2-o’quvchi:
- «Xamsa»si ko’ngilni shamdek yoritgan,
Ona tilimizni yoddan bor etgan,
Mag’ribu mashriqni iftixor etgan,
Alisher bobomlar – buyuk odamlar.
3-o’quvchi:
Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh er osti.
Lekin, do’stlar, she’r ahli aro,
Jahongiri kam bo’lar rosti.
4-o’quvchi:
Besh asrki, nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig’i yetmagan yerni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
(O’quvchilar shoirning ruboiy va hikmatli so’zlaridan parcha o’qiydilar).
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jonni fido ayla ano boshig’a.
Tun kuningda aylagali nurfosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
- Chin so’z e’tiborli, yaxshi so’z qisqa bo’ladi.
- Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
- Bilmaganin so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
- Tilni bilish – dilni bilishga yo’l ochar.
(Sahna ko’rinishi. Alisher va Lutfiy uchrashuvi).
Do'stlaringiz bilan baham: |