Kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi


-rasm. Do’lana mevasi (Fructus Crateagi)


Download 458.61 Kb.
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi458.61 Kb.
#1649023
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
литобзор (2) (3) (3) (2) lit obzor (3)

1.3-rasm. Do’lana mevasi (Fructus Crateagi)

Qizilmiya tarkibida mineral tuzlar, organik kislotalar pektinlar, flavonpidlar, saxaroza, asparagin, glitsirrizin, vitaminlar mavjud. Tibbiyotda qizilmiya yallig’lanishga qarshi, mikroblarga qarshi, antidepressant, diuretik, antispazmolitik, kuchsiz antigistamin ta’sirga ega. O’simlik preparatlari hamda glitsirrizin va glitsirretin kislotalari organizmdagi suv-tuz almashinuvini tartibga solish hamda dezoksikortikostreroidlarga o’xshash ta’sirga ega. Shuningdek glitsirrizin kislota qon tomirlarini kengaytiradi, qondagi xolestirinni kamaytiradi, silliq mushaklarning spazmlarini yo’q qiladi [2.53].



1.4-rasm. Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra)
Yeryong’oq tarkibida ko’p miqdordagi oqsil, shu jumladan, barcha muhim aminokislotalar mavjud. Yeryong’oq A, B, D, E, PP vitaminlariga, kremniy, kobalt, marganes, mis, magniy va fosforga boy. Yong’oq tarkibida antioksidantlar bo’lgan polifenollar ham mavjud Shu bilan birga uning tarkibida xolestirin yo’q. Foydali elementlarning boy tarkibi tufayli yeryong’oq hujayralarni tiklashga, immunitetni mustahkamlashga, yurak faoliyatini yaxshilashga, qon tomirlarini mustahkamlashga, aterosklerozga qarshi, shuningdek stressning salbiy ta’sirining oldini olishga yordam beradi. Olimlar aniqlaganidek, yeryong’oq organizmga erkin radikallarga qarshi kurashishda yordam beradi,miya va yurak faoliyatini, xotirani yaxshilaydi,qon bosimi va metobolizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi [2.29].

1.5-rasm. Yeryong’oq (Arachis hypogaea)


1.4. Dorivor o’simliklar asosida olingan quruq ekstraktlar texnologiyasi, fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlari
Zamonaviy farmatsevtika sanoatining rivojlanish tendensiyalaridan biri bu bir qator muhim kamchiliklarga ega bo’lgan an’anaviy infuziyalar va damlamalarning o’rnini bosuvchi dorivor o’simlik xom ashyosidan ekstraktlarni ishlab chiqishdir, asosiysi, qimmatli biologik faol moddalarni to’liq olish (30-40%), uzoq muddatli saqlash paytida beqarorlik, tarkibning o’zgaruvchanligi, olingan dorilar sifatini nazorat qila olmaslik, individual dozalashda qiyinchiliklardir .
Ushbu kamchiliklarning barchasi biologik faol moddalar majmuasini olishning oqilona resurslarini tejash usullarini ishlab chiqishni talab qiladi, ulardan eng istiqbolli o’simlik ekstraktlarini olish usuli hisoblanadi [2.40].
Ekstraktlar – o’simlik xom ashyosidan olingan konsertrlangan ajratmalardir Ular nisbatan ko’p miqdordagi biologic faol moddalarni o’z ichiga olgan va shu bilan birga o’simlik xom ashyosida mavjud bo’lgan balast moddalarini jamlagan juda chidamli preparatlardi. Konstitensiyasiga ko’ra suyuq, quyuq va quruq ekstraktlar ajratiladi Suyuq va quruq ekstraktlar ulardan foydalanishni cheklaydigan bir qator kamchiliklarga ega, shuning uchun quruq ekstraktlar ko’p ishlatiladi, ular dorivor o’simlik xom ashyosidan 1:1 nisbatda tayyorlanadigan osonlikcha kukunga aylanadigan va odatda 5% dan ko’p bo’lmagan namlikni o’z ichiga oladi[2.44].
Ushbu turdagi ekstraktlar eng oqilona hisoblanadi. Ishlab chiqarishning nisbiy murakkabligiga qaramay, ularning soni doimiy ravishda o’sib bormoqda.
Dorivor o’simlik xom ashyosini qayta ishlash samaradorligini oshirish, yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy etish, ushbu jarayonlarning alohida bosqichlarini takomillashtirish, o’simlik xom ashyosidan eng oqilona va tejamkor foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan maqbul sharoitlarni ishlab chiqich doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Dorivor o’simliklarni qayta ishlash jarayonida yangi texnologiyalar faqat faol moddalarning farmakologik faolligini pasaytirmasa va o’simlik xom ashyosini qayta ishlash jarayonini optimallashtirmasa qo’llaniladi.
Quruq ekstraktlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: Ekstrakt olish, balast moddalaridan tozalash va konsentrlangan ekstraktni quritish, baholash va qadoqlash. Ekstraksiyaning to’liqligi ekstraktor va uskunalarni tanlash, xom ashyoni maydalash darajasi, harorat, aralashtirish tezligi,xom ashyo va ekstragentning nisbati kabi ko’plab omillarga bog’liq . Ekstratsiya jarayoni qarshi oqimda yoki aylanma sirkulyatsion usulda amalga oshadi. Birinchi usulda xom ashyo harakatlanmaydi,ajratuvchi esa perkolatorning pastki tomonidan qarshi oqim bo’ylab harakat qiladi, natijada xom ashyo bir tekis namlanadi va havoni siqib chiqaradi. Bu usulda 5 tadan 16 tagacha perkolatorlar naylar yordamida o’zaro birlashtirilib bir butun qurilma hosil qilinadi. Ikkinchi usulda maydalangan xom ashyo ajratma olinadigan idishga joylashtiriladi, ustiga bukik naychadan pastroq sathgacha ajratuvchi solinadi va 24 soatga qoldiriladi. Vaqt tugagandan keyin to’plagich jo’mragini ochib,ajratma olinadigan idishning bukik naycha sathigacha ajratuvchi quyiladi, bunda ajratmaning hammasi kubga tushadi. Kub qizib turganligi uchun ajratuvchi bug’lanub, kondensatordan suyuqlikka aylanib, to’plagichga, keyin esa ma’lum tezlik bilan ajratma olinadigan idishga tushadi [2.41, 2.44, 2.48].
O’simlik xom ashyosini 2-3mm o’lchamgacha maydalash darajasi optimal hisoblanadi.
Ekstraksiya jarayonini optimallashtirishga ta’sir qiluvchi yana bir omil– bu to’g’ri tanlangan harorat. Ma’lumki, uni oshirish biologik faol maddalarning miqdorini oshiradi. Ekstraksiya jarayoni odatda 40 0C dan 50 0C, 70 0C, 90 0C gacha bo’lgan turli harorat rejimlarida olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, termolabil moddalarni olish 40+ 5 0C dan yuqori bo’lmagan haroratda amalga oshiriladi.
Doimiy va intensiv aralashtirish, erituvchi aylanishi, elektr tokiga ta’sir qilish, elektromagnit maydon, uitratovush,yuqori chastotali va ultrachastotali ishlov berish kabi ekstraksiya jarayonining gidrodinamik sharoitlari o’simlik xom ashyosidan biofaol moddalarni olish jarayonini optimallashtirishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, bu ham qisqa vaqt ichida faol moddalarning miqdorini sezilarli darajada oshirishi mumkin. [2.43, 2.44].

Download 458.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling