Kirish Biz fidoyi vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi shu yo`lda hatto jonini ham ayamaydigan, o`zidan so`ng ozod va obod vatan qoldiradigan
Download 0.7 Mb.
|
Zarrachalar fizikasining Standart modеli (1)
Birinchidan, zaryadning saqlanish qonuniga asosan neytrino zaryadsiz bo`lishi kerak. Shuning uchun ham, u neytrino- neytroncha deb atalgan
Ikkinchidan, bu jarayonda qatnashayotgan zarralarning massasi va energiyasi orasidagi munosabatlarga ko`ra neytrinoning massasi (tinch holatdagi massasi) nolga yaqin. Oxirgi tajribalar uning massasini nolga tengligini ko`rsatmoqda. Neytrinoning tezligi yorug`lik tezligiga teng va u har doim harakatda bo`ladi. Neytronlarga xos xususiyat – ularning spinini faqat bir yo`nalishda bo`lishligi. Har qanday zarraning spinini tashqi tasir natijasida istalgan yo`nalishga yo`naltirish mumkin. Faqat neytrinolargina bu qoidaga bo`ysunmaydi. ham impuls yo`nalishiga teskari yo`nalgan spinga ega. Antineytrinolarning spini esa harakat yo`nalishi bo`yicha yo`nalgan . neytrinolar xuddi shu holatda paydo bo`ladi, harakat qiladi, tasirda bo`ladi. Har qanday tashqi tasir ham neytrinoning harakat yo`nalishiga nisbatan joylashgan va bu joylashish absalyut harakatga ega shunday qilib neytrino tug`ma absalyut holatga ega. U o`zining spinini elektroni myuondan ajrata olishligini yo`qotmaydi. Shuning uchun ham birinchi marta xuddi shu jarayonda fundamental fizik kashfiyotlardan biri P-juftlikning saqlanish qonuni kuchsiz o`zaro tasirlarda buzilishi kuzatilgan. Mazkur zarralarning tabiatda mavjudligi murakkab muammoni tashkil qiladi. Bordi-yu ularning mavjudligini tushintirib o`tirmasdan osongina tan olsak ham bu zarralarning g`alati tabiatini , yani to`g`rirog`i ularning parchalanish jarayoni tushintirishning o`zi qiyin masaladir . ularning o`rtacha yashash vaqti ga teng. Bu esa kuchsiz o`zaro tasirning xarakterli vaqtiga teng. Ammo g`alati zarralar kuchli o`zaro tasir natijasida paydo bo`ladi. Bizning asosiy prinsplarimizdan biri (detal muvozanat prinsipi)- to`g`ri reaksiyaga teskari reaksiyaning mavjudlik prinspi bo`lib, unga asosan kuchli o`zaro tasirda taxminan s vaqt ichida tug`ulgan zarra xuddi shu yo`l bilan shuncha vaqt ichida parchalanishi kerak. Buning ustiga, energiyaning saqlanish qonuni bo`yicha hamma giperonlar kuchli o`zaro tasirida proton va pionlarga parchalanishi mumkin. Masalan, zarraning massasi proton va pion massalarining yig`indisidan 37 Mev ga ortiq. Xuddi shunday energiya balansini hamma giperonlar uchun ham tekshirib ko`rish mumkin. Lekin giperonlar, shuningdek, ka-mezonlar s da emas, balki 100 000 milliard marta uzoq c vaqt ichida parchalanadi. Xuddi mana shu vujudga kelish parchalanish vaqtlari o`rtasidagi katta farq bilan K-mezon vaa giperonlar biz yuqorida ko`rgan zarralardan ajralib turadi. Parchalanish sekin xarakterini A. Pays va I. Nambu quyidagicha tushintirdilar. Bu zarralar faqat birgalikda vvujudga kelishi kerak. Masalan, P+p P+ Bu jarayonlarda hamma zaryadlarning saqlanish qonuni bajariladi. 1952 yilda mashhur Italyan fizigi E.Fermi pi-mezonlarning protonlarda sochilishini tekshirish jarayonida xususiyatlari mutlaqo boshqacha bo`lgan yangi zarra- rezonanslarni kashf qildi. Olim turli energiyalar bilan protonlarga yo`naltirilgan pi-mezonlar protondan yetarli darajada uzoq masofadan o`tsa, o`z yo`nalishini o`zgartirmasligini , to`qnash kelgan taqdirda esa xuddi shu toshga urilgan sochma o`qday har tomonga sochilishini aniqladi. Bunday tajribada , ma`lum boshlang`ich shartlarga ko`ra, sochilishning xarakteri bo`yicha nuklon hamda yadronining diametrini , yani kuchli o`zaro tasir xususiyatlarining xarakterli o`lchamini aniqlash mumkin. Lekin pi-mezonlarning energiyasi 200Mev ga yaqinlashsa, sochilayotgan pi-mezonlarning soni to`satdan ortib ketadi. Energiyaning yana ham ortirilishida pi-mezonlar yana xuddi avvalgidek sochila boshlaydi. Agar sochilayotgan pi-mezonlar sonining pi-mezonlarning energiyasiga bog`lanishini ifodalaydigan energiya aniqlanadi. Pi-mezonlar sochilishining egri chizig`I rezonans tebranishining egri chizig`i bilan o`xshashdir. Shuning uchun pi-mezonlarning protonlarga sochilishidagi mazkur maksimum holatlarda vujudga kelgan zarralarga rezonanslar deb nom berilgan. Kvant elektrodinamikasining yaratilishida esa kalibrovik simmetriyaning yanada muhim roli- zarralar elektromagnit o`zaro tasiri hodisalarini har qanday aniqlik bilan hisoblashni taminlashi malum bo`ldi. Shuning uchun cheksizliklardan xolis elektrodinamika nazariyasini qayta normallanuvchi nazariya deb aytadilar. Buning aksi, kuchsiz o`zaro tasir nazariyasining dastlabki fenomenologik modeli tajriba natijalarini juda yaxshi tavsiflasa ham elektrodinamikadan farqli holda, qayta normallanuvchi emasdi. Nazariya o`zaro tasirni erkin zarra holatlarining kichik g`alayonlanishiga to`g`ri keladigan birinchi tartibli yaqinlashuvdagina eksperement bilan mos keluvchi natijalar berar edi. O`zaro tasirni aniqroq hisobga olishga qaratilgan har qanday urinish manosiz natijalarga olib kelar edi. Kichik energiyalarda kuchsiz o`zaro tasir haqiqatan ham kuchsizdir va shuning uchun kuzatiluvchi faktlarni tushintirish uchun birinchi tartibli yaqinlashish kifoya. Ammo yuqori energiyalarda kuchsiz o`zaro tasirni hamma tartibda to`la hisobga olish kerak. Shuning uchun hozircha kuchsiz o`zaro tasirlarning izchil nazariyasi yo`q va elektromagnit o`zaro tasir nazariyasiga o`xshash qayta narmallanuvchi nazariya yaratish masalasi aktualdir. Bu borada muhim yutuqqa 1967 yilda erishildi. Kuchsiz o`zaro tasir nazariyasining rivojlanishida yangi juda muhim qadam ushbu o`zaro tasirni elektromagnit o`zaro tasir bilan birlashtirish yo`lida amerikalik C. Vaynberg va Pokistonlik A.Salam tomonidan qo`yildi. Ushbu nazariya uchun C. Vanynberg , Sh. Glesho va A. Salam 1979 yilda nobel mukofotiga sazavor bo`ldilar. Juda kichik masofalarda kuchsiz o`zaro tasir elektromagnit o`zaro tasirdek kuch bilan namoyon bo`lishi kerak. Kuchsiz o`zaro tasirning sekin va kuchsiz o`tishining sababi uning tasir doirasining kichikligida. Tasir doirasining kichikligi oraliq vektor bezonlarning – ushbu o`zaro tasir vositachilarining massalarini noldan farqliligini va bir necha o`n proton massalariga tengligini bildiradi. Qisqacha aytganda , zarralarning “fotonli” o`zaro tasiri istalgancha masofalargacha yetsa, kuchsiz o`zaro tasirni tashuvchi vositachi zarralarning “makoni” juda kichik. Xuddi mana shu sohada kuchsiz o`zaro tasir elektromagnit o`zaro tasir bilan barqaror bo`ladi, lekin zarralar o`rtasida o`ta kichik () masofalar juda kam hosil bo`ladi. Zarralar bir-birlarining yonidan kuchsiz o`zaro tasir sohasi radiusi ()dan katta masofalarda o`tishi ehtimoli kattaroq. Faqat yuqori energiyalardagina ularning bir-biriga yaqin kelish ehtimoligi oshadi va kuchsiz o`zaro tasir intensivligi kuchayadi. Shunday qilib, kuchsiz o`zaro tasirning tasir radiusining kichikligi uning haqiqiy kuchini niqoblaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling