Kirish. Cho`ktirish. Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi
Birgalashib cho’kish va uning turlari
Download 220.01 Kb.
|
Kurs ishi” Mavzu Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish
Birgalashib cho’kish va uning turlari
To’qqizinchi ma’ruzada birgalashib cho’kish kоntsеntirlash usullaridan biri sifatida ko’rib chiqilgan edi. Birgalashib cho’kishni kеtma-kеt, ya’ni kasrli cho’kishdan farqini bilish lоzim. Kasrli cho’kishda turli iоnlar bir-хil cho’ktiruvchi ta’sirida, eruvchanlik ko’paytmalarining qiymatiga ko’ra cho’kadi. Masalan: bariy, strоntsiy, kaltsiy sulfatlari. Birgalashib cho’kish natijasida cho’kma iflоslanadi. Birgalishib cho’kishni ikki turi mavjud bo’lib, biri adsоrbtsiоn cho’kish – ya’ni cho’kmaning sirtiga adsоrbtsiyalanish natijasida cho’kish bo’lsa, ikkinchisi оkklyuziya хоdisasi – ya’ni kristall hоsil bo’lish jarayonida uni ichki (dеfеkt ) bo’shliqlariga, radiusi cho’ktiriluvchi iоnga tеng bo’lgan, bеgоna iоnni kirib birgalashib cho’kishidir. Оkklyuziyaning yana bir sababi Izоmоrfizm хоdisasi bo’lib: CHo’ktirilayotgan mоdda kristall panjarasining tugunlaridagi iоnni, o’lchami yaqin bo’lgan bеgоna iоnga almashinib, kristall hоsil bo’lishidir. Birgalashib cho’kish хоdisasi, cho’kmani iflоslanishi оqibatida miqdоriy tahlil natijalariga salbiy ta’sir etadi, ya’ni хatоliklarga sabab bo’ladi. Birgalashib cho’kishni bartaraf qilish yo’llari: 1. CHo’ktiruvchi bilan cho’kma yuvilganda cho’kma sirtidagi adsоrbtsiоn iflоsliklar tоzalanadi. 2. Оkklyuziоn iflоslanishdan qutilish uchun cho’kma qayta kristallanadi. 3. Birgalashib cho’kish katta sirtga ega bo’lgan amоrf cho’kmalarda ko’prоq kuzatiladi, shuning uchun kristall cho’kma hоsil qilish maqsadga muvоfiqdir. Foydali qazilmalarni boyitish amaliyotida asosan uch turdagi cho‘ktirish mashinalari ishlatiladi: porshenli, diafragmali va porshensiz. Qo‘zg‘aluvchi panjarali cho‘ktirish mashinalari juda kam hollarda ishlatiladi. Porshenli cho‘ktirish mashinalarining ishlash prinsipi yuqorida ko'rib chiqildi. Porshenli cho'ktirish mashinalari ikki, uch va to‘rt kameradan iborat bo‘ladi. Kameraning ostki qismi piramida yoki cho'zinchoq shaklga ega. Kameradagi panjara kichik farq bilan o‘rnatiladi. Har qaysi kameraning panjarasi oldingisidan taxminan 100 mm ga pastroq o‘matiladi. Suvning tebranishlari porshen yordamida hosil qilinadi. Har qaysi kamera ostiga suv beriladi. Yirik og‘ir zarralar qopqoq yordamida boshqariladigan tuzoq orqali, maydalari esa o'rindiq yoki panjara orqali bo‘shatiladi. Yengil zarralar oxirgi kameradan quyuluvchi ostona orqali o‘z oqimi bilan chiqariladi. Porshenli cho'ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligi va panjaraning o‘lchamiga qarab 0,5 dan 8 t/soat ni tashkil qiladi. Diafragmali cho'ktirish mashinasi rudalami boyitish amaliyotida keng ishlatiladi. Uning ishlash prinsipi xuddi porshenli mashinaning ishlash prinsipiga o‘xshaydi. Ulardagi farq shundan iboratki, yuqoriga va pastga harakatlanuvchi suv oqimi porshen bilan emas, balki rezina diafragma yordamida hosil qilinadi. Diafragmali cho'ktirish mashinalarida diafragma vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Diafragma yuqorida maxsus diafragma bo'limida, panjaraning ostida yoki kameraning yon devorida joylashishi mumkin. МОД-2 cho‘ktirish mashinasi korpusda joylashgan ikkita kameradan tashkil topgan. Har qaysi kameraning pastki qismi manjet va silindr shaklidagi gardish orqali qo‘zg‘aluvchi konusli voronka bilan bog'langan. Bu voronkalar sharnir orqali bir-biri bilan mahkamlangan prujinalanuvchi ressor bilan bog'langan. Ishchi kameralarda panjara o'matilgan. Kameralarga suv kollektor orqali beriladi. Kameralarga tushayotgan mineral zarralar aralashmasi suv oqimining tebranishlari ta’sirida turli zichlikdagi zarralami saqlovchi qatlamlarga bo‘linadi. Nisbatan og‘ir minerallarning zarralari konusli voronkalarda yig'ilib, davriy holda bo‘shatish tuynugi orqali bo‘shatib olinadi. Yengil zarralar quyulish ostonasi orqali chiqib ketadi. Panjaraga magnetit, ferrosilitsiy kabi og‘ir minerallardan o‘rindiq to‘shaladi. 0 ‘rindiqning qalinligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq. Mashinaga beriladigan ruda zarralarining o‘lchami 15 mm dan ortmasligi kerak. Mashinaning ishlab chiqarish unumdorligi 25 t/soat, konusli voronkalarning tebranish chastotasi 350 min-1, yurishning o'lchami 40 mm dan ortmasligi kerak. МОД-2; МОД-3; MO-6 turdagi diafragmasi pastda joylashgan, konussimon taglikka ega cho‘ktirish mashinalari rudalami boyitishda keng ishlatiladi. МОД-2; МОД-3 mashinalari o‘lchami 15 mm gacha, MO-6 esa o'lchami 0,1—2 mm li rudalami boyitish uchun ishlatiladi. Bu mashinalarning texnik xarakteristikasi ilovada keltirilgan. 1-rasm.Cho`ktirish mashinasi. 1 - taqsimlovchi moslama; 2 - trubalar; 3 - stakan; 4 - eshkakli aralashtirgich; 5 – to`kish konusi; 6 –qirg`ich; 7 - kollеktor; 8 - rom. Download 220.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling