Kirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari
Boshlang`ich sinflarda sharq mutafakkirlari merosini o’rganish
Download 146.5 Kb.
|
Sharq mutafakkirlari ijodini o`rgatishning tarbiyaviy-pedagogik ahamiyati
Boshlang`ich sinflarda sharq mutafakkirlari merosini o’rganish
Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida birinchi galda Sharq mutaffakkirlarining ma’naviy meroslari dasturilamal bo’lib xizmat qiladi. Abu Nasr Forobiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom Ismoil Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari mutaffakkirlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir qarashlari shular jumlasidandir. Qur’oni Karimdagi va Hadisi Sharifdagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida ma’naviyatimiz durdonalari – Farobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi fikr – mulohazalari hozir ham o’z qadr – qimmatini yo’qotmagan, o’sha hikmatlar o’quvchilar tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. O’zining o’tmish madaniy merosini chuqur bilmagan va e’zozlamagan odam o’z shajarasini, avlod – ajdodlari bosib o’tgan yo’lni, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz yo’lida jasorat ko’rsatgan Shiroq, To’maris, Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk zotlar, xalq qahramonlarining nomlari, kurashlarining tub mohiyatini ilg’ay olmaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, yosh avlod, xususan, boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi– pedagoglarning muqaddas burchidir. Lekin ma’naviy –axloqiy sifatlarni tarbiyalab yetishtirish oddiy ish emas. U kunlab, oylab, yillab va hatto o’n yillab oliy maqsad yo’lida sabr –toqat, chidam va qat’iyatlilik, irodaviy sifatlarni safarbar etishingizni taqozo etadigan insoniy vazifadir. Jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun bo’lgan ma’naviy va axloqiy xislatlar, insoniy fazilatlar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Hammasining zaminida yosh avlodga oilada, umumiy ta’lim maktablarida, xalq ta’limi tizimining boshqa tarmoqlarida beriladigan ta’lim tarbiya yotadi. Hadis kitoblarida har bir mo’min – musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan purma’no hadisi shariflar so’zimiz dalilidir. Demak,islom ta’limotida ilm eng oliy maqsad dunyoni bilish uchun zarurat deb o’qtirilgan. Bilim dunyoni bilish doirasida cheklanmaydi, balki shaxs ma’naviyatini boyitishda ham bosh omil bo’la oladi. Shuningdek, Hadisi Sharifda: «Ilm olmakka intilish har bir muslim va muslima uchun qarzu farz» deyiladi. «Qur’on»da insonning ruhiy va ma’naviy kamolga yetishiga to’sqinlik qiluvchi salbiy hislatlardan biri g’azab deb ko’rsatiladi. U ruhiy razolat sifatida talqin etiladi. Chunki g’azab kelganda aql qochadi, inson o’z irodasini idora qila olmay qoladi, o’z manfaati, obro’sini himoya qilaman deb, johillikka yo’l qo’yadi. Hatto, g’azab inson salomatligiga ham zarar yetkazadi. Shuning uchun ham Islom insonni aql va insofga, bosiqlik bilan ish tutishga, o’z hissiyotlarini boshqara olishga chaqiradi. Chunki g’azab kelganda chiqarilgan hukm, amalga oshirilgan hatti-harakat johillik belgisi bo’lib hisoblanadi. Hatto g’azabni bosish bilan birga, g’azabni qo’zg’agan shaxsni kechira olish darajasida o’zini boshqara olish irodasiga ega bo’lish kerakligi ham uqtiriladi. «Ol-i Imron» surasining 134-oyatida «Yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan g’azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi», deyiladi. Demak, Islomda inson g’azabi kelganda faqat o’zini boshqara olish quvvatiga ega bo’lishgina emas, kechiruvchan bo’lishga ham chaqiriladi. Ana shunday insongina axloqan barkamol shaxs bo’la oladi. «Qur’on»da insonning axloqan kamol topishida bekorchi so’zlardan yiroq yurish, mayda va behuda gaplarga vaqt ketkazmaslik, ulardan o’zini chetga olish kabilarga ham e’tibor berilgan. Xususan, «Qasos» surasining 55-oyatida «Qachonki behuda (so’z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o’gururlar», deyiladi. Chunki bunday gaplar insonni foydali ishdan chalg’itsa, boshqa tomondan mayda gap, beburd qilib qo’yadi. Insonning ma’naviy kamol topishida me’yorni saqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ochko’zlik, xasislik esa mol-dunyoga ruju qo’yishga olib keladi. «Qur’on»da ta’lim berilishicha, mol-dunyo insonni sinash uchun beriladi. Mol-dunyoga erishgan har bir inson uni to’g’ri yo’lda sarflashi kerak,- deyiladi («Anfol» surasi 25-oyat). Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling