
Download 0.7 Mb.
|
Zarrachalar fizikasining Standart modеli (1)
Izotopik spin, g`alatilik, elektr, barion, lepton zaryadining saqlanishi.
Saqlanish qonunlarining uchinchi guruppasiga kiruvchi izotopik saqlanish qonuni elementar zarralarning kuchli o`zoro tasiriga oid malum simmetriyasi bilan bo`liqdir. Izoton spin yoki izospin (T) haqidagi tushincha dastavval fizikaga proton bilan proton (p-p), proton bilan neytron (p-n) va neytron bilan neytron (n-n) bir xilda yadroviy (kuchli) o`zoro tasirlarda bo`lishini tushintirish uchun Kristal edi. Maalumki p va n ning elektromagnit xususiyatlari bir- biridan katta farq qiladi: p musbat elektr zaryadiga ega, n neytral zarra, protonning magnit momenti musbat neytronniki manfiy kattalikdan iborat. Shunday qilib, elektromagnit o`zoro tasirda, proton va neytron ikki xil zarra sifatida, yadroviy (kuchli) o`zoro tasirda esa ikki xil (proton va neytron) holatdagi bitta zarra- nuklon (N) sifatida qatnashadi. Kvant soni (T)-izospin tushinchasining kiritilishi kuchli va elektromagnit o`zaro tasirga nisbatan elementar zarralarning qanday namoyon bo`lishini ko`rishga yordam beradi. Kuchli o`zaro tasirning abstrakt izotopik fazodagi simmetriyasida elementar zarralarning kuchli o`zaro tasir jarayonida izotopik spinning saqlanish qonuni kelib chiqadi. Bu qonunga asosan ikkita (p,n) zarra o`rniga izospini T=1/2 bo`lgan bitta zarra – nuklon to`g`risida gapiramiz. Oddiy spinga qiyos qilsak, abstract izotopik fazoda nuklon izospini , yani “izomomenti” proyektsiyasi izotopik fazoning Z o`qiga nisbatan faqat ikkita qiymat: = qabul qiladi. Nuklon izospini proyeksiyasining =+1/2 qiymati nuklonning proton holati, T=-1/2 qiymati esa neytron holati bilan bog`langan. Izotopik spinning saqlanish qonuni izotopik fazodagi almashtirishlarga nisbatan kuchli o`zaro tasirining simmetriyasi (invariantligi) bilan bog`liq. Kuchli o`zaro tasirdan boshqa hama o`zaro tasirlar bu simmetriyaga ega emas, ya`ni ularda izptopik spinning saqlanish qonuni buzuladi. Demak, izotopik spin fizik kattalik sifatida faqat kuchli o`zaro tasir zarralarinigina xarakterlaydi. Izotopik spinning izotopik Z o`qiga proyektsiyasi elektromagnit o`zoro tasirda ham saqlanadi. Murakkab sistemaning to`la izotopik spini shu sistemaning tarkibiga kiruvchi zarralar izotopik spinlarning vector yig`indisiga teng. Izotopik spinning vector yig`indisi oddiy spinning vector yig`indisi kabi hisoblanadi. Masalan, nuklon – pion sistemasining izotopik spiniga, pionniki esa 1ga teng va ularning vector yig`indisi 1/2 ga yoki 3/2 ga teng. Faqat o`zaro tasirlashuvchi elementar zarralarni xarakterlovchi yana bir fizik kattalik- g`alatilik (S) kvant sonidir. G`alatilikning saqlanish qonuni kuchli va elektromagnit o`zaro tasirlarda o`rinli bo`lib, kuchsiz o`zaro tasirda buziladi. G`alatilik additiv kattalik, yani murakkab sistemaning g`alatiligi uni tashkil etuvchilari g`alatiliklarning arifmetik yig`indisiga teng. G`alatilikning saqlanish qonunining fizik kelib chiqish tabiati hozirgacha aniqlangan emas. Elementar zarralar fizikasida saqlanuvchi to`rt xil zaryadlar: elektr Q, barion B, electron lepton , myuon lepton zaryadlari malum. Bu kattaliklar additive bo`lib ham musbat, ham manfiy qiymatlari qabul qilishi mumkin: Q,B, =…., -2,-1,0,1,2…. Zaryad saqlanish qonunlarining kelib chiqish tabiati va ularning faqat butun qiymatlarga tengligining sababi hozircha nomalum. Zaryadlarning saqlanish qonunlarining roli zaryadlar qiymatining o`zgarishi bilan bo`ladigan jarayonlarning o`tishini man qilmoqdan iborat. Masalan, elektr zaryadigan saqlanish qonuniga ko`ra deytronning (d) musbat pionga -kvantga parchalanishi mumkin bo`lsa, barion zaryadining saqlanish qonuniga ko`ra man qilinadi. Chunki deytronning barion zaryadi 2 ga, pion va fotonning barion zaryadi esa nolga teng. Hamma zaryadlari nolga teng elementar zarra chin neytral zarra deyiladi. Chin neytral zarraga foton va mezon misol bo`ladi. Chin neytral bo`lmagan zarra uchun uning antizarrasi mavjud. Zarra va antizarraning massa va yashash vaqtlari teng, zaryadlari esa qarama- qarshi. shuning uchun zarra juftidan iborat sistema chin neytral hisoblanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling