1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Fenotiazin unumlari: aminazin, meterazin, triftazin,ftorfenazin
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Fenotiazin unumlari: aminazin, meterazin, triftazin,ftorfenazin.
Bulardan aminazin birinchi va ta’sir doirasi keng neyroleptik, shu moddalarga xos hamma xususiyatlari bor, yangi olinadigan moddalar asosan aminazin bilan taqqoslanadi. Aminazin markaziy nerv sistemasiga, vegetiv innervatsiyaga, ijrochi a’zolarga hamda moddalar almashinuviga ta’sir ko'rsatadi. Aminazin psixozga qarshi hamda sedativ ta’sirga ega, yuqori miqdori bir qadar uyqu keltiradi, mushaklami bo'shashtiradi. Aminazinning potensirlash xususiyati bor, bu modda og'riq qoldiradi, narkoz holatini paydo qiladigan, uxlatuvchi moddalar ta’sirini va ta’sir muddatini oshiradi. Aminazin qusishga, hiqichoqqa qarshi ta’sir ko'rsatadi. Aminazin periferik efferent hamda afferent innervatsiyaga ta’sir etadi. Aminazinning a - adrenolitik, M-xolinolitik, gangliolitik ta’siri bor: a - adrenolitik ta’siri tufayli to'qimalarning katexolaminlarga sezuvchanligini, ulaming hujayra membranalari dan o'tishini hamda presinaptik tolalardan ajralishini kamaytiradi, qayta so'rilishiga to'sqinlik qiladi. Aminazin atropinga o'xshab so'lak, bronxial, oshqozon-ichak bezlari sekretsiyasini kamaytiradi. Afferent innervatsiyaga ta’siri tufayli aminazin mahalliy anesteziyalovchi xususiyatga ega. Gistaminoretseptorlami (H,) bog'lab, gistaminga qarshi hamda miotrop, spazmolitik ta’sir ko'rsatadi. Aminazin yurak va qon tomir sitemasiga ham ta’sir ko'rsatadi — qon bosimini pasaytiradi, gipotenziv ta’sir mexanizmi ancha murakkab: qon tomirlarini a - adrenoretseptorlami bog'lash, gipotalamus markazlari faoliyatini kamaytirish, miotrop, spazmolitik, tomirlami toraytinivchi kompensator reflekslami susaytirish hamda yurakni zarbli kuchining kamayishi bilan bog'liq. Shu bilan birga aminazin aritmiyaga ham qarshi ta’sir etadi; yangi tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan pilorospazmni yo'qotadi, pilorik sfinkterda joylashgan adrenoretseptorlami bog'lab, ulaming qisqarishini bartaraf etadi. Aminazin ruhiy kasalliklarda: shizofreniya, psixomotor qo'zg'alishlarda, maniakal-depressiv psixozlarda, qusishni, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydigan pilorospazmni davolashda, neyroleptoanalgeziyada qo' llanadi. Aminazin og'iz yoki parenteral yo‘llar orqali yuboriladi, jigarda ko'p miqdorda to'planadi, biotransfonnatsiyaga uchraydi, o'zi hamda metabolitlari asta-sekin buyrak va ichak orqali chiqib ketadi. Uzoq muddat mobaynida qo'llanganda aminazinga o'rganib qolinadi, uning ta’siri kamayib boradi. Aminazinning sedativ, gipotenziv, qusishga qarshi xususiyatlariga nisbatan o'rganish ku/atiladi, psixozga qarshi ta’siriga o'rganish paydo bo'lm aydi. Aminazin qo'llanganda kuzatiladigan salbiy ta’sirlar; qon bosimining pasayishi, ortostatik kollaps holati, agranulotsitoz, jigarda o'zgarishlar (sarg'ayish) paydo bo'lishi hamda asosiy salbiy ta’sir—neyroleptik sindrom, ya’ni ekstrapiramid o'zgarishlar—parkinsonizm holadari ro'y berishi mumkin. Bolalarda ekstrapiramid o'zgarishlar kattalarga-nisbatan ertaroq paydo bo'ladi. Fenotiazin unumli boshqa moddalarning faimakologik xususiyatlari asosan aminazinga o'xshab ketadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling