To’lqin tenglama:
Bunday tenglamani tekshirishga torning ko’ndalang tebranishi, sterjenning uzunasiga tebranishi,simda elektr tebranishlar,aylanuvchi silindrdagi(valdagi) aylanma tebranishlar,gazning tebranishlari va shunga o’xshash tebranishlar protseslarini o’rganish olib keladi. Bu tenglama giperbolik tenglama eng soda tenglamalardir.
-
Issiqlik tarqalish tenglamasi yoki Fure tenglamasi:
Bunday tenglamani tekshirishga issiqlikning tarqalish prossesi,g’alvirak (g’ovak) muhitda suyuqlik va gazning suzilishi (filtrlanish) (masalan, yer ostidagi qumlik joylarda neft va gazning sizib chiqishi-filtrlanishi) masalasi, ehtimollar nazariyasining ba’zi masalalari va shunga o’xshash masalalarni o’rganish olib keladi.Bu tenglama parabolik tipdagi tenglamadir.
-
Laplas tenglamasi:
Bunday tenglamani tekshirishga elektr va magnit maydonlari haqidagi masalalarni, statsionar issiqlik holat haqidagi masalalarni , gidrodinamika, diffuziya va shunga o’xshash masalalarni o’rganish olib keladi.Bu tenglama elliptik tipdagi eng soda tenglamadir.
Chegaraviy tenglamaning ta’rifi . to’lqin tenglamasi uchun chegaraviy shartlar.
Bizga quyidagi
Tenglama berilgan bo’lsin.Bu-to’lqin tenglama degan tenglamamiz-torning tebranish tenglamasidir.Tor harakatini to’la aniqlash uchun(1) tenglamaning o’zigina yetarli emas.Izlanayotgan u(x,t) funksiya yana torning uchlarida (x=0 va x=l) qanday bo’lishini ko’rsatuvchi chegaraviy shartlarni hamda boshlang’ich (t=0) momentda tor holatini tasvir etuvchi boshlang’ich shartlarni qanoatlantirishi kerak. Chegaraviy va boshlang’ich shartlar to’plami chekli shartlar to’plami deb ataladi.
Masalan , biz faraz qilganimizdek, x=0 va x=l da torning uchlari qo’zg’almas bo’lsin. U holda t qanday bo’lganda ham ushbu tengliklar bajarilishi kerak:
u (0, t) =0,
u (l, t)=0.
Bu tengliklar masalamiz uchun chegaraviy shartlardir.
Boshlang’ich t=0 momentda tor ma’lum formaga ega, buni biz unga oldindan berganmiz.Bu forma f(x) funksiya bilan aniqlangan bo’lsin.Shunday qilib,
u(x,0)=u
Do'stlaringiz bilan baham: |