1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча


Download 1.3 Mb.
bet1/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1125047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
FARMAKALOGIYA 425TALIK


1.1.Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча.
Davolash va xastalikning oldini olish xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar — dori moddalaridir. Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday D.ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. D.lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim D.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. D.lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Фармакокинетика ва фармакодинамиканинг таърифи
Farmakokinetika — dori moddalarini organizmga yuborish, ularning so'rilishi, oqsillar bilan bog'Ianishi, taqsimlanishi, o'zgarishi (metabolizmi) va organizmdan chiqish jarayonlarini, farmakodinamika — dori moddalarining ko'rsatadigan ta’sirini, ta’sir kuchi va ta’sir mexanizmini o'rganadi.
3. Дори моддаларни киритиш усуллари
1. Enteral usul— dori moddalari oshqozon-ichak yo'li orqali yuboriladi. 2. Parenteral usul — dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqi yo'llar orqali yuboriladi. Enteralyuborish usulda dori moddalari Ш ostiga, og'izga, o‘n ikki baimoqli ichakka, to'g'ri ichakka yuboriladi. Dori moddalarining til ostiga yuborilishi sublingval yo'l deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalami davolashda umuman qo'llanmaydi. Dori modda til ostiga qo'yilganda og'iz bo'shlig'ida fbmentlar faoliyati sust bo' lganligi uchun dori moddalari deyarli parchalarnnaydi, til ostidagi doriga me’da-ichak feimentlari ta’sir qilmaydi, jigarda o'zgarishlffl'yuz bennaydi, qo'yilgan joyida so'rilib, umumiy ta’sir ko'rsatadi. Bu usulda ayrim dorilar, asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo'yiladi, ular qonga tez so'riladi (til ostida qon tomirlar juda ko'p), ta’siri tez boshlanadi. Og4z orqali yuborish — peroral yo'l keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir. Bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi, yuboriladigan moddalar hidi qo'lansa bo'lmasligi, shilliq qavatlarga salbiy ta’siri bo'lmasligi kerak. Alkogol, kaliy, yodid, barbituratlaming so'rilishi oshqozon shilliq qavatidan boshlanadi. Moddalar asosan ingichka ichak orqali so'riladi, chunki ingichka ichakda qon yaxshi aylanadi. So'rilish tezligi qabul qilingan dorining turiga, shakliga, ovqatdan oldin yoki keyin iste’mol qilinishiga bog'liq. Eritmalar, ayniqsa, spirtli eritmalar kukun dori (poroshok)larga nisbatan birmuncha tezroq so'riladi. Dori och qoringa ichilganda, ovqatdan keyin qabul qilingan dorilarga qaraganda tezroq so'riladi va kuchliroq ta’sir etadi. O'n ikki barmoqli ichak orqali yuborish usuli — ichakda dori moddalarining yuqori konsentratsiyasini hosil qilish maqsadida moddalar o'n ikki barmoqli ichakka zond orqali yuboriladi. Odatda, bu usuldan jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Masalan, magniy sulfat eritmasi o'n ikki barmoqli ichakka bevosita isitilgan holda yuboriladi, ba’zan bu usul gijja haydovchi dorilar buyurilganda ham qo'llanadi. To 'g'ri ichak orqali yuborish usuli— dori moddalarini og'iz orqali yuborish mumkin bo'lmaganda, ruhiy bemorlami davolashda, bemor behush yotganda, qizilo'ngach yoki oshqozonda o'zgarishlar bo'lganda, oshqozon-ichak fermentlari ta’sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qo'llaniladi. Bu yo'l bilan suvli eritma yoki aralashmaga shilliq holida tayyorlangan turli o'rab oluvchi moddalar (kraxmal, kraxmal elimi) qo'llaniladi, moyli dorilardan klizma qilinadi. To'g'ri ichakka dori moddalar sham shaklida qo'yiladi. Ushbu usul qo'llanganda moddalar tez, ya’ni 7*10 minut ichida qonga so'riladi, ularning asosiy qismi gemoroidal venalar orqali bevosita pastki kovak Venaga o'tadi, tez va kuchliroq ta’sir etadi, bu usulda ba’zi dorilar og'iz orqali yuboriladigan dorilarga nisbatan 3/4-1/2 hissa kamroq buyuriladi. To'g'ri ichak orqali yuborilgan moddalar to'g'ri va yo'g'on ichak shilliq qavatlarga, ulaiga yaqin a’zolarga mahalliy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Parenteral yuborish usuli — Nafas yo'llari orqali ingalatsion (ingalyatsion — nafas olish) yuborish usuli bug'li va gazli moddalar nafas orqali organizmga tushadi, o'pkadan qonga so'riladi, ta’siri tez boshlanadi va kuchli bo'ladi, chunki o'pkaning so'rilish yuzasi juda keng (kattalarda 1 0 m2 ra teng); o'pka alveolalari gazlami juda tez so'rib oladi. Ingalyatsion yo'l bilan yuborilgan dori moddalari jigarga tushmasdan qonga o'tadi, organizmda deyarli o'zgarmaydi. Teri orqali yuborish usulida asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko‘zda tutiladi, bu yo‘l bilan malhamlar, pasta, linimentlar, shuningdek, spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalar sepma dorilari qo'llaniladi. Teri epidermisi jarohatlanganda moddalar tez so'riladi. Teri orqali alkogol, fenol, xloroform yaxshi so'riladi. Bolalar terisi ancha nozik bo'ladi, shuning uchun ularda ba’zi dori moddalari teri orqali tezda qonga so'rilishi mumkin. Masalan, m etilsalitsilat linimenti bola terisiga surtilsa, 10-15 minutdan keyin uni qonda aniqlash mumkin. Namlanib turgan teriga borat kislota sepilsa, u tezda qonga so'rilib, bola organizmini zaharlashi mumkin. Shilliq qavatlar orqali yuborish usuli dori moddalari burun, halqum, ko'z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etish uchun qo'llanadi. Ko'pgina dori moddalar burun va halqum, ko'z shilliq qavatlaridan qonga so'riladi, shuning uchun tarkibida zaharli yoki kuchli ta’sirlovchi tomchilar umumiy ta’sir ko'rsatishi ham mumkin. Bronxlar va o'pkaning shilliq qavatlaridan ham dori moddalari qonga tez so'riladi. Siydik chiqaruv kanali, siydik yo'llari va buyrak jomi shilliq qavatlari orqali ham moddalar tez so'riladi; bachadon, qin va qovuq shilliq qavatlari orqali dori moddalarining so'rilishi sekinlik bilan o'tadi, ammo yog' va yog'simon moddalar tez so'riladi. Bu holatni ginekologiya amaliyotida qinni chayish uchun dori moddalarini tavsiya qilishda nazarda tutish kerak. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo'shlig'i a’zolari jarohatlanganda va o'pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo'llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so'ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so'riladi. Teri ostiga yuborish yo'li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi, ta’siri 10-15 minutdan keyin boshlanadi, so'rilish muddati peroral yo'l bilan yuborilganga ko'ra kamroq, ta’sir kuchi esa o'sha miqdomi og‘izdan yuborilgandan 2-3 barobar kuchliroq bo'ladi. Suspenziyalami, juda yopishqoq va sekin so'riladigan moyli eritmalami teri ostiga yuborish tavsiya etilmaydi, chunki to'qimalarda infiltratsiya va nekrozni yuzaga keltirishi mumkin. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek, dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Mushaklar teri osti to'qimalarga nisbatan qon bilan ko'proq ta’minlangani uchun dori moddalari mushaklar orasida tezroq so'riladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling