Kirish. Burg'ilash Jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Reja


Download 86.82 Kb.
bet9/13
Sana25.01.2023
Hajmi86.82 Kb.
#1118929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xaliqulov Bur

Quduq qurish sikllari

Quduq qurish tsikliga quyidagi har xil elementlar kiradi:


1) yer qurilmalari uchun maydon va poydevorlar tayyorlash;
2) minoralarni yig‘ish;
3) burg‘ilash va energetik asbob-uskunalarini yig‘ish;
4) burg‘ilash uchun ishchi maydon tayyorlash;
5) quduqni kovlash;
6) burg‘ilash qudug‘ini mustahkamlash;
7) burg‘ilash va energetik asbob-uskunalarini bo‘laklash.
Ishni tashkil qilish xisob-kitoblari va quduq qurish tsiklining bajarilish vaqtlari grafik sifatida ko‘rsatiladi.


Quduq qurishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Quduq qurishning samaradorligini baholashda bir necha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu yerda ulardan asosiylari ko‘rilib chiqiladi.


Quduq qurish tsiklining davom etgan vaqti tqts, minora va uning poydevorlarini qurish uchun tayyorgarlik qilishga sarflangan vaqt tt , asbob-uskunalarni yig‘ishga sarflangan vaqt ty, burg‘ilash ishlarini bajarish uchun tayyorgarlik qilishga sarflangan vaqt tbt, quduqlarni burg‘ilashga va mustahkamlashga t bm, ularni sinashga tsin , asbob-uskunalarni saralashga t sar(soatlarda) sarflangan vaqtlar.

tqts tt + ty + tbt + tbm + tsin + tsar


Kalendar oylarida (kalendar oyning davom etgan vaqti 720 soatga teng ) ifodalangan quduq stvoli uzunligining Ls quduq qurish tsikli davom etgan vaqtiga nisbati burg‘ilashning tsikl tezligi deb ataladi (mdostgoh-oy).


Vts720tqts

Kalendar ish vaqtining balansi deb, quduq burg‘ilashning ish turlari bo‘yicha taqsimlanishiga aytiladi.


Burg‘ilashning kelendar ish vaqti balansi tbk 4 guruh harajatga bo‘linadi:

  1. Foydali ish vaqti tf. U mexanik burg‘ilashga sarflangan vaqtni tm , tushirish ko‘tarish operatsiyasi va burg‘ilash quvurlar birikmalarini uzaytirishni ttush , quduqlarni mustahkamlashni tmus va qo‘shimcha tayyorgarlik ishlar (burg‘ini almashtirish, quduq tubi dvigatellarini tekshirish va almashtirish, burg‘ilash eritmalarini tayyorlash va og‘irlashtirish, o‘lchash ishlari)ni tqo‘sh o‘z ichiga oladi;

  2. Burg‘ilash va mustahkamlash jarayonida ta’mirlash ishlariga sarflanadigan vaqt t tam;

  3. Geologik sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan asoratlarni tugatishga sarflanadigan vaqt tas;

  4. Foydasiz ish vaqti tfz – tashkiliy texnik sabablarga ko‘ra bekor turishlarni va halokatlarni tugatishga sarflanadigan vaqt.

tbk tf ttamtastfz

Kalendar oylarida ifodalangan quduq uzunligining burg‘ilash kalendar vaqtiga nisbati kommertsiya tezligi deb ataladi (mdastgoh-oy).

Vkom 720 Lc  tf

Quduq uzunligining foydali ish vaqtiga nisbati burg‘ilashning texnik tezligi hisoblanadi (m dastgoh-oy).


Undan tashqari asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga quduq bo‘yicha kovlashning o‘rtacha mexanik tezligi (msoat)

vm tc  tm


va kovlashning o‘rtacha reysli tezligi hisobga olinadi (msoat ).


Vptc(tmtmush)


Burg‘ilashning tsiklik tezligi - burg‘ilash tashkilotining texnik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy darajalarini hamda burg‘ilash korxonalarning subpodryad tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarini (geofizik xizmat, tamponaj idorasi, qurilish bo‘limlari, transport korxonalari) xarakterlaydi. Bu tezlik bilan yil davomida buyurtmachilarga topshiriladigan quduqlarning soniga bog‘liq.


Kommertsiya tezligi quduq burg‘ilashning va ularni mustahkamlashning sur’atini xarakterlaydi.
Bular tabiiy sharoitlarga, burg‘ilash brigadasining texnik jihatdan jihozlanganligiga, burg‘ilashning texnologik holatiga, mehnatni tashkil qilinishiga, burg‘ilash brigadasining malakasi va intizomiga, burg‘ilash tashkilotining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish darajasiga va ularning subpodryad tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash natijalariga bog‘liq.
Burg‘ilashning siklini va kommertsiya tezliklarini oshirishning birdan bir yo‘li foydasiz ish vaqtini kamaytirishdan iborat.
Texnik tezlik - burg‘ilashda qo‘llaniladigan texnik va texnologik jarayonlarning takomillashganligiga, tabiiy sharoitlariga, burg‘ilash brigadasi ishchi hodimlarining malaka va intizomiga bog‘liq.
Odatda, bunday ko‘rsatkichlar yangi texnika yoki yangi burg‘ilash texnologiyasining samaradorligini baholashda foydalaniladi. Burg‘ilashning texnika va texnologiyasini takomillashtirishning birdan bir yo‘li burg‘ilash operatsiyalarining yangi usullarini o‘zlashtirish va ishchi hodimlarning malakasini oshirishdan iborat.
Burg‘ilashning kommertsiya tezligi planli (rejali), normativli va faktik (aniq), texnik tezlik esa normativli va faktli tushunchalarga ajratiladi. Planli (rejali) tezlik yil davomida erishilgan faktik samaradorlikga qarab burg‘ilash korxonasi tomonidan belgilanadi.
Bu tezlik ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri tashkil qilinishiga, ishchi xodimlarning malaka va intizomining oshirilishiga, takomillashgan texnika va texnologiyalardan foydalanishga hamda foydasiz ishlarga sarflanadigan vaqtlarni kamaytirishga bog‘liq.
Normativ kommertsiya tezligini aniqlashda norma bo‘yicha sarflangan vaqt va burg‘ilash jarayonida asbob uskunalarini ta’mirlashga va quduqlarni mustahkamlashga sarflangan vaqtlar ham hisobga olinadi.
Normativ texnik tezlik-norma bo‘yicha ishlab chiqarishga sarflangan vaqtlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Odatda, planli kommertsiya tezligi hamma vaqt normativ tezlikga nisbatan kam, normativ tezlik esa texnik tezlikga nisbatan kam bo‘ladi.
Burg‘ilashning faktik tezligi quduqning haqiqiy chuqurligini va burg‘ilashning haqiqiy balans vaqtini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Faktik kommertsiya tezligi har doim texnik tezlikdan kam bo‘ladi. Odatda, quduq qurishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari quduq qurishning tannarxi, 1 metr kovlashning tannarxi va daromadlardan tashkil topgan.



Download 86.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling