IV. O’quvchilarni baholab, baholarini e’lon qilish.
V. Matnni o’qib, kabutar rasmini chizib kelishni uyga vazifa qilib topshirish.
2-dars ishlanmasi.
Mavzu: Navoiy hikmatlari.
Darsning maqsadi: 1. O’quvchilarni bilim olishga intiluvchan, to’g’ri so’z, bir-biriga mehr-oqibatli, inoq, ahil, do’st qilib tarbiyalash.
2. Navoiy hikmatlarining mohiyatini yoritish, o’quvchilarni she’r bilan tanishtirish.
3. Ifodali o’qish, yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: aralash, ko’rgazmali.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma didaktik topshiriqlar, magnitofon.
I. Darsni tashkil qilish. Uyga berilgan topshiriqni so’rab baholash va o’tilgan mavzular yuzasidan didaktik tarqatma topshiriqlar berib, javoblar olish:
1 - kartochka. Alisher qachondan she’r yoza boshlaganligi haqida gapiring.
2- kartochka. Alisher bilan bulbulning suhbatini kitobdan topib o’qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |