Xirurgiyada aseptika-antiseptika


Download 20.06 Kb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi20.06 Kb.
#1112569
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA


XIRURGIYADA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA
Yo‘ldosh ko‘chib tushgandan keyin bachadonning ichki yuzasi
keng jarohatga o‘xshab qoladi, hatto normal tug‘ruqda ham ko‘-
pincha bachadon bo‘yni, qin, oraliq chaqalanadi va yirtiladi.
Bachadonning jarohati yuzasiga, tug‘ruq yo‘llaridagi yumshoq
to‘qimalarning chaqalangan, yorilgan va yirtilgan joylariga mikroorganizmlar
kirsa, chilladagi septik kasalliklar ro‘y berishi mumkin.
Ayol organizmining chidamini kamaytiradigan shart-sharoitlar:
nerv tizimining o‘ta zo‘riqishi, qon yo‘qotish, giðovitaminozlar,
avval boshdan kechirilgan kasalliklar va hokazolar chilladagi septik
kasalliklarning avj olishiga yo‘l ochadi.
Akusherlikda antiseptika bilan aseptika joriy qilinguncha chilladagi
septik kasalliklar («tug‘ruq isitmasi») juda tez ro‘y berib turgan,
tug‘ruq komplekslarda chilladagi septik kasalliklar og‘ir – epidemiya
tusini olardi. «Tug‘ruq isitmasi»dan o‘lish 25% ga yetar va
undan ham oshar edi. «Tug‘ruq isitmasi» epidemiyasi ro‘y bergani
munosabati bilan tug‘ruq komplekslari bir qadar uzoq vaqtga yopib
qo‘yilar edi.
Avstriya poytaxti Vena shahri akusherlik klinikasida ishlagan
vengriyalik olim I.F.Zemmelveys o‘tgan asrning o‘rtalarida qayd
qilganidek, talabalar patologik anatomiya kafedralarida o‘liklarni
yorib anatomiyani o‘rganib, keyin akusherlik klinikasida amaliyotni
o‘tayotgan bir vaqtda, o‘sha klinikada tuqqan ayollarning kasallanishi
va o‘limi ancha ko‘p bo‘ladi.
I.F.Zemmelveys ifloslangan asboblar va tug‘ruqni boshqarayotgan
tibbiy xodimlarning qo‘lidan «chiriyotgan hayvon organik
moddalari»ning tug‘ruq yo‘llariga kirib qolishi oqibatida chilla davri
kasalliklari ro‘y beradi, degan xulosaga keldi. Tug‘ruqni boshqaruvchi
vrachlar va akusherlarning qo‘lini xlorli suv bilan dezinfeksiya
qilish usulini joriy etdi (1847). Bu I.F.Zemmelveysning eng
buyuk kashfiyoti edi. Chilladagi kasalliklarning oldini oladigan bu
30
oddiy usul tuqqan ayollarning o‘lishini keskin darajada kamaytirdi
(1,5%). I.F.Zemmelveys xlorli suvni ishlatib, akusherlikda antiseptika
asoslarini yaratdi.
I.F.Zemmelveys kashfiyotidan 20 yil keyin jarroh Lister aseptika
asoslarini, ya’ni jarohatga o‘raladigan bog‘lov materiali, asboblar,
choyshab, salfetka va shu kabilarni yuqimsizlantirish asoslarini
yaratdi.
Chilladagi septik kasalliklarga patogen mikroblarning ko‘p turlari
sabab bo‘ladi. Ammo stafilokokklar bilan streptokokklar septik
infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan sababchilari hisoblanadi.
Ichak tayoqchasi, gazli gangrena mikroblari, pnevmokokk va
boshqa turli mikroblar chilladagi kasalliklarni qo‘zg‘aydi. Chilladagi
kasalliklarning mikroblari tashqi muhitda tarqalgan, ular
odam organizmida o‘sib, yashayveradi-yu, odatdagi sharoitda kasallantirmaydi.
Kasallik tug‘diruvchi mikroblarga keng yo‘l ochib beradigan
jarohat yuzalari mavjud bo‘lganda, septik kasalliklar ro‘y beradi.
Bachadonning ichki yuzasi, bachadon bo‘yni, qin va oraliqning
bola tug‘ilayotganda yirtilgan, yorilgan va choklangan joylari chilladagi
infeksiya (kasallik mikroblari) kiradigan yo‘llar hisoblanadi.
Chilladagi infeksiya manbalari ko‘p va turli-tuman. Infeksiya
o‘choqlari ayolning o‘z organizmida bo‘lishi mumkin (endogen
infeksiya). Terining yiringli kasalliklari, tish chirishi, alveolyar
pioreya (paradontoz), angina, siydik-tanosil a’zolarining yallig‘-
lanish kasalliklari infeksiya o‘choqlariga kiradi. Homilador ayol,
ayniqsa, saramas, angina, yiringli jarayonlar bo‘lgan bemorlarga
yaqin yurgan taqdirda terisi zararlanmagan holda, unda patogen
mikroorganizmlar yashab, o‘sib turishi mumkin. Infeksiya shu
o‘choqlardan qon va limfa tomirlari orqali, shuningdek, yuza
bo‘ylab tarqalib, tug‘ruq yo‘llariga kiradi (teridan qinga, qindan
bachadonga o‘tadi).

Download 20.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling