Kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi
Tadqiqot obyekti va predmeti
Download 458.61 Kb.
|
литобзор (2) (3) (3) (2) lit obzor (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Таdqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Таdqiqotning ilmiy yangiligi.
- Маgistrlik ishining tuzilishi va hajmi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti do’lana, yeryong’oq va qizilmiya quruq ekstraktlarining aralashmasi bo’lib, ushbu ekstraktlar aralashmasi asosida ishlab chiqiladigan kapsula tadqiqotining predmetidir.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Tadqiqot jarayonlarida texnologik ko’rsatkichlarini ‹‹ERWEKA›› asboblarida, DF XI, DF XII yoki boshqa MHlar bo’yicha olib boriladi. Miqdoriy tahlil zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullaridan (UB-spektroskopiya, IQ-spektroskopiya, YuSSX) foydalaniladi. Dori shakli tarkibidan ta’sir etuvchi moddalarning ajralib chiqishini aniqlash uchun “Аylanuvchi kajava” asbobidan foydalaniladi. Dori turning turg’unligini o’rganish tabiiy sharoitda va tezlashtirilgan usullarda Tst 42-2-82 yo’riqnomasi asosida o’tkaziladi. Таdqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Do’lana, yeryong’oq va qizilmiya quruq ekstraktlari asosida olinadigan kapsula dori turining yurak ishemik kasalligiga ta’sir ko’rsatuvchi vosita sifatida respublikamizning farmatsevtik korxonalari ishlab chiqarishi mumkin. Таdqiqotning ilmiy yangiligi. Birinchi marta kompleks tajribalar natijasida yurak ishemik kasalligiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi kapsula dori turning ilmiy asoslangan muayyan tarkibi, mo’tadil texnologiyasi ishlab chiqiladi, kapsulalarning sifat ko’rsatkichlari baholanadi. Маgistrlik ishining tuzilishi va hajmi. Маgistrlik ishi kirish, аsosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib uning hajmi _ betni tashkil etadi. I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. O’zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatining rivojlanish istiqbollari O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, xususan, mahalliy dorivor o’simliklar asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Farmatsevtika fani va amaliy sog’liqni saqlashning dolzarb muammolaridan biri yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olish va davolash bo’lib, ular O’zbekistonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Bunday kasalliklarning davomiyligi ko’pincha surunkali bo’lib, uzoq muddatli dori-darmonlarni qo’llashni talab qiladi. Ushbu muammoning ijtimoiy ahamiyati kasalliklarning keng tarqalishi va zo’ravonligi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan kam toksiklikka ega bo’lgan o’simlik xom ashyosidan yangi samarali va xavfsiz dori vositalar va moddalarni izlash va ishlab chiqish dolzarb vazifadir. Oxirgi yillar davomida farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan o’ndan ortiq normative-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Farmatsevtika tarmog’ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko’rib chiqildi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo’stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ularning hududida 41,7 million AQSh dollari miqdoridagi beshta loyiha amalga oshirilmoqda. Hozirda O”zbekiston Respublikasi hududida 150 dan ortiq farmatsevtik korxonalar o’z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.Ular bugungi kunga kelib 1500 ga yaqin dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlardan,asosan, har xil nomdagi kapsula va tabletkalar,in’yeksion eritmalar,ichki va tashqi maqsadda ishlatiladigan eritmalar,surtmalar va boshqa dori turlari hamda bir qancha tibbiy buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalari yo’lga qo’yilgan bo’lib,ulardan bir nechtasi xorijiy davlatlarga eksport qilinadi. Bu esa o’z navbatida davlatimiz byudjetini xorijiy valyutalar bilan to’ldirishga zamin yaratadi. Mahalliy farmatsevtik korxxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar respublikamiz aholisining dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo’lgan bo’lgan talabini taxminan 17-20% ta’minlaydi тиббий буюмларга бўлган талабни таҳминан 17-20% таъминлайди [2.8, 2.27, 2.56]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21-yanvardagi “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-55-son farmonida belgilangan vazifalar, erishilshi kutilayotgan natijalar bilan birga,hozirda aks etgan barcha mazmun-mohiyati jamoatchilikka keng qamrovli tushuntirildi. 2022-2026-yillarda farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha prognoz parametrlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish hajmi hozirgi 3,2 млрд.сўмдан 2026 yilda 8,2 mlrd so’mgа, o’zlashtirilgan mahsulotlar soni 3 350 tadan 5 100 tagа, dori vositalariga bo’lgan talabni qoplash darajasini 45% dan 80% gа yetkazish, farmatsevtika mahsulotlari eksportini 60 mln dollardan . mln dollarga oshirish rejalashtirildi. Shu bilan birga, 2022-2024-yillarda umumiy qiymati 370 mln dollarni tashkil etuvchi 72 ta farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hisobiga 3905 tа yangi ish o’rinlarining yaratilishi sohaning rivojlanish ko’rsatkichlarini bajarilishiga asos bo’lib hisoblanadi[1.1]. Bundan tashqari, farmonga muvofiq farmatsevtika korxonalari uchun ko’plab imtiyoz va imkoniyatlarning yaratilganligi, zamonaviy standartdlarni qo’llashdagi yengilliklar va ruxsat beruvchi xujjatlar sonining qisqartirilganligi sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yanada yuksalishga zamin yaratmoqda. Аholini mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, kam zaharli, allergiya chaqirmaydigan, turg’un, yuqori biosamarador, arzon dori vositalari bilan ta’minlash uctuvor yo’nalishlardan hisoblanadi.Bu muammani hal qilish yo’llaridan biri o’zimizda o’sadigan dorivor o’simliklardan oqilona foydalanishdir. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida ishlatilayotgan dori vositalarining 50% dan ko’prog’ini o’simlik xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi [2.13]. Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish ishlab chiqarish korxonasining Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilishishlab chiqarish korxonasining joylashadigan hududini tanlashdan boshlanadi. Birinchi navbatda farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasiga aholi yashash joyidan 4 km uzoqlikda hamda yuqori kuchlanishli elektr toki ,ichimlik suvi, oqova suvlari mavjud bo’lgan hudud tanlanadi. Korxonani tashkil qilishda korxonaga kirishdan boshlab e’tiborli bo’lish lozim. Ishlab chiqarish zonasi, xom ashy ova tayyor mahsulot omborxonalari, sifatni ta’minlash bo’limi va ma’muriy binolarning ketma-ket loyihalashtirilishi lozim [2.1, 2.2, 2.3]. GMP (Good manufacturing practice) Yaxsh ishlab chiqarish amaliyoti standarti umumiy boshqaruv qoidalari bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari va nazorat sinovlari o’tkazish tartibini belgilab hamda ishlab chiqarishni turi, zamonaviy usulda olib boorish bo’yicha minimal amaliy ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi [2.5]. Mustaqillikkacha bo’lgan davrda mamlakatimizda sanoqli farmatsevtika korxonalari dori vositalarini ishalb chiqarar, ishalb chiqarilgan mahsulotlar esa bir necha nomni tashkil qilar edi. Bugungi kunda respublikada tabletkalar,kapsulalar,in’yeksion va infusion eritmalar, surtmalar,galen preparatlar va boshqa dori shakllari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan "Novo-farmа" MChJ, "Jo’rabek laboratories" MChJ, "Remedy Group" MChJ, "Remedy" MChJ, "O”zgermed Pharm" MChJ qo’shma korxonalari, "Pharmed sanoat" ва "Dentafill Plyus" xususiy korxonalari,shuningdek, "Nika Pharm" sho’ba xo’jalik jamiyati bugungi kunda GMP (Good manufacturing practice) – "Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti" xalqaro standart qoidalari asosida dori vositalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan [2.18]. Shuni quvonch bilan aytish mumkinkibugun resspublikamizda, farmatsevtika sanoati brogan sari xalq xo’jaligining muhim bir yo’nalishiga aylanib bormoqda. Farmatsevtika sanoatini mahalliy xom ashyolar bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan xo’jaliklarda 50 dan ortiq dorivor o’simliklar yetishtirilmoqda .Ularga 12 tа kоrхоnаdа ishlov berilib ,bezarar va sifatli xom ashyo ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birgalikda farmatsebtika sanoati uchun zarur bo’lgan shisha idishlar va ampulalar ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati ham yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda O”zbekistonda farmatsevtika sanosti xalq xo’jaligining hayotiy zarur tarmog’I sifatida shakllandi va rivojlanish bosqichiga o’tdi [2.17, 2.18, 2.19]. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalari dori turlari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, ularni 581 nomda (41%) tabletkalar, kapsulalar va drajelar, 306 nomdа (22%) inyeksiya va infuziya uchun ishlatiladigan eritmalar, 177 nomdа (12%) ichish va tashqi maqsadlarga mo’ljallangan suyuq dorilar, 108 nomdа (8%) dorivor o’simlik yig’malari, 84 nomda (6%) surtmа, gel, krem, liniment va pasta, 37 nomda (3%) ichish va tashqi maqsadlarga mo’ljallangan eritma tayyorlash uchun kukunlar , 15 nomdа (1%) rektal va vaginal shamchalar va 7% boshqa dori turlaridan iborat ekanligi ko’rinadi [2.39, 2.42]. Respublikamizdagi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalar farmokaterapevtik guruhlar bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, ular antibakterial (16%), immunobiologik (2%), yallig’lanishga qarshi nosteroid dori vositalari (13%), yurak qon-tomir kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladigan dori vositalar (12%), kimyoviy jarayonlarni muvofiqlovchi dori vositalar (11%) va boshqalardan iboratdir. Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan farmatsevtik mahsulotlar aholining dori vositalariga bo’lgan talabining 1% dan kamroq qismini qondirgan bo’lsa hozirgi kunga kelib bu ko’rsatkich 35% dan ortiqroqni tashkil etadi [2.11, 2.15]. Farmatsevtika sohasini qo’llab-quvvatlashga bo’lgan e’tiborni hisobga olib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston farmsanoati baland cho’qqilarga chiqadi kelajakda jahon bozorlarini "O’zbekistonda ishlab chiqarilgan" degan yozuv ostida farmatsevtik mahsulotlar bilan ta’minlanishi shubhasizdir [2.3]. Download 458.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling