Kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
Download 458.61 Kb.
|
литобзор (2) (3) (3) (2) lit obzor (3)
I bob bo’yicha xulosa
Bugungi kunga kelib, qattiq dori shakllari eng ommaviy, yuqori talab darajasiga , shuningdek,boshqa dori shakllariga nisbatan afzallik va qulayliklarga ega bo’lgan dori shakli hisoblanadi. Ham mahalliy, ham xorijiy farmatsevtik ishlab chiqaruvchilarning asosiy qismi bugungi kunga kelib qattiq dori shakllari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan bo’lib, bu turdagi dori shakllari, umumiy dori shakllarining o’rtacha 80% ini tashkil qiladi.. O’zbekicton Respublikasi Prezidentining "Sog’liqni saqlash organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2017 yil 12 iyundagi PQ-3052-son, "Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorlarini ijro etish yuzasidan va sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini takomillashtirish, shuningdek, respublika aholisiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash maqsadida farmatsevtika sohasidagi izlanishlar va islohotlarga alohida e'tibor’berilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-maydagi "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo’stonliq-farm" va "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’risida" ga Farmoni mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiy buyumlari ishlab chiqaruvchilarini qo’llab-quvvatlash orqali aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlashda keng imkoniyat yaratadiги. Natijada o’tgan qisqa vaqt ichida mahalliy xom ashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 123,9 foiz o’sdi. 2019-2021-yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog’ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2019- yil 10-aprelda imzolandi. Farmonga ko’ra: keying yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika (keyingi o’rinlarda – farmatsevtika mahsulotlari) bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Farmatsevtika tarmog’ini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda etakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni rag’batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida : Oz’bekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining: O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tuzilmasiga O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligining "O’zmedimpeks" Davlat unitar korxonasini o’tkazish; O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligiga Sog’liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo’yicha funksiyalari berildi. 2022 yilning 1 yanvariga qadar: farmatsevtika mahsulotlarining klnik-oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar o’tkazuvchi barcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug’ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq sertifikatlashtirilishi zarur. Аdabiyotlar tahlilida yurak ishemik kasalligida ishlatiladigan preparatlar va ularning kimyoviy tarkibiga alohida e’tibor qaratilgan, shuningdek kapsulalar texnologiyasiga oid masalalar, texnologik xossalarini o’rganishning ahamiyati, kapsula ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalarning dori shaklining sifat ko’rsatkichlariga ta’siri haqida har tomonlama ma’lumotlar keltirilgan. Kapsulaning sifat ko’rsatkichlari va biosamaradorligiga tashqi muhit va qadoqlanadigan materiallarning ta’siri har tomonlama dalillar bilan yoritilgan. Dori vositalarining biosmaradorligiga farmatsevtik omillardan substansiyaning fizik-kimyoviy holati, yordamchi moddalarning turi, dori turi, va yuborish usullari hamda texnologik jarayonning ta’siri misollar orqali bayon etilgan. Kapsula dori turini ma’lum muddat oralig’ida sifatini ta’minlay oladigan qadoqlovchi material turini va saqlanish sharoitini to’g’ri tanlash farmatsevtik texnologiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Download 458.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling