Xirurgiyada aseptika-antiseptika
Kochergin-Spasokukoskiy usuli
Download 20.06 Kb.
|
AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fyurbringer usuli
- Alfeld usuli
Kochergin-Spasokukoskiy usuli
1. Emallangan tog‘ora spirt bilan tozalanib, kuydirilgach 0,5% li nashatir-spirti eritmasini quyib, unda qo‘lni tirsakka qadar steril doka salfetka bilan ishqalab 3 daqiqa yuviladi. Tirnoq osti, bo‘g‘imlardagi teri burmalari, barmoqlar orasi, ayniqsa, sinchiklab ishqalanadi. 2. Tog‘orachaga yangi tayyorlangan 0,5% li nashatir spirtini quyib, unda qo‘l 3 daqiqa mobaynida salfetka bilan yuviladi. 3. Qo‘l steril doka salfetka bilan quruq qilib artiladi. 4. Qo‘l spirt shimdirilgan steril doka salfetka bilan 5 daqiqa artiladi. Fyurbringer usuli 1. Qo‘l tirsakka qadar iliq suv oqimi ostida 10 daqiqa davomida sovunlab va cho‘tkalab (ikki cho‘tkada) yuviladi. 2. Qo‘l steril salfetka bilan quritiladi va spirt bilan 3–5 daqiqa artiladi. 3. Yod nastoykasi surtiladi (Fyurbringer qo‘lni spirt bilan artgandan keyin 1:1000 nisbatdagi sulema eritmasi bilan tozalashni taklif etgan; sulema homilador va tug‘uvchi ayollar qinining yumshagan shilliq pardasidan so‘rilgani uchun uni akusherlik amaliyotida ishlatish tavsiya etilmaydi). Alfeld usuli 1. Qo‘l tirsakka qadar 10 daqiqa davomida sovunlab iliq suv oqimi ostida steril cho‘tka bilan (ikkita cho‘tkada, har biri 5 daqiqadan) yuviladi. 2. Sovun yuvib tashlanib, steril doka salfetka bilan quruq qilib artiladi. 3. Qo‘l spirt shimdirilgan steril doka salfetka bilan 5 daqiqa artiladi. Qo‘l dezinfeksiya qilingach, steril rezina qo‘lqop kiyish tavsiya etiladi. Qo‘lni: a) tug‘uvchi ayollar qinini tekshirishdan oldin; b) tug‘ruqni qabul qilishdan oldin; d) akusherlik operatsiyalari (platsentani qo‘lda ko‘chirish, akusherlik qisqichini solish, oraliqni tikish va hokazo)dan oldin; e) yangi tug‘ilgan bolani tozalashdan oldin Kochergin-Spasokukoskiy, Alfeld yoki Fyurbringer usulida tozalash shart. Hozirgi paytda qo‘l iliq suv ostida sovun va steril cho‘tka bilan sinchiklab tirnoqlar ostilarini 1 daqiqa davomida yuviladi. Keyin qo‘l xlorli ohak suvga chayib tashlanadi va quruq steril salfetka bilan quritiladi. Undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Farmqo‘mitasi ruxsat etgan dezinfeksiyalovchi modda bilan ishlov beriladi. Bu modda S- 4-vodorod peroksid va chumoli kislotasi aralashmasidan 2,4% li qilib tayyorlangan eritma yoki xlorgeksidin biglyukonat, degmin, degmisid, yodopirin va boshqalar. Ko‘pincha S-4-pervomurning 2,4% li eritmasi solingan emallangan laganda qo‘l 1 daqiqa davomida to‘liq botirib turiladi, keyin steril salfetka bilan quritilib, spirt bilan artiladi. Download 20.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling