Kirish. Burg'ilash Jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Reja


Foydali effektiv qalinlik ya’ni qatlamning gaz va suyuqlik o’tkazishi


Download 86.82 Kb.
bet6/13
Sana25.01.2023
Hajmi86.82 Kb.
#1118929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xaliqulov Bur

Foydali effektiv qalinlik ya’ni qatlamning gaz va suyuqlik o’tkazishi

Tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra magmatik, cho‘kindi vametamorfik guruhlarga bo‘linadi.


Lekin bu tog‘ jinslar yer qobig‘ida bir xilda tarqalgan emas. Klark va Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, bu jinslar 16 kilometr chuqurlikkacha quyidagi raqamlarda ifodalanadi.

Magmatik jinslar – 95 %


Cho‘kindi jinslar – 1 %
Gilsimon slanetslar – 0,8 %
Qumtoshlar – 0,12 %
Ohaktoshlar0,08 %
Metamorfik jinslar – 4 %

Magmatik tog‘ jinslari yer qobig‘i yoki ustiga chiqib kelgan magmaning sovishi va qotishidan paydo bo‘lgan magmatik, cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori harorat bosim, eritma va uchuchan komponentlar ta’sirida o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari yer yuzida avval hosil bo‘lgan magmatik, metamorfik tog‘ jinslarining suv, shamol, harorat ta’sirida yemirilib, parchalanib daryo, okean, ko‘l taglariga cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslar kimyoviy tarkibiga ko‘ra magmatik tog‘ jinslaridan farq qiladi. Unda jins hosil qiluvchi komponentlarning tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, gil ko‘p bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslar shakli va hajmi turlicha bo‘lgan qatlam, qatlamcha vak linzalarni hosil qiladi. Ular yer qobig‘ida gorizontal-qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi.


Neft va gaz konlarining geologik tuzilishi asosan cho‘kindi tog‘ jinslaridan iborat organik moddalar va jonli tanalardan ham cho‘kindi tog‘ jinslari paydo bo‘ladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari kristallik va chaqiq turlarga bo‘linadi.
Kristallik tog‘ jinslar tog‘ jinslarining 25% ni tashkil etadi. Qolganlari esa chiqindi tog‘ jinslaridan iborat. Kimyoviy birikmalar natijasida hosil bo‘lgan mineral va agregatlar ham cho‘kindi tog‘ jinslari hisoblanib, ular xemogen tog‘ jinslari deb aytiladi.
Tog‘ jinslarining yemirilishidan chaqiq tog‘ jinslari yuzaga keladi. Ular o‘lcham bo‘yicha to‘rtga bo‘linadi: dag‘al chaqiqli ( 2 mm dan katta); qumtoshli (0,1 dan 2 mm gacha); mayda qumli (0,01 dan 0,1 gacha) va gili (0,01 mm dan kichik).
Neft va gaz quduqlarning geologik kesimining ko‘p qismini chaqiq tog‘ jinslari tashkil etadi. Gilli tog‘ jinslar suvli muhitda mujassamlashadi. Gilning tarkibidagi suv miqdori uning xossalariga ta’sir qiladi. Gil tarkibida suv ko‘p bo‘lsa, u yumshaydi, agar aksincha suv kam bo‘lsa, gil qattiqlashadi, tosh (argillit)ga aylanadi.



Download 86.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling