1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Oksibutirat natriy miyaning tabiiy metaboliti, gamma-aminomoy
kislota (GAMK)ning sintetik analogi, GAMK markaziy nerv sistemasida tormozlanish jarayoni mediatori hisoblanadi, natriy oksibutirat qisqacha GOMK (gamma — oksimoy kislota) deb ataladi. Natriy oksibutirat yuborilgandan so‘ng gematoentsefalik to'siqdan yaxshi o'tib, qo'zg’atuvchi davrsiz narkoz holati paydo qiladi, kichik miqdorda tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, katta miqdorda talvasaga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Bu modda asosan markaziy nerv sistemasiga, miya po‘stlog‘iga ta’sir etadi, shuning uchun og'riq qoldirish xususiyati yo'q, lekin analgetiklar bilan birga yuborilganda ulaming ta’sir kuchini oshiradi. Natriy oksibutirat skelet mushaklarini yaxshi bo'shashtiradi, narkotik faolligi nisbatan kamroq, yuqori miqdorda venalarga yuborilganda narkoz qo'zg'alish davrsiz 30-40 daqiqadan keyin boshlanib, 1,5-3 soat davom etadi. Natriy oksibutiratni mushaklar orasiga hamda og'iz orqali yuborish mumkin, ichakdan yaxshi so'rilib, 40-60 daqiqadan keyin narkoz paydo qiladi, asosan kirish va bazis narkoz uchun qo'llanadi. Natriy oksibutiratning kichik miqdorlari tinchlantiruvchi, o'rta miqdorlari uxlatuvchi hamda gipoksiyaga qarshi ta’sir etadi. Modda hujayra membranalari fosfolipidlarini shikastlanishdan saqlab qoladi, shuning uchun tug‘ish jarayonida, miyadagi, ko'z shox pardasidagi gipoksik shishlarda qo'llanadi. Natriy oksibutirat to'qimaning gipoksiyaga chidamini, miya va yurak to'qimalarining kislorodni o'zlashtirishini, shu a’zolami qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Natriy oksibutiratning zahar oz miqdorda, shuning uchun bolalar anesteziologiyasida keng qo'llanadi; nafas, qon aylanish sistemasiga narkoz paydo qiluvchi miqdori salbiy ta’sir ko'rsatmaydi, ba’zan bolalar qayt qilishi, gipoglikemiya paydo bo'lishi mumkin, miqdori oshganda nafas markaziga noxush ta’sir ko'rsatadi. Kattalarga nisbatan bolalarda narkoz paydo qilish ancha qiyin bo'ladi. 3 yoshgacha bolalarda asosan ftorotan, azot (1) oksidi kattaroq bolalarda esa, bulardan tashqari, tiopental, propanidid, ketamin qo'llanadi. Natriy oksibutirat har xil yoshda qo'llanadi, chunki u kislorod yetishmovchiligiga nisbatan chidamlilikni oshiradi. Bolalarda siklopropan, efir kamroq qo'llanadi 80.Психостимуляторлар, дори воситалари ва қўлланилиши. Moddalar markaziy nerv sistemani yuqori bo'limlari tonusini oshirib, kayfiyatni, psixomotor faollikni, aqliy va jismoniy faoliyatni (ayniqsa toliqqanda) ko'taradi, uyquga ehtiyojni, narkotik va uxlatuvchi moddalar ta’sirini kamaytiradi. Kimyoviy jihatdan 4 guruhga bo'linadi: 1. Fenilalkilamin unumlari — fenamin. 2. Piperidin unumlari—meridil. 3. Sidnomimin unumlari—sidnokarb. 4. Ksantin unumlari—kofein. Fenamin — fenilalkilaminlarning unumi bo'lib, kimyoviy tuzilishiga ko'ra adrenalin, noradrenalinga o'xshab ketadi, gematoensefalik to'siqdan oson o'tib, markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko'rsatadi. Fenaminniag markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi ta’siri retikulyar formatsiyaning bosh miyaga faollovchi ta’sirini oshirishi bilan bog'liq. Mediatorlar noradrenalin va dofaminrii piresinaptik- rterv oxirlaridan, ayniqsa, miyaning katexolaminlarga boy bo'limlaridan — o‘rta miya, gipotalamusdan ajralishini oshiradi, shuning uchun fenamin markaziy ta’sir etuvchi bilvosita adrenomimetik deb ataladi. Katexolaminlar ajralishining ko'payishi neyronlararo o‘tkazuvchanlikni oshiradi. Fenaminning ta’sir mexanizmida kimyoviy jihatdan noradrenalingao‘xshashi ham ahamiyatga ega, modda adrenoretseptorlami bevosita qo‘zg‘atishi mumkin. Fenamin miya po‘stIog‘iga qo'zg'atuvchi ta’sir ko'rsatadi, kichik miqdori shartli reflekslami oshirib yuboradi. Fenamin qo'llanilganda tabiiy uyqu bosqichlari o'zgaradi, tez uyquning vaqti kamayadi, qo'llash to'xtatilgaadan keyin uyquning normal holatga kelishi bir necha oylarga cho'zilib ketadi. Fenamin tufayli aqliy va jismoniy faoliyat oshsa ham, murakkab masalalarai yechishda xatolar miqdori kamaymaydi. Fenamin nafas markazini, orqa miyaning polisinaptik, monosinaptik reflekslarini qo'zg'atadi, gipotalamusdagi ovqatga tegishli markazga ham ta’sir etib, ishtahani kamaytiradi, lekin kuchli markaziy qo‘zg‘atuvchi bo'lgani uchun ishtahani kamaytiradigan modda sifatida qoilamnaydi. Fenamin faqat markaziy nerv sistemasidagi adrenoretseptorlami emas, chetdagi a va p - adrenoretseptorlami ham qo'zg'atadi, shuning uchun qon bosimi, qonda qandning miqdori oshadi, bronxlar va me’daichak shilliq qavatlari bo'shashadi, bachadon tonusi pasayib ketadi. Fenamin asosan nerv subdepressiyalarida, narkolepsiya, uyquchanlik — gipersom iyada hamda toliqqanda m ehnat qobiliyatini oshirish uchun qo'llanadi. Fenaminning qo'zg'atuvchi ta’siri katta energiya sarf bo'lishi tufayli kelib chiqadi, modda qo'llangandan keyin kuch-quvvat asli holiga kelishi uchun to'lato'kis dam olish kerak bo'ladi. Fenamin faqat og'iz orqali yuboriladi, ichak shilliq qavatidan yaxshi so'riladi, organizmda bir qismi biotransformatsiyaga uchraydi; o'zgarmagan fenamin va uning m etabolitlari buyrak orqali chiqib ketadi. Uzoq vaqt qo'llanganda fenamin organizmda to'planadi — kumulyatsiyaga uchraydi, bu moddaga o'rganish ba’zi holatlarda tobelikka olib keladi. 81.Силлик мушакларга морфининг кайси ножўя таъсири билан боглик. Morfin me’da-ichak faoliyatiga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Silliq mushakli a’zolarda joylashgan opiat retseptorlarga ta’sir etib, ulaming tonusini oshiradi Morfin me’da-ichak va uning sfinkterlarini tonusini oshirib, spazmogen ta’sir ko'rsatadi hamda ichak peristaltikasini kamaytiradi. Masalan, o‘n ikki barmoqli ichakning boshlang'ich bo'limi qisqarishi tufayli oshqozonning iste’mol qilingan ovqatdan bo'shashi 3- 4 soat o'miga 8-12 soatga cho'zilib ketadi. Yo'g'on ichak silliq mushaklari ham morfin tu&yli qisqaradi - ichaklarda ovqat uzoq to'xtalib qoladi, ulardan suyuqlikning qayta so'rilishi oshib boradi. Oshqozon osti bezi sekretsiyasi, safro ajralishi kamayadi, bulaming hammasi qabziyatga - obstipatsiyaga (lotinchada “obstipo” - to'ldirish) olib keladi. Morfin siydik yo'llarini, qovuq sfinkteri tonusini oshiradi, siyish qiyinlashadi, bronx mushaklarining tonusi ham oshib ketadi. Morfinning spazmogen ta’siri parasimpatik nerv sistemasi tonusining oshishiga ham bog'liq. Morfin bevosita qon tomirlarga ta’sir ko'rsatmaydi, uzunchoq miyadagi qon tomir markazini susaytirib, qon bosimini biroz tushiradi, morfin tufayli ortostatik gipotenziya ro'y berishi mumkin. Morfin jarrohlikdan oldin va keyin, travmalarda, kuyganda, buyrak, o't pufagi xurujlarida, kuchli og'riq bilan kechadigan kasalliklarda - miokard infarkti, xavfli o'smalar, qattiq azob bemvchi yo'talni davolashda qo'llaniladi. 82.Кофеин. Таъсир механизми. Фармакологик хусусиятлари. Кўллашга кўрсатма. Ksantin unumlariga choy bargi, kofe, kola, какао urug'idan olinadigan kofein alkaloidi kiradi. Kofeinni sof psixostimulyator deb atab bo'lmaydi, chunki bu moddaning analeptik xususiyati ham bor — yurak, nafas va qon tomirlar markazini qo'zg'atadi. Kofein to'g'ridan - to'g'ri miya po'stlog'iga stimullovchi ta’sir ko'rsatadi. Kofeinning aqliy va jismoniy faoliyatni qo'zg'atishi, tetiklik va bardamlikni paydo qilishi, uyquni qochirish mexanizmi yuqorida keltirilgan psixostimulyatorlardan farq qiladi. Kofein fosfodiesteraza fermenti faolligini kamaytirib, hujayralarda siklik AMF hajmini oshiradi. Siklik AMF esa ikkilamchi mediator hisoblanadi, modda tufayli biogen dori moddalarining ta’siri yuzaga chiqadi; siklik AMF to‘qima va a’zolarda glikogenoliz, metabolik jarayonlami oshiradi. Kofeinning kimyoviy tuzilishi adenozinga o'xshash bo'lgani tufayli uning o‘rniga (konkurent antagonizm) miyadagi adenozin retseptorlami bog'lab oladi. Adenozin esa miyada qo‘zg‘alish jarayonlarini kamaytiradigan omil hisoblanadi. Kofein adenozinning o'miga adrenoretseptorlami bog'lagani tufayli qo'zg'atish jarayonlari oshib boradi. Agar kofein davomli qo'llansa, yangi adenozin retseptorlar hosil bo'lib, kofeinning ta’siri kamayib boradi. Shu bilan birga kofein qo'llanishi birdan to'xtatilsa, adenozin butuo adenozin retseptorlarini qamrab oladi, kofein uchun bo‘sh retseptorlar qolmaydi, natijada uyquchanlik, toliqish, depressiya holatlari paydo bo'ladi, qon bosimi pasayib ketadi. Kofein psixostimulyator sifatida toliqqanda, mhiy va jismoniy faoliyatni oshirish, uyquchanlikni kamaytirish uchun, shuningdek, narkotik moddalar bilan zaharlanganda qo'llanadi. Bolalarda kofein enurezda — siydik tutish qobiliyati pasayib ketganda qo'llanadi. Kofeinning suvda eriydigan tuzlari ichakdan yaxshi so'riladi, enteral hamda parenteral yo'llar orqali qo'llaniladi. Ko'pincha kofein og'riq qoldiruvchi kombinirlangan tabletkalar tarkibida bo'ladi. Kofein bosh miyaning ichki bosimini pasaytiradi, shuning uchun markaziy nerv sistemasi shikastlanganda, infeksiya bilan zararlanganda qo'llaniladi. Kofeinni qon bosimi oshganda, ateroskleroz, uyqusizlik, glaukomada qo'llash man etiladi. Kbfeinga, ayniqsa, achchiq choy, kofe ichishga o‘rganib qolish, psixik tobelik paydo bo'lishi mumkin. Kofein quyidagi salbiy ta’sirlar: ko'ngil aynish, qusish, bezovtalik, yurakning tez urishi, uyqusizlik kabi holatlarga sabab bo'lishi mumkin. 83.Нейролептаналгезия, дори воситалари, кулланилиши. Bolalarda talvasaga qarshi fentanil (narkotik analgetik) bilan droperidol (neyroleptik), ya’ni neyroleptoanalgeziya uchun qo'llaniladigan moddalami yuborish mumkin. Aminazin ruhiy kasalliklarda: shizofreniya, psixomotor qo'zg'alishlarda, maniakal-depressiv psixozlarda, qusishni, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydigan pilorospazmni davolashda, neyroleptoanalgeziyada qo' llanadi. Butirofenon unumlariga droperidol ham kiradi, modda juda qisqavaqt ta’sir etadi, kuchli periferik a - adrenolitik xususiyatga ega. Narkotikanalgetik fentanil bilan neyroleptoanalgeziya, toj tomirlar o'tkiryetishmovchiligida og'riq sindromini qoldirish hamda gipertonik krizlarda qo'llanadi. Narkotik analgetiklar (neyroleptoanalgeziya)uchun kuyidagilar xosdir: -kayf chaqirish, tobelik, karamlik (jismoniy va ruxiy), urganish. -kuchli og’riqsizlantirish, ayniksa jaroxatlar va kuchli og’riqlarda(infarkt, saraton va boshkalar). - urganib qolganda berilmasa, abstinensiya sindromini yuzaga chiqishi. Og’riqsizlantirish va zaxarli ta’sirini, ularning uzigagina xos bulgan antogonistlari yukotadi. Narkotik analgetiklarning ta’sir mexanizmi, ularning opiat reseptorlariga ta’sir etishi bilan boglik. Ana shu reseptorlar bilan boglanish turiga karab narkotik analgetiklar kuyidagi Нейролептоанальгезия (опиоид анальгетиклар, кўпинча фентанил qo’llaniladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling