1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Moddalar ta’sir mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo'linadi
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Moddalar ta’sir mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo'linadi:
1. Monoaminlar ta’sirini oshiruvchi (potensirlovchi) moddalar. 2. Monoaminoksidaza fermentining ingibitorlari. Monoaminlar ta 'sirini oshiruvchi moddalar — imizin bilan amitriptilin — uch siklli antidepressantlar, timoleptiklar deb ataladi (yimoncha «timos» — ruh, ko'ngil, «leptos»—mayin, nozik, nafis). Timoleptiklar markaziy nerv sistemasida mediatorlar noradrenalin, serotoninning qayta so'rilishiga to'sqinlik qiladi, retseptorlarda ulaming hajmi, adrenergik, serotoninergik ta’sirlari oshib boradi. Mediatorlaming hosil bo'lishiga, ajralishiga hamda parchalanishiga uch siklli antidepressantlar ta’sir ko'rsatmaydi, moddalar qayg'u, g'am-g'ussa, depressiya holatlarini yo'qotish bilan birga tinchlantiruvchi — sedativ xususiyatga ega. Moddalar markaziy M - xolinolitik, a - adrenolitik, gistaminga qarshi, miotrop ta’sir ko'rsatadi. Markaziy nerv sistemasiga ta’siri bo'yicha imizin hamda amitriptilin aminazinga o'xshab ketadi. Moddalar me’da-ichakdan yaxshi so'riladi, ichishga buyuriladi yoki parenteral yo'l orqali yuboriladi. Depressiyalarda imizinning ta’siri 2-3 haftadan keyin boshlanadi. Imizinning nojo'ya ta’sirlari M - xolinolitik, atropinga o'xshash ta’siri bilan bog'liq— og'iz quriydi, ko'zni akkomodatsiyasi o'zgaradi, yurak urishi tezlashadi, qabziyat paydo bo'ladi, siydik tutiladi, qon bosimi pasayib, ortostatik kollaps yuz berishi mumkin. Imizin vasvasa va gallyutsinatsiyalami qo'zg'atishi va uyqusizlikni paydo qilishi mumkin. Uyqusizlikning oldini olish uchun imizin kunning birinchi yarmida qo'llanilishi lozim, Imizinning miqdori oshsa, tinchlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi yoki aksincha, qo'zg'alish jarayonlarini hayajonlanish, uyqusizlik, gallyutsinatsiyalami oshirib yuboradi, shu bilan birga bosh og'rig'i, qaltirash, allergik jarayonlar, sarg'ayish hollari ro'y beradi. Am itriptilin yuqori darajada depressiyaga qarshi hamda psixosedativ ta’sirga ega, M-xolinolitik, gistaminga qarshi ta’siri imizindan kuchliroq. Amitriptilin asosan endogen depressiyalarda, hayajon, qayg'u-hasrat holatlarida qo'llanadi. Bu modda vasvasa, gallyutsinatsiyalami imizinga o'xshab zo'raytiimaydi. Amitriptilinnmg ta’siri 10-14 kundan keyin boshlanadi. Tinchlantirish xususiyati bo'lgani uchun imizinga nisbatan nojo'ya ta’sirlari kamroq bo'ladi, uyquni buzmaydi, shuning uchun uni kun mobaynida, kechqurun yotishdan oldin ham qo'llash mumkin. Amitriptilinnmg salbiy ta’sirlari M - xolinolitik ta’sir bilan bog'liq, bunda og'iz qurishi, qorachiqning kengayishi, akkomodatsiyaning o'zgarishi, siydik to'xtashi kuzatiladi. Shu bilan birga uyquchanlik, bosh aylanishi, oyoq-qo'llaming uvishishi, qaltirashi, allergik jarayonlar yuz berishi mumkin. Amitriptilinni firma LEK amizol nomi bilan chiqaradi. Ushbu mexanizmli antidepressantlarga dezipramin, klomipramin moddalari ham kiradi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling