Kirish. Burg'ilash Jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Reja


Struktura kartasi. Geologik texnik naryad xaritasi


Download 86.82 Kb.
bet8/13
Sana25.01.2023
Hajmi86.82 Kb.
#1118929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xaliqulov Bur

Struktura kartasi. Geologik texnik naryad xaritasi

1. Geologik texnik naryad hujjatlari.


2. Quduq qurishning texnik loyihasi.
3. Quduq qurishning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Quduq qurish tsiklining eng muhim bo‘g‘ini-bu burg‘ilash va qatlamlarni ajratish hisoblanadi.
Har bir operatsiyaning (burg‘ilash quvur birikmasini tushirish va ko‘tarish, burg‘ilash jarayoni) norma elementlarini va quduq burg‘ilashning texnologik sxemasini bilgan holda har qanday quduq burg‘ilashning norma vaqtini aniqlash mumkin. Quduq burg‘ilashning normasini hisoblashda burg‘ilash novatorlarining amaliy tajribalari hisobga olinadi.
Shunday qilib har bir burg‘ilash brigadisining (guruhi) yuksak mehnat unumdorligini oshirish uchun erishilgan yuksak ko‘rsatkichlar natijalariga oriyentir qilinadi.
Burg‘ilash qudug‘i normasini hisoblashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:
a) quduqning to‘g‘ri tuzilgan va to‘liq ma’lumot beradigan geologik kesimi;
b) novatorlarning ish tajriablarida erishgan natijalari hisobga olingan to‘g‘ri tuzilgan quduq qurilishining texnik naryadi. Bu naryad uch qismdan iborat:
1) geologik qism;
2) ishlab chiqarishning texnik ko‘rsatkichlari;
3) mehnat ko‘rsatkichlari.
– Geologik-texnik naryadning geologik qismida quyidagilar o‘z aksini topadi:
a) quduq kesimini tashkil qiluvchi qatlam va gorizontalar;
b) har xil chuqurlikda joylashgan tog‘ jinslari turlarining litologik tarkibi;
v) geologik kesimdagi bir xil qattiqlikdagi qatlamlarni ajratish;
g) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning joyini belgilash.
– Ishlab chiqarishning texnik ko‘rsatkichlari burg‘ilash ishlarning texnologik sxemasida va texnologik normalarida ko‘rsatiladi:
a) ayrim ishlarning bajarilish sxemasi;
b) quduqning ayrim intervallarini burg‘ilashda Burg‘ilash eritmalarining sarfi va ta’rifi;
d) sementlash joyi ko‘rsatilgan quduqning texnik kesimi;
e) quduqning ayrim qismlarini burg‘ilash uchun kerak bo‘lgan burg‘ining turlari va katta-kichiklik o‘lchami;
f) burg‘ining har bir turi uchun burg‘ilash rejimining parametrlari;
g) quduq qiyshayishining intervallarini o‘lchash usullari va elektromexanik operatsiyalari;
h) tal sistemasini osnastka qilinishi.
– Mehnat ko‘rsatkichlarida brigada a’zolarining bajaraYotgan hamma ishlari, mexanik burg‘ilashlar, tushirish va ko‘tarish operatsiyalar uchun ishlab chiqarish va vaqt normalari ko‘rsatiladi.



Download 86.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling