1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Monoaminooksidaza fermenti ingibitorlari
Download 1,3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Monoaminooksidaza fermenti ingibitorlari — timoerektiklar
(yunoncha “erectio” — qo'zg'alish) deb ataladi. Ularga nialamid va transamin degan moddalar kiradi. Fiziologik jarayonda neyronlardagi noradrenalin MAO fermenti tufayli dezaminlanib, o'z kuchini yo'qotadi. Nialamid transamin MAO fermenti faolligini kamaytiradi (ingibitsiya), shuning uchun mediatorlar noradrenalin hamda serotinning parchalanishiga, ulaming oksidlanish yo'li bilan dezaminlanishiga to'sqinlik qiladi, miya to'qimalarida mediatorlaming hajmi oshib boradi, depressiya holatini yo'qotadi. Moddalarning depressiyagaqarshi ta’siri 7-14 kun ichida boshlanadi. Shu bilan birga bu moddalar ruhiyatni qo'zg'atadi, eyforiya, uyqusizlikni keltirib chiqaradi. MAO ingibitorlari bilvosita ta’sir etuvchi adrenomimetiklar (fenamin, efedrin, tiraminning qon bosimini ko'taruvchi ta’sirini oshiradi, chunki MAO fermenti faolUgining ingibitsiyasi tufayli to'plangan noradrenalin ko'p miqdorda qonga ajraladi, gipertonik kriz ro'y berishi mumkin. Ushbu moddalar qo'llanganda parhezga ham ahamiyat berish kerak; pishloq yeyish mumkin emas, chunki bu mahsulotda tiramin (bilvosita ta’sir yetuvchi adrenomimetik modda) bor. Oddiy holatda tiramin ichakdagi monoaminooksidaza tufayli parchalanadi, fermentning ingibitorlari {nialamid) qo'llanganda ichakda MAO hajmi kamayib ketadi, shu tufayli tiramin qonga so'rilib, to'qimalardan noradrenalin, adrenalinning ajralishini oshirib yuboradi. MAO ingibitorlari boshqa fermentlami, ayniqsa, jigaming mikrosomal fermentlarini ham ingibitsiya qilishi mumkin, shu tufayli narkotik turdagi dori moddalarini—noingalyatsion narkotiklar, neyroleptiklar, narkotik analgetiklar ta’sirini oshirishi mumkin. Nialamid, transamin me’da-ichak orqali yaxshi so'riladi, asosan buyrak orqali chiqib ketadi. MAO ingibitorlarining zaharliligi monoaminlar ta’sirini oshiradigan moddalarga nisbatan kuchliroq bo'ladi. Jigami zaharlab, og'ir gepatitfemi keltirib chiqarishi, uyqusizlik, qaltirash, talvasa, qon bosimini tushirib, ortostatik kollaps keltirib chiqarishi mumkin. MAO ingibitorlaridan asosan zaharliligi kam nialamid qo'llaniladi. Nialamid bilan davolanayotganpaytdarezerpinni qo'llash man etiladi, chunki bu holatlarda rezerpin tinchlantirish o'miga stimullovchi ta’sir ko'rsatishi mumkin. Nialamid bilan birga va u bilan davolanib boigandan keyin boshqa antidepressantlami qo'llash man etiladi, orada 2-3 hafta tanaffus bo'lishi kerak, uyquni buzmaslik uchun nialamidni kechqurun qo'llash man etiladi. MAO ingibitorlarining jigar kasalliklarida, miyada qon aylanishi buzilganida, ruhiy qo'zg'alish oshib borganda qo'llash man etiladi. Nialamid pediatriyada juda kam qo'llaniladi, umuman hamma antidepressantlami yetti yoshgacha bolalarga hamda homiladorlikda qo'llash man etiladi. Yuqorida keltirilgan moddalardan tashqari, hozirgi kunda depressiyani davolash uchun ikkinchi avlod antidepressantlar Download 1,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling