Xirurgiyada aseptika-antiseptika
Tug‘ruq kompleksining sanitariya tartibi
Download 20.06 Kb.
|
AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA
Tug‘ruq kompleksining sanitariya tartibi. Tug‘ruq kompleksi
binosi namunali darajada toza tutilishi lozim. Bino yiliga kamida bir marta ta’mirlanadi. Barcha palatalar, yo‘laklar, sanitariya uzellari va boshqa yordamchi binolar kuniga kamida ikki marta ho‘llab tozalanadi va shamollatiladi. Tug‘ruq bo‘limi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yotadigan palatalar havosi muntazam ravishda bakteriologik tekshiruvdan o‘tkazib turiladi. Tug‘ruq bo‘lmasi, tug‘ruqdan oldingi palata, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yotadigan palatalar har 7–10 kunda sinchiklab sanitariya qayta ishlovidan o‘tkaziladi. Palatalar navbat bilan bo‘shatiladi, bir kecha-kunduz shamollatiladi, so‘ngra moyli bo‘yoq surtilgan devorlari, pollari, derazalari, tumbochka va krovatlar sovunlab yuviladi, tarkibida xlor bo‘lgan eritma bilan artiladi. Krovatlarga toza matras, choyshab va adyollar yoziladi; devorlar va jami mebelga kvars-simob lampasidan nur tushiriladi, bu esa tug‘uvchi ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ishlatilgan narsalarni yuqumsizlantirishga yordam beradi. Tug‘ruq krovatiga oq kleyonka va toza choyshab yozib qo‘yiladi. Har bir ayol tug‘gandan keyin kleyonka yuviladi, dezinfeksiyalovchi eritma bilan artiladi. Tug‘ruq vaqtida krovatga steril choyshab yoziladi. Tuqqan ayollar yotadigan palatalarda quyidagicha sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Tuqqan ayol uyiga jo‘natilgach, krovat yuviladi, matras, yostiq va adyol 12—24 soat shamollatiladi, mumkin qadar oftobga yoyiladi. Chilla davri (tug‘ruqdan keyingi davr) isitma bilan o‘tgan bo‘lsa, matras, yostiq va adyol dezinfeksiya qilinadi. Matras ustidan yozilgan kleyonka iliq suvda sovunlab yuviladi, so‘ngra lizoform yoki xloramin eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi. Foydalanilgan choyshab, ko‘ylak, kir sochiq va salfetkalar maxsus yashiklarga yig‘iladi (bu yashiklar maxsus «kir kiyim» xonasida turadi) va mumkin qadar tezroq kirxonaga topshiriladi. Tug‘ruq kompleksining kiyim-kechagi boshqa davolash muassasalarining kiyim-kechagidan alohida yuviladi, bu esa infeksiyaning oldini olish uchun juda muhim. Kiyim-kechak qaynatilib, keyin dazmollanadi. Toza kiyim-kechak maxsus shkaflarda, steril kiyimkechak maxsus qutilarda (barabanlarda) saqlanadi. Tuqqan ayol Download 20.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling