Kirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari


Download 146.5 Kb.
bet1/19
Sana02.01.2022
Hajmi146.5 Kb.
#195482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari ijodini o`rgatishning tarbiyaviy-pedagogik ahamiyati




Kirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari.

O’zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma’naviy-axloqiy tarbiya qator omillar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Bu eng avvalo shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko’rinadi.

Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, farzandlarimizni vatanparvarlik, rostgo’ylik, xalqparvarlikka o’rgatish kerak bo’ladi. Aslini olganda, axloq - ma’naviyatning o’zagi.

Insonning insonligi – birinchi navbatda uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi.

Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan bebaho ma’naviyat va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash davlat siyosatining muhim yo’nalishiga aylandi.

Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, insonlarning o’ziga, oilasiga, do’st – birodarlariga, jamoa a’zolariga va tabiatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq, odob qonun – qoidalari majmuasidir. Ana shu xulq, odob qonun – qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.

Demak, axloq kishining oilaga, mehnatga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsni axloqiy shakllantirishdir. Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, o’quvchilarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit holga keltiradi.

O’quvchining ma’naviy kamolotida axloqiy fazilatlarining ahamiyati benihoya kattadir. Axloqiy fazilat o’quvchining ko’p qirrali faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi.

Axloqiy xislatlar faoliyat jarayoniga ma’naviy fazilatlar bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta’sir etadi. Biz ma’naviy tushunchalar haqida gapirganda, avvalo, ma’naviyat haqida aytib o’tishimiz lozim. Bu haqda hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deganlar: «Ma’naviyat tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko’plab ta’riflarini keltirish mumkin. Shuning uchun ham bu masala bo’yicha ilmiy adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni uchratganda bundan taajjublanmasdan ularni qaysi muallifning o’ziga xos dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o’rinlidir».

«Ma’naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o’zida to’la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.

Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz




Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling