Kirish. Burg'ilash Jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Reja
Download 86.82 Kb.
|
Xaliqulov Bur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
Tog‘ jinslarining tasnifi
Tog‘ jinslarining tuzilishi struktura va tekstura belgilari bilan tasniflanadi. Tog‘ jinsining hosil bo‘lishida qatnashgan zarrachalarning shakli va o‘lchamlari uning strukturasini ko‘rsatadi. Tog‘ jinsining paydo bo‘lishida ishtirok etgan zarrachalarning bir-biriga nisbatan joylanishi, ularning yo‘nalishi «tekstura» deb aytiladi. Tog‘ jinsining qatlam-qatlamligi, g‘ovakligi, yoriqligi uning tekstura belgilaridan xisoblanadi. Tog jinsining mexanik xossalari (mustahkamligi, qattiqligi egiluvchanligi va h.z.) uning struktura va teksturasiga bog‘liq. Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari Burg‘ilash jarayonlarini bajarish uchun faqat burg‘ilashning texnikasini, texnologiyasini va burg‘ilash usullarinigina bilib qolmasdan, tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalarini va ularning yemirilish xarakterlarini bilish talab qilinadi. Bu ma’lumotlar burg‘ilash usullarini, quduqlarni mustahkamlash yo‘llarini, jins-emiruvchi asboblarni, texnologik burg‘ilash rejimini to‘g‘ri tanlashga va sifatli namuna olish usullarini aniqlashga imkon beradi. Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalariga quyidagilar kiradi: chidamliligi, qattiqligi, zichligi, g‘ovakligi, darzligi, abrazivligi, suv o‘tkazuvchanligi, mustahkamligi, nurashligi, suzuvchanligi, yumshoshligi. a) Tog‘ jinslarining zichligi Zichlik- tog‘ jinslari va minerallarning muhim bo‘lib, massasini hajmiga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi; odatda, zichlik ko‘rinishda yoziladi; bunda -zichlik, m -jism massasi, -jism egallagan hajm. Bu nisbat jismning o‘rtacha zichligini bildiradi. Zichlikning o‘lchov birliklari: g/sm3, kg/sm3, t/m3, ayrim hollarda o‘lchov birligi sifatida kg/ ham ishlatiladi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining zichligi, magmatik tog‘ jinslarining zichligiga nisbatan ancha kam bo‘lib, ularning g‘ovaklik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining g‘ovakligi ko‘paysan sari zichligi kamaya boradi: masalan, tuproqning g‘ovakligi 20-70%, zichligi 1,4-2,4; qumning g‘ovakligi 30-65%, zichligi 1,8-2,4; qumtoshning g‘ovakligi 0-50%, zichligi 2,0-2,8%, gilli slanetsning qovakligi 0-45%, zichligi 1,9-2,9; bo‘rni g‘ovakligi 18-45%, zichligi 2,0-2,4; dolomitning g‘ovakligi 5-10%, zichligi 2,6-2,7; marmarning g‘ovakligi 0-5%, zichligi 2,7-2,9 % ga teng. Cho‘kindi tog‘ jisnlarining zichligi ularning namligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ jinslarining namligi qanchalik ortsa, uning zichligi ham 10-15 %ga ortadi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining zichligi bosim ta’sirida ham ortishi mumkin, Chunki ularning g‘ovakligi kam bo‘ladi. Shuning uchun yer yuzasiga yaqin joylashgan bir xil tog‘ jinslarining zichligi katta bo‘lmaydi, aksincha chuqurlikda joylashgan tog‘ jinslarining chuqurligi oshishi bilan zichlik ham ko‘paya boradi. Ayrim tog‘ jinslarida, harorat kamayishi bilan zichlik ham pasayishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, qadimiy tog‘ jinslarining zichligi yoshroq tog‘ jinslarining zichligiga nisbatan katta bo‘ladi. b) Tog‘ jinslarining mustahkamligi Tog‘ jinslarining mustahkamligi – tog‘ jinslarini tashkil qilgan zarrachalarning o‘zaro bog‘liqligini buzishga harakat qiluvchi tashqi kuchlarga qarshilik ko‘rsatish qoliliyati. Tog‘ jinslarining mustahkamligi ko‘pincha deformatsiyalanish usuliga bog‘liq. Shuning uchun siqilish, cho‘zilish egilish va parchalanishdagi mustahkamliklar ajratiladi. Tog‘ jinslarining mustahkamligi ularning mineralogik tarkibiga, struktura va teksturasiga, g‘ovakligiga, zarrachalarning o‘zaro bog‘lanish darajasiga, zarrachalarning qattiqligiga bog‘liq. Mayda zarrachali tog‘ jinslar yirik zarrachalariga qaraganda yuqori mustahkamlikga ega. Sementlangan tog‘ jinslarining mustahkamligi sement turiga bog‘liq va mustahkam bog‘langan tog‘ jinslarga nisbatan kam. Gilli tog‘ jinslari-ning mustahkamligi namlikning oshishi bilan kamayadi. G‘ovaklikning kamayishi yoki hajm og‘irligining oshishi bilan mustahkamlik ortadi. Tog‘ jinslarining eng yuqori mustahkaimligi siqilish jarayonida sodir bo‘ladi va tog‘ jinslarining siqilishga vaqtinchalik qarshilik ko‘rsatish bilan xarakterlanadi (Pa) Bunda P – namunani buzuvchi kuch, N; F – namuna siqilayotgan maydonning ko‘ndalang kesimi, m2 Qarshilikning eng kichik bir yo‘nalishdagi siqilishda kuzatiladi. Ikki yo‘nalishda siqilishda esa tog‘ jinslarining qarshiligi 1,5-2 marta ortadi. Quduq tubidagi har xil yo‘nalishdagi siqilishda tog‘ jinslarining qarshiligi keskin ko‘payadi. Prachalanishdagi tog‘ jinslarining mustahkamligi siqilishdagi mustahkamlikga nisbatan 10-15 marta, cho‘zilishdagi mustahkamlik parchalanishdagi mustahkamlikga nisbatan 1,5-2 marta kam. Shuning uchun tog‘ jinslarini parmalab yemirishda parchalanish va cho‘zilish jarayonlarining ko‘proq rivojlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tog‘ jinslaring fizik-mexanik xossalarini va burg‘ila-nuvchanligini, hamda burg‘ilash usullarini o‘rganishda dinamik mustahkamlikdan foydalaniladi. d) Tog‘ jinslarining qattiqligi Tog‘ jinslarining qattiq jismlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati. Qattiqlik – agregatli qattiqlikga (tog‘ jinsi qattiqligi) va tog‘ jinslarini hosil qiluvchi ayrim minerallarning qattiqliklariga ajratiladi. Agregatli qattiqlik ayrim mineral zarrachalarining qattiqligiga, sementlovchi moddalarga, tog‘ jinslarining zichligiga bog‘liq. U burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarining yemirilish tezligiga ta’sir qiladi. Ayrim minerallarning qattiqligi jins yemiruvchi asbob tishlarining yeyilishiga va tog‘ jinslarining shiddat bilan yemirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qattiqlikni har xil usullar bilan aniqlash mumkin. Tirnash, shtamp bosish, kesish, maydalash, yeyiltirish va boshqalar. Ulardan eng qulayi shtamp bosish va kesish usuli hisoblanadi. Tajribalarda qattiqlikni ma’lum shartli birlikda aniqlash uchun Moos shkalasidan foydalaniladi. Bu shkala o‘nta mineraldan iborat bo‘lib tartib raqamiga ko‘ra ularning qattiqligi 1 dan 10 gacha ortib boradi (2.1 jadval). 2.1- jadval Moos shkalasi
Nаzоrаt sаvоllаri. Tоg‘ jinslаrining yеmirilishi qаndаy kuchlаr tа’siri оstidа yuzаgа kеlаdi? Tоg‘ jinslаrining yеmirilish hаrаktеri nimаgа bоg‘liq? Burg‘ilаr vаzifаsigа ko‘rа qаndаy sinflаrgа bo‘linаdi? Tоg‘ jinslаrigа tа’sir qilish hаrаktеrigа ko‘rа burg‘ilаr qаndаy sinflаrgа аjrаtilаdi? Download 86.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling