Kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi


Kapsulalarning biosamaradorligiga farmatsevtik omillarning ta’siri


Download 458.61 Kb.
bet6/7
Sana22.06.2023
Hajmi458.61 Kb.
#1649023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
литобзор (2) (3) (3) (2) lit obzor (3)

1.5. Kapsulalarning biosamaradorligiga farmatsevtik omillarning ta’siri
Biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning biosamaradorligini oshirish, shu bilan birga ularning zaharliligin. Dorilarning biosamaradorligiga fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta’sir ko’rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi farmatsevtik omillardir. “Farmatsevtik omillar” tushunchasi preparatlarni tayyorlashdagi barcha jarayonlarni o’z ichiga olmasdan, faqat dori moddaning terapevtik faolligiga ta’siri aniqlangan omillarnigina o’z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ularning tabiati va miqdori, dori moddaga ko’rsatadigan ta’sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha omillardan ajralib turadi. Deyarli barcha preparatlarning tarkibida yordamchi moddalar mavjudligi, ularning naqadar muhimligining dalolatidir. Yordamchi moddalar biofaol moddalarning o’ziga xos tarkibiy qismi bo’lib, u bilan doim aloqada bo’ladi. Preparatlarning qo’llanilishida yordamchi moddalar dori modda – organizm tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular dori modda ta’sirini kuchaytirishi, susaytirishi yoki turli sabablarga ko’ra uni o’zgartirishi mumkin va organizm tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. [2.51].
Shuningdek, -siklodekstrin ishtirokida oddiy silibum o’simligidan ajratib olingan flavonoidlar yig’indisidan iborat silibor preparatidan dori olingan va uning biosamaradorligi o’rganilgan. Ba’zi preparatlarning biosamaradorligini oshirish va dori moddaning organizmdagi konsentratsiyasini ma’lum vaqt oraligida bir me’yorda ushlab turish uchun kapsulalarni tayyorlashda shunday yordamchi moddalar qo’shiladiki, ular dori moddaning ajralib chiqish tezligini sekinlashtiradi. Masalan, sal-butamol tabletkasining uzoq muddat ta’sir etuvchi turi ishlab chiqilgan bo’lib, yordamchi modda sifatida akril smolasidan foydalanilgan. Bularning hammasi yordamchi modda turi, miqdori,kiritish usuli dori moddaning faollik darajasiga va biosamaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Dori turini tayyorlashdagi texnoligik jarayonlar ham dorilatning turg’unligi, sifati va biosamaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, farmatsevtik omillarni o’rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki me’yoriy hujjat va adabiyotlarda keltirilgan tarkib va texnologiyaning to’g’riligi, biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholanishi keltirilmagan, Ular to’liq samara bermay, nobioekvivalentlikka cabab bo’lishi mumkin.
1974-yilda biosamaradorlik “testi” Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining 17-assambleyasi tomonidan qabul qilindi va shu tashkilotning tavsiyasi bilan bu testй in vitro tajribalarida olib boriladi. So’rilish tezligi preparatning suyuqlikda maksimal konsentratsiyasining hosil bo’lish vaqti bilan ifodalansa, so’rilish darajasi esa,dori moddani tekshirilayotgan va standart dori turidan so’rilgan miqdorining nisbati bilan belgilanadi. Ammo bu ko’rsatkichlar so’rilish to’liq bo’lganligi yoki bo’lmaganligini ifodalab bera olmaydi. Bunda farmakokinetik tahlil yordam beradi, Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to’g’ri tanlashga imkoniyat yaratadi. Biosamaradorlik "testi" tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajrajib turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam qo’llaniladi. Shu cababli Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi bilan instrumental – in vitro usuli qo’llanila boshlandi. In vitro usullari orasida eng ko’p qo’llaniladigani dializ,, "aylanadigan kajava" va "aylanadigan kolba" usullaridir. "Aylanadigan kajava" usuli qattiq dori turlaridan biofaol moddaning ajrarib chiqishini o’rganishga qaratilgan bo’lib,усули қаттиқ дори турларидан , ХII DF ga rasmiy usul sifatida kiritilgan. In vivo ва in vitro tajribalari asosida olingan ko’rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini bilish uchun ularning korrelyatsiya koeffitsiyentini aniqlash lozim bo’ladi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti qanchlik birga yaqin bo’lsa, olingan natija shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan dori vositalarining biosamaradorlig iin vitro usuli bilan baholansa yetarli bo’ladi [2.38].
Demak, kapsula tarkibiga yordamchi moddalar texnologik va biofarmatsevtik nuqtai nazardan asoslangan holda qo’shilishi kerak. Qattiq kapsulalarga sut qandi, MKS; kalsiy digidrofosfat va boshqa moddalar, yumshoq kapsulalarga o’simlik moylari, PEO aralashmalari, silikon moylari glitserin, tvin 80 va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Sirpantiruvchi moddalar – massaning oqishi va sirpanishini ta’minlab beradiм. Bu maqsadda kalsiy stearat, magniy stearat, stearin kislota, talk va boshqalar foydalaniladi.
Dezitegrantlar to’ldiruvchi moddaning agregat holatining o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Bu maqsadda aerosil, natriy lauril sulfat, kalsiy karbonat, kroskarmeloza va boshqalar foydalaniladi.
Tikstroplar dori moddasining oquvchanligini ta’minlaydi. Tez oquvchi moddaning qovushqoqligini oshirish maqsadida mum, soyali litsetin, PEG va zarurat tug’ilganda boshqa moddalar ham ishlatilishi mumkin. [2.45]
Kapsulalarning turg’unligiga tashqi muhit harorati, namlik, yorug’lik va boshqa omillar ta’sir etadi. Haroratning oshishi gidroliz va oksidlanishga moyil bo’lgan moddalarning parchalanishini bir muncha tezlashtiradi. Dori preparatlarini saqlash jarayonida tashqi muhit namligi ularning sifatiga o’z tasirini ko’rsatadi.
Dori tarkibidagi namlikning me’yoridan ko’p bo’lishi ularning gidrolitik parchalanishi va texnologik xossalarining yomonlashuviga sabab bo’ladi[2.15].
Dori-darmonlarni saqlash davrida turg’unligini ta’minlash hozirgi davr dorishunoslarining asosiy vazifalaridan biridir. Dorilarni saqlash muddati – ularning terapevtik faoliyati va MTH talablariga javob berish vaqti bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi talabiga ko’ra, qattiq dori turlari uchun saqlanish muddati kamida 2 yil deb belgilangan. Dorilarning turg’unligini o’rganish davomida, dori turiga hamma omillar ta’sirini hisobga olib, ularning texnologik ko’rsatkichlari, biosamaradorligi, terapevtik faolligi, o’tkir zaharliligi va hokazolarni ko’rsatish lozim. Bu kuzatishlar mobaynida rangi, hidi, konsistensiyasi, sifat va miqdor o’zgarishlari bo’lmasligi kerak. Belgilangan muddat oralig’ida asosiy xususiyatlarni saqlab qola olishi dorilarning turg’unligi deyiladi. Dorilarning turg’unligini o’rganishda organoleptik, parchalanish va erish tezligini aniqlash, mikrobiologik va zamonaviy fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy o’zgarishlarga oksidlanish, gidroliz,dekarboksillanish, almashinish va polimerlanish reaksiyalari kirib, oksidlanish, asosan, fenollar, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar saqlagan moddalarda uchraydi. Dori moddalarining oksidlanish mexanizmi asosida ularning havo kislorodi bilan bevosita birlamchi muloqoti yotadi [2.11].
Dori preparatlarining mikrobiologik turg’unligining yo’qolishi dori moddasining tashqi ko’rinishi, mazasi va hidining o’zgarishiga, parchalanishiga, biosamaradorligining pasayishiga, zaharliligining ortishiga olib keladi. Mikrobiologik, kimyoviy va fizikaviy o’zgarishlarni chegaralab bo’lmaydi. Chunki mikroorganizmlar yashash jarayonida fermentlar hosil qilib, dori moddalarining fizik va kimyoviy xossalarini keskin o’zgartira oladi. Dori moddalarning turg’unligiga yordamchi moddalar, tashqi muhit, yorug’lik, qoldiq namlik va boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Kapsula ishlab chiqarish jarayonida kapsulaning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun ular tarkibiga yordamchi moddalar qo’shiladi. Yordamchi moddalar massaga kerakliu texnologik xossalar berish bilan birga, dori moddaning ajralib cniqish va so’rilish tezligiga ta’sir ko’rsatib, dorilarning ta’sir kuchini oshiradi yoki susaytiradi. Shuning uchun dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar har bir dori modda uchun o’ziga xos bo’lmog’i kerak. Masalan, sut qandi ko’p ishlatiladigan to’ldiruvchi bo’lishiga qaramay, amfetamin, sulfametaksazol, tiamin va dekstroamfetamin bilan reaksiyaga kirishadi. Talk asetilsalitsil kislotasini , metilsellyloza sintofillinni, saxaroza antipirinni, kaolin, bentonit, magniy silikatlar esa streptomitsinning rangining o’zgarishiga sababchi bo’lsa, magniy karbonat dori tarkibidagi dimedrolni parchalaydi. Shuningdek testosteron bilan sut qandi birgalikda ishlatilganda so’rilish tezligi ortadi, pentabarbitalniki esa kamayadi; izoniazid bilan ishlatilganda uning faolligini kamaytiradi.
Dorilarning nam tortish xususiyatlarini o’rganish, ulardan kapsula dori turini yaratishda kata ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyat,asosan, nisbiy namligi 58, 79, 90 ва 100% bo’lgan sharoitlarda o’rganiladi. Turli xil kimyoviy moddalar guruhlariga oid bo’lgan va o’zaro fizik-kimyoviy xossalari bilan keskin farqlanadigan dori preparatlarining nam yutish xossasi o’rganilgan bo’lib, ulardan: mumiyo, kavergal, inebrin, chuchukmiya, jenshen quruq ekstraktlari nam tortish xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi. [2.14, 2.16].
Quruq ekstraktlardan kapsula dori turlarini yaratish va saqlash sharoitlarini belgilashda ularning yuqori gigroskopiklik darajasiga ahamiyat beriladi. Bunday dori turning turg’unligini oshirish yordamcni moddalarni to’g’ri tanlash, eng asosiysi, mo’tadil qadoqlash turini tanlash kerak. Qadoqlangan materiallar kapsulaning turg’unligini belgilovchi asosiy omildir. Qadoqlanadigan idishlar tayyorlanadigan asosiy materiallarga shisha, metal, sellyuloza, elastomerlar (sintetik rezina va tabiiy kauchukdan tayyorlangan), yuqori molekulali sintetik birikmalar (plastmassa) va ularning kombinatsiyalari kiradiва. Shuningdek, polivinilxlorid pardasi ham laklangan alyuminiy zar qog’ozidan tayyorlangan "Servak" qadoqlanadigan materiali suv bug’lari va quyosh nurini o’tkazmaydi [2.9].
Dori moddalarini saqlash muddati to’risida haqqiniy natijalar olish uchun izotermik sharoitda "tezlashtirilgan" usul qo’llaniladi. PVX hamda laklangan zar qog’oz orasiga va polietilen bilan qoplangan qog’oz orasiga qadoqlangan stimusol, VUK, chuchukmiya, inebrin quruq ekstrakti dori vositalarining turg’unligi 400C haroratda, immunomodulin tabletkalari esa oddiy xona haroratida o’rganilgan. Tashqi muhit namligining dorilar turg’unligiga ta’siri qo’ng’ir rangli plastmassa qopqoqli shisha idish va polietilendan tayyorlangan idishlarga qadoqlangan fitirol, rutin,inebrin dori vositalari turli foiz namlik saqlovchi eksikatorlarda o’rganilgan[2.40, 2.12, 2.17].

Download 458.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling