1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
1. Yoshning ahamiyati
Dori vositalariga sezgirlik yoshga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham farmakologiyaning yoshga bog‘liq bo‘lgan quyidagi turlari tafovut qilinadi: – perinatal farmakologiya – homiladorlikning 24-haftasidan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining 4-haftasigacha bo‘lgan davrda qo‘llanilgan dori vositalarining ta’sirini o‘rganadi. Homiladorlikning so‘nggi uch oyligida homilaning va yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘z hayoti dastlabki oyi mobaynida dorilarga sezgirligi katta yoshdagilarga nisbatan o‘ta yuqori bo‘ladi. Bu ularda dorilarni parchalovchi fermentlarning etishmasligi, buyraklarning ayirish faoliyatining past ekanligi, gematoensefalik to‘siqning yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega ekanligi va MNSning to‘liq shakllanib ulgurmaganligi bilan izohlanadi. – pediatrik farmakologiya – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning dastlabki bir oyidan boshlab to 18 yoshga qadar bo‘lgan bolalar organizmiga dori vositalarining ta’siridagi o‘ziga xosliklarni o‘rganadi. Bunda yosh bolalarga dori preparatlarining dozasini aniqlash uchun turli formulalar mavjud bo‘lib, ularning bir nechtasi mazkur dasrlikning umumiy retseptura bo‘limida qismida keltilib o‘tilgan. Bundan tashqari, Davlat Farmakopeyasida har bir zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan preparatning yosh bolalar uchun mos tarzdagi dozalari keltirib o‘tilgan. Boshqa dori preparatlari uchun esa bolaning har bir yoshiga nisbatan kattalar dozasining 1/20 qismi miqdoridagi dozani hisoblash lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tilgan. - – geriatrik19 farmakologiya – dori preparatlarining keksa yoshdagi bemorlar organizmigi ta’sirini o‘rganadi. Bemorning yoshi ulg‘aygan sari uning organizmi turli dori preparatlariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega bo‘lib boshlaydi, Chunki keksa yoshdagi organizmda retseptorlarning miqdori kamayadi hamda ularni parchalovchi fermentlar faolligi pasayadi, dorilarning so‘rilishi, metabolizmi va ularning chiqarilish jarayonlari ham o‘ziga xos tarzda sekinlashadi. Bu esa, mazkur bemorlarda dorilarning dozasini kerakli darajagacha kamaytirib borishni taqozo etadi. 2. Jinsning ahamiyati Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishida jinsning ahamiyati oxirigacha o‘rganilgan emas. ammo , eksperimental hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, ayrim dori preparatlariga nisbatan ayollar organizmi erkaklarnikiga qaraganda ancha chidamsiz ekan. Masalan, nikotin, strixnin kabi preparatlarga. Bu borada ayrim klinik ma’lumotlar ham mavjud bo‘lib, verapamilning bioerishuvchanligi ayollarda erkaklarnikiga qaraganda yuqoriroq ekanligi aniqlangan. Operatsiyalardan keyingi og‘riqlarni qoldirish uchun erkaklarga morfinni ayollarga nisbatan yuqoriroq dozalarda qo‘llash talab etilishi aniqlangan. Diazepamning oksidlanishi ayollarda erkaklardagiga qaraganda tezroq yuzaga chiqar ekaan 18.DORI MODDALARNING DAVOLASH TURLARI Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling