1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
g) Dori bilan davolashning asosiy turlari
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi
g) Dori bilan davolashning asosiy turlari
Odatda dori bilan davolashning 4 ta turi tafovut qilinadi: 1. Profilaktik22 terapiya – bu kasallik kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan davo turi bo‘lib, bu maqsadda asosan dezinfeksiyalovchi va ximioterapevtik vositalar qo‘llaniladi. Shuningdek, turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik emlashlarni ham mazkur davolash turiga misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin. 22Yunonchadan prophylaktikos – saqlash, himoyaqilish - 69 - 2. Etiotrop23 (kauzal24) terapiya – kasallikni keltirib chiqargan omilga qarshi kurashuvchi davo turi bo‘lib, unga antibiotiklarni, silga, zahmga, gijjaga, sodda jonivorlarga qarshi va turli kimyoviy tuzilishli antibakterial vositalarni qo‘llashni misol qilib keltirish mumkin. 3. Simptomatik terapiya – asosan kasallik yoki patologik holat keltirib chiqaradigan turli nohush simptomlarni (belgilarni) bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, og‘riqni bartaraf etish. Og‘riqning kelib chiqishida asosan prostaglandinlar sintezlanishi asosiy o‘rinni egallaydi. Preparatlar ta’sirida ular sintezining buzilishi esa patogenetik25 terapiya bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun u ko‘pincha patogenetik terapiya rolini ham bajaradi. 4. O‘rin bosuvchi terapiya – organizmdagi biogen tabiatli moddalar etishmasligida qo‘llaniluvchi davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qandli diabetda insulinning, gipotireozda yod preparatlarining, gipo- yoki avitaminozda vitamin preparatlarining qo‘llanilishi. Bunda o‘rin bosuvchi preparat kasallikning turiga bog‘liq holda oylar yoki yillar davomida qo‘llanilishi ham MUMKIN 19.DORI MODDALARINING TASIR TURLARI….ASOSIY,REZORBTIV, REFLEKTOR, TANLAB TASIR KURSATISH, ZAXARLI TASIRI Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi: 1. Mahalliy yoki chegaralangan ta’sir – Dori vositasining ta’sir qiluvchi moddasi faqat ishlatilgan joygagina mahalliy ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy anestetiklarning yoki o‘rab oluvchi vositalar sezuvchi – afferent nerv oxirlariga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini susaytirib qo‘yishi hisobiga faqat chegaralangan yoki mahalliy samara yuzaga chiqaradi. 2. Umumiy yoki rezorbtiv5 ta’sir – katta ko‘pchilik dori vositalari organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llariga hamda biologik to‘siqlar orqali o‘ta olish qobiliyatiga bog‘liq holda yuzaga chiqadi. 5Lotinchadan resorbeo – yutaman - 50 - 3. Asosiy ta’sir – Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan, dimedrol preparatini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H1-retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo , u uxlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni susaytiruvchi xossasini asosiy tasir xisoblanadi 4. Reflektor ta’sir – mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi. 5. Ta’sir mexanizmi deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi. Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi, atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari - 51 -kardiomiotsitlardagi Na+K+-ATF-aza bilan birikishi natijasida ularning kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi va h. 6 Spetsifik ta’sir – dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling