Kirish. Burg'ilash Jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Reja
Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi va ularning tasniflari
Download 86.82 Kb.
|
Xaliqulov Bur
Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi va ularning tasniflari
Burg‘ilanuvchanlik va burg‘ilash qudug‘ining bir soatda kovlangan chuqurligining metr hisobidagi o‘lchami – ya’ni kovlashning mexanik tezligi. Tog‘ jisnlarining burg‘ilanuvchanligi m/s, sm/min, mm/min o‘lchamlari bilan ifodalanadi. Vaqt o‘tishi va burg‘ining yilishi natijasida bu tezlik kamayadi. Vaqtga qarab mexanik tezlikning o‘zgarishini bir necha usullarda ifodalash mumkin: Vm=Vot-kt; Vm=Vo(1-θ, t)-m; Vm=Vo(1-at)-k Bunda Vo – kovlashning boshlang‘ich tezligi, m/s k, θ, a, m – koeffisiyentlar. Burg‘ilashning rejimi to‘g‘ri tanlanganda tog‘ jinslarining hajmli yemirilishi ta’minlanadi. Bunda Vo – tog‘ jinsining qattiqligiga teskari proportsional bo‘ladi. Ular yana boshqa (elakstiklik, plastiklik) xossalar bilan ham bog‘liq. Har xil sharoit uchun tog‘ jinslarining hajmli yemirilishida Vo bo‘yicha har xil mustahkamlik, elakstiklik, plastiklik xossalariga ega bo‘lgan toifadagi tog‘ jinslarini kovlashning qiyinchiliklarini tasavvur qilish qiyin emas. k, θ, koeffisiyentlar – vaqt o‘tishi bilan burg‘ining yeyilishi natijasida mexanik tezlik sur’atining kamayishini xarakterlaydi. Bunda tog‘ jinslarining abrazik xossalari ham hisobga olinadi. Bu koeffisiyentlar tog‘ jinslarining abraziv xossalaridan tashqari burg‘i ishchi elementlarining yeyilmasliklariga, ularning konstruktiv xususiyatlariga, burg‘ilashning rejim parametrlariga bog‘liq. Ma’lum bir guruhdagi tog‘ jisnlar bir xil modeldagi, kattalikdagi burg‘ilarda, bir xil rejimda burg‘ilanganda, kovlash mexanik tezligining kamayish sur’ati tog‘ jinslarining abraziv qobilyatiga qarab baho beriladi. a va m koeffisiyentlar doimiy o‘lchamlar bo‘lib tog‘ jinslarining abraziv xossalariga bog‘liq emas. Odatda, tog‘ jinslari zichligining oshishi bilan burg‘ilanuvchanlik tezligi kamayadi. Bir xil mineral tarkibli mayda zarrachali tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi yirik zarrachalarnikiga nisbatan kam bo‘ladi. Qum toshli tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi ularning sementli qumtosh, ohak sementli qumtoshga nisbatan sekinroq burg‘ilanadi. Ko‘pchilik qatlamlangan va slanetssimon tog‘ jisnlar har xil yo‘nalishlari bo‘yicha har xil qattiqlikga ega. Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi burg‘ilash va yemirish usullariga ham bog‘liq. Bir xil tog‘ jinslarini har xil burg‘ilash paynaklari bilan burg‘ilanganda ularning burg‘ilanishi bir biridan farq qiladi. Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi burg‘ilash jarayonida katta ahamiyatiga ega. Chunki u, burg‘ilash qudug‘ining unumdorligini aniqlaydi. Tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligiga qarab burg‘ilashning normasi (o‘lchami) va ularning tasnifi tuziladi. Burg‘ilash ishlarini rejalashtirish va burg‘ilash brigadalarining ish unumdorligini normalamoq va ularning ish natijalarini baholamoq uchun umumiy mezon talab qilinadi. Burg‘ilash tajribasida bunday mezon tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanlik shkalasi hisobalanadi. Bu burg‘ilanuvchanlik shkalasi yordamida tog‘ jinslari tasniflanadi. Shu bilan birga, har xil poynak va har xil usullar bilan burg‘ilashda tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi mexanik xossalar hisobiga har xil bo‘ladi (2.5 jadval) va ularga har xil tasniflar qo‘llaniladi. Quduqlarning mexanik aylanma burg‘ilash jarayoni tasnifida tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanligi 12-toifaga ajratiladi. 2.5- jadval Tog‘ jinslarining mexanik xossalari (L.A.Shreyner bo‘yicha)
Mexanik aylanma burg‘ilash uchun tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanlik tasnifi 2.6 jadvalda ifodalangan. Keyinchalik L.A.Shreyner 12-toifalarni o‘z ichiga olgan tog‘ jinslarini yana uch guruhga ajratadi. (2.7. jadval) 2.6- jadval Mexanik aylanma burg‘ilash uchun tog‘ jinslarining burg‘ilanuvchanlik tasnifi
Birinchi guruhga mo‘rt (sinuvchan) yemirilish bermaydigan (kam sementlangan qum, mergel, qumtuproq, chig‘anoqli-ohaktosh va boshqalar) tog‘ jinslari; Ikkinchi guruhga elastik-plastik (slanetslar, dolomitlashgan ohaktoshlar, dolomitlar, kvarts-karbonatlar) tog‘ jinslari; Uchinchi guruhga elastik mo‘rt (intruziv va metamorfik) tog‘ jinslari kiradi; Oxirgi guruhga Cho‘kindi tog‘ jinslaridan kvartsit, kremniy, kremniylashgan karbonatlarni ham kiritish mumkin. Neft va gaz konlarini tashkil qilgan asosiy tog‘ jinslar birinchi sakkiz toifaga ta’luqlidir. L.A.Shreyner tog‘ jinslarini plastligi bo‘yicha olti toifaga ajaratadi. Download 86.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling