«Hikoyat» (Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonidan).
Darsning maqsadi: 1. O’quvchilarda ozodlikni his etish tuyg’usini tarbiyalash.
2. Hikoyat orqali o’z yurtiga bo’lgan mehrni oshirish.
3. Bilim, ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi.
Darsning uslubi: aralash, ko’rsatmali.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar.
I. Darsni tashkil etish. Uyga berilgan Erkin Vohidovning «O’lka» she’rini yoddan so’rab baholash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali mustahkamlash:
— Vatan qayerdan boshlanar ekan?
— Tug’ilib o’sgan yerimizni nima uchun ardoqlaymiz? (Bu savol orqali o’quvchilar orasida bahs-munozara uyushtiriladi.)
II. Yangi mavzu — Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy «dostonidan olingan «Hikoyat»ni o’tilgan mavzuga bog’lagan holda, hikoyat mazmuni asosida ishlangan rasmlar yordamida gapirib berish va hikoyatni o’quvchilarga navbatma-navbat o’qitish, tushunilishi qiyin so’zlarni ajratib, ma’nosini tushuntirish va lug’at
daftarlariga yozdirish:
III. Hikoyat mazmunini savol-javob yordamida mustahkamlash:
— Hikoyadagi kabutar qayerda yashardi?
— Kabutar qafasdan qutulib, qaysi tomonga uchdi?
— Kishilar nima qilmoqchi bo’ldilar?
— Hikoyat qanday yakunlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |