Kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
Download 458.61 Kb.
|
литобзор (2) (3) (3) (2) lit obzor (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi va vazifalari.
KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Respublikamizda barcha sohalarda bo’layotganidek farmatsiya sohasida ham islohotlar bo’layotgani va Mahalliylashtirish Dasturi asosida barcha sohalar kabi farmatsevtika sohasi ham bir qator vazifalarni belgilab olgan. Yurak-qon tomir kasalliklari ko’plab rivojlangan mamlakatlarda, o’lim sabablarining achinarli ro’yhatida yetakchi o’rinni egallab turmoqda. Qon aylanish tizimi kasalliklari orasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o’limning yarmidan ko’prog’iga sabab bo’lgan yurak ishemik kasalligi ajralib turadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilda yurak ishemiyasi qon aylanish tizimi kasalliklari sabab bo’lgan o’limlarning 53 foizini keltirib chiqargan- bu umumiy o’limlar sonining 24 foizini tashkil qildi. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi (1996 yil 29 avgust) va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida (2016 yil 4 yanvar) qonunlarida mamlakatda dori vositalari muomalasining qonuniy asoslari yaratilgan. Yurak ishemik kasalligi aholi o’rtasida yildan-yilga ko’payib borayotganligi, yurak ishemik kasalligida qo’llanadigan dori preparatlariga ehtiyojning ko’pligi dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun hozirda tibbiyot amaliyoti uchun yuqori samaraga ega bo’lgan yurak ishemik kasalligida qo’llanadigan dori vositasining texnologiyasini ishlab chiqish amaliy ahamiyatga egadir. Ishning maqsadi va vazifalari. Yurak ishemik kasalligida qo’llanadigan kapsula tarkibiga: do’lana, yeryong’oq va qizilmiya quruq ekstraktlarining aralashmasi holatida kiritiladi. Do’lana yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Yeryong’oq aterosklerozga qarshi, antioksidant ta’sir ko’rsatadi. Qizilmiya qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi. Yurak ishemik kasalligida qo’llanadigan kapsula tarkibiga qo’shiladigan yordamchi moddalarning turi va miqdorini tanlash, kapsula dori shaklining texnologiyasini ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilandi. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan: ∙ kasallik va uning kechishi to’g’risida umumiy tushunchalarga ega bo’lish; ∙ yurak ishemik kasalligida qo’llanadigan dori preparatlari bilan tanishish; ∙ kapsula dori shakllari, turlari va ularning rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish; ∙ mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxonalarning imkoniyatlarini o’rganish; ∙ substansiyalarning texnologik xossalarini o’rganish; ∙ kapsula massasi uchun yordamchi moddalarni tanlash va maqbul texnologik jarayonni ishlab chiqish; ∙ olingan kapsulalarni standartlash; ∙ kapsula dori turning farmakologik ta’sirini o’rganish; ∙ kapsula dori turning turg’unligi va saqlanish muddatlarini belgilash; ∙ taklif qilingan dori turini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar majmuasini tayyorlash. Download 458.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling