1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1,3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
Mahalliy yoki chegaralangan ta’sir – Dori vositasining ta’sir qiluvchi moddasi faqat ishlatilgan joygagina mahalliy ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy anestetiklarning yoki o‘rab oluvchi vositalar sezuvchi – afferent nerv oxirlariga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini susaytirib qo‘yishi hisobiga faqat chegaralangan yoki mahalliy samara yuzaga chiqaradi.
2. Umumiy yoki rezorbtiv5 ta’sir – katta ko‘pchilik dori vositalari organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llariga hamda biologik to‘siqlar orqali o‘ta olish qobiliyatiga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. 5Lotinchadan resorbeo – yutaman - 50 - 3. Asosiy ta’sir – Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan, dimedrol preparatini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H1-retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo , u uxlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni susaytiruvchi xossasini asosiy tasir xisoblanadi 4. Reflektor ta’sir – mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi. 5. Ta’sir mexanizmi deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi. Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi, atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari - 51 -kardiomiotsitlardagi Na+K+-ATF-aza bilan birikishi natijasida ularning kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi va h. 6 Spetsifik ta’sir – dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi. 7 Tanlab ta’sir qilish deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi. Masalan kuraresimon vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar. 8. Qaytar ta’sir– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir qiladi 13 Доза ҳақида тушунча.Доза турлари Doza — bu bir marta qo'llanadigan shifobaxsh ta’sir ko'rsatadigan miqdordir. Dori moddaning farmakologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza minimal yoki bo‘sag‘a miqdor deb ataladi, rosmana shifo ko'rsatadigan doza davolovchi—terapevtik miqdor deb ataladi. Tibbiyotda terapevtik dozalardan foydalaniladi, ko'pincha moddalarning o'rtacha davolash miqdori qo'llaniladi. Ayrim hollarda yuqori, ya’ni maksimaI davolash dozadan foydalanishga to'g'ri keladi. Zaharlanishni keltirib chiqaruvchi miqdor zaharlaydigan — toksik miqdor, o'limga olib keladigan doza— o ‘Idiruvchi (letal) miqdor deb ataladi. Dori moddalar miqdoriga qarab organizmga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositalar — barbituratlaming minimal miqdori tinchlantiruvchi, o'rta miqdori uxlatuvchi, yuqori miqdori narkotik ta’sir etishi mumkin. Dori moddalarini ishlatishda ularning farmakologik ta’sir doirasining kengligi hisobga olinadi. Minimal toksik doza bilan davolash dozasining o'rtasidagi oraliq farmakologik ta’sir doirasi deyiladi. Ushbu oraliq nechog'li katta bo'lsa, davolash ta’siri shunchalik keng, modda kam zaharli va uni qo'llash nisbatan xavfsiz bo'ladi. Dozalar dori moddalarini qo'llashga qarab, bir martalik, sutkalik bo'ladi. Bir martalik doza bo'lib-bo'lib qo'llanilsa — bo'lingan, 2-3 barobar oshirib qo'llanilsa — zarbali, davolash davrida qo'llanadigan doza — kurs dozasi deb ataladi. 14 Дори моддаларнингдозалаш тушунчаси. Дозалашнинг умумий тамойиллари.Болаларда дори моддаларни дозалаш . 13-savolda javob 15.Дори моддаларнинг таъсирига таъсир қилувчи омиллар. Ushbu sharoidar, bir tarafdan, dori moddalarning xususiyatlariga, ikkinchi tarafdan, organizmning faoliyatiga bog'liq. Dori moddalarining ta’siri, ulaming kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga har bir organizmning o'ziga xos xususiyatlari: bemoming yoshi, ahvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo'ladi. Dori moddalarining ta’siri ko'pchilik hollarda ulaming fizikkimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yog'Iarda) erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog'liq bo'ladi. Masalan, kukun moddalar tabletkalarga nisbatan organizmda tezroq so'riladi. Ularning so'rilish tezligiga, to'qimalar, a’zolarga tarqalishiga organizmning biologik suyuqliklaridagi konsentratsiyasi va biotransformatsiyasi ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun bemorlami davolashda samarali ta’sir etadigan dori shakli qo'llaniladi. Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan farmakologik ta’siri o'rtasida bog'lanish bor. Masalan, barbiturat kislotaning o'zi uxladsh xususiyatiga ega emas, shu kislotaning unumlari — barbituratlar ushbu xususiyatga ega. Barbituratlaming uxlatish ta’siri davomiyligi ham ularning tuzilishiga bog'liqdir. Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin moddalar ba’zan farmakologik jihatdan har xil la’sir ko'rsatadi. Masalan, erkaklar va ayollarning jinsiy gormon moddalari shular jumlasidandir. Kimyoviy jihatdan har xil tuzilgan dori moddalari, masalan, pilokarpin va atsetilxolin farmakologik jihatdan bir xil ta’sir ko'rsatishi ham mumkin. Dori moddalari kimyoviy tuzilishiga ko'ra to'qima retseptorlariga ta’sir etadi. 16.Узоқ муддат дори врситаларни қабул қилганда келиб чиқадиган реакциялари. Ba’zi dori moddalari takror qabul qilingandan keyin bemor jismoniy yoki ruhiy jihatdan xush yoqadigan tinchlanish yoki yengil qo'zg'alishni sezadi. Natijada, shifokor ko‘rsatmasi bo'lmasa ham bemorda bu dorilami qayta-qayta qabul qilish istagi pay do bo‘ladi. Bu holat xumorlik, tobelik deyiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etruvchi moddalar: morfin, kodein, barbituratlar, diazepam, etil spirti, kokain va bir qator boshqa dori moddalari ushbu holatga sabab bo'ladi. Tobelik ruhiy va jismoniy ko'rinishda bo'ladi. Agar bemorga o‘sha o‘zi o‘rganib qolgan modda bermay qo'yilsa, unda ruhiy o'zgarishlar ro'y beradi, kayfiyati buzilib, ruhi tushib ketadi. Bu holat abstinensiya sindromi, ya’ni doridan mahrum bo'lish sindromi deb ataladi. Dorilarga jismoniy tobelik ancha og'ir o'tadi, bunda bemorga moddani berish to'xtatilganda ruhiy tushkunlik bilan birga a’zo va sistemalarda chuqurroq o'zgarishlar ro'y berib, hatto o'lim sodir bo'lishi ham mumkin. Jismoniy tobelikni davolash ancha qiyin, shuning uchun narkomaniyani, ya’ni dorilarga tobelikning oldini olish muhim vazifalardan hisoblanadi 17.Дори воситаларнинг ёш ва жинсга таъсири Download 1,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling