1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча


Download 1.3 Mb.
bet7/21
Sana26.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1125047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
FARMAKALOGIYA 425TALIK

7 Tanlab ta’sir qilish deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi. Masalan kuraresimon vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar.
8. Qaytar ta’sir– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir qiladi
20. ORGANIZMGA DORI MODDALARINING NOJUYA TASIRI
Nojo‘ya yoki noxush ta’sir – Dori vositasining asosiy ta’siridan tashqari yuzaga chiqadigan barcha boshqa keraksiz ta’sirlari nojo‘ya yoki noxush ta’sir deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST, VOZ) ekspertlari tomonidan e’tirof etilishicha, kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish yoki davolash maqsadida qo‘llanilgan dori preparatlari ta’sirida kelib chiqadigan barcha keraksiz samaralari nojo‘ya ta’sir deb yuritiladi
21.DORI MODDALARINING KONSEROGEN,MUTAGEN,TEROTOGEN TASIRI
Mutagen8 ta’sir – bu dori moddasi ta’sirida embrionning hujayralarini hamda genetik apparatini kuchli darajada izdan chiqarib tashlashi natijasida uning o‘zidan keyingi nasli genotipining ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishidir. Bunday ta’sir yangi dori vositalarini yaratish jarayonida eksperimental hayvonlarda o‘rganiladi va agarda yangi yaratilayotgan preparatning mutagen ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, u holda bunday preparatni klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
. Kanserogen9 ta’sir – dori moddasi ta’sirida xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi. Bunday ta’sir ham yangi yaratilayotgan dori vositalarini eksperimental hayvonlarda o‘rganish bosqichida aniqlanadi va agarda preparatning kanserogen ta’siri borligi aniqlansa, bunday preparat klinik sinovdan o‘tkazilmaydi. 8Lotinchadan mutatio – o‘zgarish, genos – kelib chiqish
9Lotinchadan cancer – qisqichbaqа (rak), xavfli o‘sma
Teratogen12 ta’sir – dori moddasini homiladorlik paytida qabul qilinishi oqibatida uning homilaga nisbatan salbiy ta’siri tufayli bolaning turli anomaliyalar bilan mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishidir.

22.Dori vositalarining kombirlangan ta’siri.Dori vositalarining özaro ta’siri va ularning turlari.


DOM MODDALARINING O ZARO TA’SIRI


Tibbiyotda ko'pincha bir necha dori moddalari birga qo'llaniladi (polipragmaziya, polifarmatsiya). Bunda ular bir-biriga ta’sir etadi, shu tufayli moddalarning ta’sir kuchi, ta’sir muddati, noxush asoratlari, zaharliligi kamayishi yoki ko'payishi mumkin. Moddalarning o'zaro ta’siri faqat ular ta’sirini kuchaytirish yoki kamaytirishga olib kelmasdan, hatto butunlay yangi xususiyatni paydo qilishi ham mumkin. Moddalarning o'zaro munosabatida ulaming ta’siri kuchayib, noxush asoratlari, zaharliligi kamaysa, ulaming birga qo'llanishi foyda beradi. Arap dori moddalarining o'zaro ta’sirida ulaming noxush asoratlari, zaharliligi oshib ketsa, bu ulami birga qo'llash zarar keltirishidan dalolat beradi.Ayrim dori moddalar birga qo'llanilganda ulaming ta’siri kamayishi ham mumkin, buni moddalar bilan zaharlanganda qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Dori moddalarining o'zaro ta’siri ikki turga — farmatsevtik va farmakologik o'zaro ta’sirga bo'linadi.
I. Farmatsevtik o'zaro ta’sir — organizmdan tashqarida dori moddalarini tayyorlash davrida o'tadi. Moddalarning kimyoviy, fizikkimyoviy munosabatlari asosida farmatsevtik o'zaro ta’sir kelibchiqadi. Kimyoviy o‘zaro munosabatda moddalar o‘rtasida kimyoviy jarayon ro'y berib, bunda oksidlanish, gidrolizlanish kelib chiqishi, ulardan yangi moddalar hosil bo'lishi mumkin. Kpincha suyuq moddalar, eritmalar kimyoviy jarayonga kirishadi: bunda moddalarning rangi, hidi zgarishi, cho‘kmalar, gazlar hosil bo'lishi, lekin bu o'zgarishlar ko'zga ko'rinmasligi ham mumkin. Fizikaviy o'zaro ta’sirda dori moddalari bir-biriga mos kelmasligi, erimasligi, cho'kmalar, molekular komplekslar hosil bo'lishi mumkin.Farmatsevtik mos kelmaslik bitta shpritsda ikki-uchta modda eritmasi aralashtirilganda yoki infuzion eritmalar tayyorlanganda ko'rinadi. Masalan, bitta shpritsda vitamin B,, B6 va B,, larni aralashtirib bo'lmaydi, chunki vitamin B|2 tarkibidagi kobalt vitamin B,, va B(ni o'zgartiradi, vitamin Rning allergik xususiyatlarini oshirib yuboradj. Hozirgi kunda 100 dan ortiq suyuq moddalar fizik-kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelmasligi aniq, shu tufayli ulami bitta shpritsda aralashtirib qo'llab bo'lmaydi.
2. Farmakologik o'zaro ta’sir tufayli bitta dori modda ikkinchi moddaning farmakokinetikasini hamda fannakodinamikasini o'zgartirishi mumkin. Farmakokinedk o'zaro ta’sirda bitta modda ikkinchi moddaning so'rilishini, biotransformatsiyasini, taqsimlanishini, transporting to'planishini va ekskretsiyasini o'zgartirishi mumkin. Dori moddalarining so'rilish davrida bitta modda ikkinchi moddaning so'rilishini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Masalan, agar qllanilayotgan modda yog‘dan iborat bo'lib, yog'da eruvchan modda bilan qo'llanilsa, ikkinchi moddaning so'rilishi tezlashadi. Tetratsiklinlar ichakda Ca, Mg, Al, Fe ionlari bilan erimaydigan kompleks hosil qiladi, shu tufayli tetratsiklinlar bilan tarkibida aytib o'tilgan elementlar bo'ladigan dorilar yoki oziq-ovqatlar iste’mol qilinsa, tetratsiklinning ta’siri kamayadi
23.Mahalliy anesteziya turlari.Mahalliy anesteziyalovchi vositalarga qöyilgan talablar.
Anesteziya turlari: 1. Yuza terminal anesteziya. Mahalliy anestetiklar shilliq pardalar, yaralar, jarohatlar yuzasida joylashgan sezuvchan nerv tolalarining oxirida anestetik ta’sir ko'rsatadi. Bu xil anesteziya oftalmalogiya* stomatologiya, otorinolaringologiya, urologiya, xirurgiyada yaralarni, kuygan joylarni davolashda qo'llaniladi. Terminal anesteziya uchun kokain, dikain„ lidokainqo'llaniladi, bu moddalar shilliq qavatdan sezuvchan nervlar oxiriga osongina o'tadi. Terminal anesteziya uchun suvda erimaydigan anestetik — anestezin ham qo'llanadi, bu modda jarohatlangan, yaralangan yuza joylarga qo'yiladi. Oshqozon yarasida kukun shaklida ichishga hamda to'g'ri ichak kasalliklarida — bavosilda shamchalar shaklida to'g'ri ichakka qo'yiladi. Pediatriyadayuza anesteziya ko'zning rangdor pardasini, burun yo-'llarini (intranazal) intubatsiya qilishda, oshqozonni, uretrani zond bilan tekshirishda, kuygan yuzalami davolashda qo'llaniladi.
2. Injiltratsion anesteziya. Bunda anestetik eritma teridan boshlab ketma-ket chuqurroq joylashgan to'qimalarga, jarrohlik uchun kesiladigan joyga yuboriladi. Mahalliy anestetiklar sezuvchan nerv tolalariga va ulaming oxiriga ta’sir ko'rsatadi. Bu xil anesteziyani paydo qilish uchun novokain, trimekain, ksikain (lidokain) qo'llanadi.
3. Regionar anesteziyani paydo qilish uchun anestetik modda nerv ustuniga yuboriladi, bunda ushbu nerv innervatsiya qiladigan joyda sezuvchanlik yo'qoladi. Regionar anesteziya uchun novokain,trimekain, ksikain stomatologiyada hamda nevralgiyalami davolashda ko'proq qo'llaniladi.
4. Orqa miya anesteziyasi. Bunda anestetik orqa miyaning subaraxnoidal bo'shlig'iga, epidural — orqa miya pardasidan yuqoridagi bo'shlig'iga, orqa miyaning oldingi va orqadagi sezuvchan ildizlariga ta’sir qilish uchun yuboriladi. Bu xil anesteziyaga paravertebral, sakral anesteziyalar ham kiradi. Ushbu anesteziya tufayli sezuvchanlik tananing pastki qismlarida—chanoq a’zolarida, oyoqlarda yo'qoladi, shu joylarda o'tkaziladigan jarrohlik uchun qo'llaniladi, anesteziya uchun sovkain, bolalarda trimekain hamda ksikainqo'llaniladi.
5. Suyaklar ichi anesteziyasi. Anestetiklar eritmasi suyaklaming g'ovak moddasiga yuboriladi, yuborilgan joyning yuqorisiga elastik tasma bog'lab qo'yiladi, anesteziya ortopediya, travmatologiyada asosan novokain hamda trimekain bilan yuzaga keltiradi
24.Mahalliy anestetiklar har xil anesteziyada qo'llanilishi
Mahalliy anestetiklar har xil anesteziya (yunoncha «an» — inkor,

«anesthesis» — sezuvchanlik) uchun, birinchi galda joylarda og'riqni


bartaraf qilish uchun qo'llanadi. Bular bolalarda kamroq, faqat tez


o'tadigan, deyarli og'riq bermaydigan jarrohliklami o'tkazishda


foydalaniladi. Bolalarda mahalliy anestetiklar ko'pincha umumiy


narkoz moddalari bilan birga qo'llaniladi.


25.Mahalliy anesteziyalovchi vositalarning ta’sir mexanizmi,tasnifi
Narkoz uchun vositala - markaziy asab tizimining funktsional faolligini susaytiradigan, vaqtincha og'riq va boshqa turdagi sezgirlikni yo'qotadigan, bir vaqtning o'zida ongni yo'qotish va skelet mushaklarining tonysini pasaytiradigan k dorilar. Narkoz uchun vositalar markaziy asab tizimining vaqtincha funksional falajiga olib keladi. Anesteziyani keltirib chiqaradigan dorivor moddalar umumiy behushlik va inson tanasi a'zolari va tizimlariga jarrohlik aralashuvlar uchun ishlatiladi. Anesteziya uchun dorilar markaziy asab tizimining turli qismlarida bir xil darajada ishlamaydi: birinchi navbatda, miya po’stloq qismi va po’stloq osti qisim funksiyasi susayadi, so'ngra umurtqa pog'onasi, medulla oblongatasining funktsiyalari, bu erda hayotiy muhim markazlar (nafas olish, vazomotor) joylashgan bo'lib, oxirgi marta katta (toksik) dozalar ta'siri ostida bostiriladi. Anesteziya uchun anestetik dorilar presinaptik sekretsiyalarni aylanadigan atsetilxolinni (AH) tezlikni pasaytiradi , noradrenalin (NA), serotonin (ST), dofamin (DA), gamma-aminobutirik kislota (GABA) va opioid peptidlarni kamaytiradi. (OP). Shu bilan birga , teskari taassurotning siyosiy mexanizmlarining presinapining o'zgarishi va mediatorlarning metabolik tezligi AX, NA, CT, GABA darajasining oshishiga va asab to'qimasida DA va OP konsentratsiyasining pasayishiga olib keladi. Biroq, bu ko'rsatkichlar " behushlik paytida" past darajadagi uzatishning ishlash yo'nalishi haqida o'ylashga imkon bermaydi .ammo ular m va n-xolinergik retseptorlarni, a va ß -adrenoreseptorlarni, DA, N-metilaspartat va glyutamat retseptorlarini to'sib qo'yadilar. Shu bilan birga, opiy va 2- adrenerjik, GABA- va benzodiazepin retseptorlari siqib chiqariladi . GABA-ni kuchaytiradi va nerv impulslarini opiat orqali yuboradi. Bunday holda, xolinergik retseptorlari bostiriladi, dopamin va serotonergik mediator jarayonlari faollashadi . Dori vositalari aminokislotalarning qo'zg'atuvchi vositachisini (glutamat, aspartat) blokirovka qiladi va yonuvchan (glisin, taurin) retseptorlarini faollashtiradi . Markaziy asab tizimining sinaptik shakllanishlari behushlik uchun dori-darmonlarga teng darajada sezgir emas. Bu juda ko'p sabablarga bog'liq bo'lishi mumkin , xususan, asab to'qimalari hujayralarining polimorfizmi, membrananing fosfolipidlarining xilma-xilligi , dorilar ta'siri ostida ularning o'zgarishi darajasi, miya va orqa miya turli darajalaridagi kimyoviy sinapslarning turli xil sezgirligi va boshqalar

26 Navakain va anestezinning farmakalogiyasi Anestezin suvda erimaydi, mahalliy sepmalar, pasta, malhamlar


sifatida, ichish uchun kukun, tabletkalar holida, to'g'ri ichakka


shamchalar shaklida yuborilganda yuza anesteziya paydo qiladi.


Novokain — amaliyotda eng ko'p qo'llaniladigan mahalliy


anestetik. Anestetik ta’sir bo'yicha novokain kokainga nisbatan ikki


barobar kuchsizroq, to'rt barobar zaharsizroq.


Novokain asosan infiltratsion anesteziya uchun qo'llaniladi,


yuborilgandan keyin 30 daqiqadan 1 soat davomida anesteziya ro'y


beradi. Organizmda novokain qondagi va to'qimalardagi esterazalar


ta’sirida parchalanadi. Novokain qon tomirlami kokainga o'xshab


toraytirmaydi. Yuborilgan joyida so'rilishni kamaytirish, mahalliy


anesteziya muddatini oshirish uchun adrenomimetiklar — adrenalin,


mezaton bilan qo'shib yuboriladi. Adrenomimetiklar qon tomirlarini


toraytirib, novokainning so'rilishini sekinlashtiradi, ta’sirini


uzaytiradi, zaharliligini kamaytiradi.


Novokain regionar anesteziya uchun ham qo'llaniladi. Tez


parchalanganligi tufayli yuza anesteziya uchun qo'llanilmaydi. Qonga


so'rilgandan keyin novokain rezobtiv ta’sir ko'rsatadi. Novokain


venaga sekin yuborilsa, uning rezorbtiv ta’siri yaqqol ko'rinadi,


markaziy nerv sistemasiga tormozlovchi ta’sir ko'rsatadi: bemor o'z


vaznini, tanasini sezmay qoladi. Novokain yuborilgan sari analgeziya


tarqaladi, novokainli uyqu, novokainli narkoz yuzaga keladi, ayniqsa,


orqa miyaning polisinaptik yo'llariga, faol ko'tariluvchi sistemaga


va miya po'stlog'iga tormozlovchi ta’sir ko'rsatadi


27.Ksikain va artikainning farmakalogiyasi
Ksikain (lidokain), trimekain — ksilidin qatoridagi anestetiklar,

anestetik ta’siri va uning davomliligi bo'yicha novokainga nisbatan


ancha ustun turadi. Kimyoviy jihatdan chidamh, uzoq muddat ichida


saqlash va sterrfeartsiya qilish mumkin. Trimekain inflltratsion,


regionar, peridural anesteziya uchun qo'llaniladi.


1-yuqori konsentratsiyada (8— 10%) novokainning yuza

anesteziya paydo qilishi, lekin bu konsentratsiyalar epiteliyni


jarohatlashi mumkin. 2-dikain rezorbtiv ta’sir olish uchun


qo'llanilmaydi.


Lidokain universal anestetik hisoblanadi, bu modda har xil


anesteziya uchun qo'llaniladi. Anestetik faolligi novokainga nisbatan


2,5 barobar kuchliroq va 2 barobar davomliroq, zaharliligi


novokaindan bir oz ortiqroq. To'qimalami deyarli ta’sirlamaydi, uni


adrenalin bilan birga qo'llash tavsiya etiladi. Lidokain qonga yaxshi


so'riladi — kuchli aritmiyaga qarshi kurashish xususiyatiga ega.


Lidokain miqdori oshirilsa, uyquchanlik paydo bo'ladi, ko'rish


xususiyati kamayadi, ko'ngil aynaydi, oyoq-qo'l titraydi, talvasalar


ro'y beradi. Og'ir holatlarda yurak va qon tomirlari faoliyati o'zgaradi,


nafas olish qiyinlashadi


28.Organik va noorganik burushtiruvchi vositalar:ta’sir mexanizmi,qo’llanilishi

BURISHTIRUVCHI MODDALAR


Tannin, emanpo‘stIog‘ining qaynatmasi, moychechakdamlamasi, qo‘rg‘oshin atsetat, vismut nitrat, alumen(achchiqtosh), rux oksid, rux sulfat, kumush nitratModdalar qo'yilgan joyida hujayra sitoplazmasi oqsillarini burishtirib, albuminatlar — jarohatlovchi omillardan saqlaydigan parda hosil qiladi. Shilliq parda yuzasi burishib tortiladi, mayda qon tomirlari torayadi, tomirlar o'tkazuvchanligi, yallig'lanish jarayoni, og'riq kamayadi. Moddalami mahalliy yallig'lanishga qarshilar deb atasa ham bo'ladi. Burishdruvchi moddalar ikki guruhga boiinadi:
1. Organik moddalar — tannin, eman po'stlog'i qaynatmasi, moychechak gullari.
2. Noorganik moddalar — yuqorida keltirilgan rux, alyuminiy, qo'rg'oshin, kumush tuzlari eritmalari.Burishtiruvchi moddalar asosan mahalliy ta’sirlash uchun teri va shilliq pardalaming yallig'lanishida — chayish, surtish, primochka qilish hamda sepmalar sifatida qo'llaniladi. Tannin eritmalarini kuygan joyni davolash uchun hamda alkaloidlar bilan zaharlanganda qo'llash mumkin. Tannin alkaloidlar bilan erimaydigan birikmalar hosil qilib, ularni zararsizlantiradi, lekin ba’zi alkaloidlarning tannin bilan birikmalari tez parchalanishi mumkin, shuniug uchun tannin yuborilgandan keyin oshqozon-ichakni chayib, birikmalarni tashqariga chiqarish kerak. Tannin og'ir metallar hamda glikozidlami cho'ktiradi, shu moddalar bilan zaharlanganda tanninning o‘zi yoki achchiq choy bilan (unda tannin ko‘p miqdorda bo'ladi) oshqozonni chayish o'rinlidir. Pediatriyada o'simliklardan tayyorlanadigan burishtiruvchi moddalar ko'proq qo'llanadi.Noorganik moddalar burishtirishidan tashqari, to'qimalarni ta’sirlab, kuydirishi mumkin. Bu ta’sir metallaming kationlariga va eritmalar kontsentratsiyasiga bog'liq. Agar metall kationlar bo'sh, yumshoq, oson dissotsiatsiyaga uchraydigan albuminatlar hosil qilsa, koagulatsiya jarayoni to'qimalarga chuqurroq o'tadi. Bu jarayonga nerv oxirlari, kichik tomirlar, bezlar ham jalb qilinadi, retseptorlardan markaziy nerv sistemasini ta’sirlovchi impulslar o'ta boshlaydi. Kuydiruvchi ta’sirida jarayon tobora chuqurlashadi, yangi hujayralar qamrab olinaveradi, hatto hujayralar va to'qimalar nekrozga uchraydi.Burishtiruvchi, ta’sirlovchi, kuydiruvchi ta’sirlar asosida metallar quyidagi qatorga qo'yiladi:
Pb, AL, Fe, Cu, Zn, Ag, Hg
Chapda joylashganlami tuzlari burishtiruvchi hamda ta’sirlovchi, o'ngda joylashganlari konsentratsiyasiga qarab burishtiruvchi, ta’sirlovchi va kuydiruvchi ta’sir ko'rsatadi

29– savol Òrab oluvchi va Adsorbsiyalovchi moddalar. Tasir mexanizmi va amaliytda qollanilihi


Faolashtirilgan kòmir -karbolen , oq gilvata , talk ,adsorbsiyalovchi moddalar hisoblanadi. Bular maydalangan , indeferrent , suvda erimaydigan kukun bòlib , katta qamrabb oluvchi yuzaga ega , hilliqlarga teriga qòyilganda zaharli kimyoviy moddalarni , gazlarni qamrab oluvchi , ularning qonga sorilishiga tòsqinlik qiladi va sezuvchan karbolen tabetkalarni asosiy adsorbsiyalovchi moddalar hisoblanadi ., chunki bu modda deyarli hamma zaharli moddalarni gazlarni òz yuzasiga qamrab oladi , organizmni òtkir zharlaniwdan saqlab qoladi. Karbolen kimyoviy moddalar bilan òtkir zaharlanganda meteorizmda ichakda kop miqdorda gaz voddorod sulfid yigilganda, bollar dispepsiyasida qollaniladi. Karbolen yuborilgandan keyin oshqozonni chaywni unutmaslik kerak , chunki zahhar vaqt òtgan sari adsorbsiyaovchi modda yuzasidan ajralib , dezorbsiya qonga sòriliw mumkin. Talk hamda òrab livchi shilliqlarning adsorbsiyalovchi xuususiyati ham bor

30-savol tasirlovchi moddalr ularning mahalliy , reflektor , chaalgituvchi tasiri


Xantal qogozlari ( girchichniklar ) mentol, novwadil spirti, kamfora spirti , garmdorili plastir teri va shilliq pardalardagi sezuvchan nervlarni tasirlab , mahalliy hamda reflektor tasir kòrsatadi . Malumki teri va shilliq pardalardagi retseptorlar kop , ularga ogriq, harorat ,kimyoviy omillar tanlab tasir korsitadi . Retseptprlar õkazuvvchi tizimlar orqali nerv markazlari bilan boglangan . Ushbu retseptorlar tasirlansa impulslar oqimi markaziy nerv sistemasiga kòtariladi , unga javoban rwflektor jarayonlar quyida joylawgan azolarga ,tuqimalarga , qon tomirlarga yetib keladi.reflektor tasir bolishi uchun modda jarohatlangan azo bilan orqa miyaning bir xil segmentlaridan terining sezuvchi inervatiya oladigan joyiga qoyiladi.masalan biron azoda yalliglaniw jarayoni bolsa, shu yerdan ogriq impulslari orqa miya segmentiga , u yerdan markziy nerv sistasiga yetib boradi , nerv markazlariga qozgalish òchoqlari paydo boladi . Agar terining keraakli joyiga xantal qoyilsa , shu yerda yangi impulslar nerv sistemasining boshqa marrkazlariga reflektor yullar oorqali otib, qowimcha qozgaluvchan ochoq hosil qiadi, shu tufayli ogriq berib turgan ochoqlar esa sona bowlaydi , ogriqllar kamayib boradi . Reflektor jarayonda somatik va vegetativ nervlar qatnawadi . Vegetativ nervlar qozgaliwi tufayli jarohatlangan azolarning qon bilan taminlanishi ozgaradi , yalliglanih jarayoni kaamayadi. Tasirlovchi moddalar mahalliy tasirga ega bazilari terida gistamin, bradikininlarni ajratib , qon toomirarni kengaytiiradi teri qizaradi , tuqimalarning oziqlanishi yaxshilanadi . Bazi moddalar mentol quyilgan joy sovub shu yerdagi qon tomirlarni qisqartiradi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling