1. Дори моддаси, дори воситаси, дори шакли ва дори препарати тўғрисида тушунча
Download 1.3 Mb.
|
FARMAKALOGIYA 425TALIK
pinnatifolius vaboran) dan hamda sintez yo‘li bilan olingan, atseklidin esa
sun’iy moddadir. M- xolinomimetiklar a’zolar, mushaklar, bezlar, qon tomirlarda joylashgan M-xolinoretseptorlami qo‘zg‘atib, me’da-ichak, bronx, qovuq, bachadonning silliq mushaklarini, ko'z rangdor pardasini, radial mushaklami qisqartiradi, yurakning o'tkazuvchan sistemasida qo‘zg ‘aluvchanIikning o ‘tishini kamaytiradi, yurakning urishi sekinlashadi; bezlar faoliyati oshadi — so'lak ko‘p ajraladi, ter chiqadi, oshqozon shirasi ajralishi oshadi, bronxlarda shilliq ko‘payadi. Tibbiyotda asosan M - xolinomimetiklami — pilokarpinni ko'zga, atseklidinni ko‘z va me’da-ichak, qovuqqa ta’siri amaliy ahamiyatga ega. Pilokarpin k o ‘zga tomizilganda atsetilxolinga o 'x sh ab bevosita rangdor pardaning aylanma mushaklariga, kipriksimon mushaklarning M- xolinoretseptorlariga ta’sir ko‘rsatib, ulami qisqartiradi, shu tufayli ko‘z qorachig'i torayadi, ko'zning ichki bosimi pasayadi, akkomodatsiya qisqaradi (mexanizmlari atsetilxolin ta’siri ifodalanganda keltirilgan). Pilokarpin atsetilxolinga nisbatan davomliroq ta’sir etadi, chunki xolinesteraza bilan parchalanmaydi. Pilokarpin ko'z tomchi sifatida ko'zning ichki bosimi oshganda — glaukomada va boshqa ko'z kasalliklarida qo'llaniladi, ancha zaharli modda bo'lgani uchun pilokarpin parenteral y o'l bilan deyarli yuborilmaydi. Atseklidin pilokarpinga nisbatan kamroq zaharli, pilokarpinga o'xshash oftalmologiyada tomchi va malham shaklida hamda me’daichak, qovuq atoniyasida, tug'ish faoliyati susayganda parenteral yo'llar orqali yuboriladi. Atseklidinni 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash man etiladi. Umuman M — xolinomimetiklar bolalar amaliyotida kam qo'llanadi: moddalar bilan o'tkir zaharlanganda atropin va atropinsimon moddalar buyuriladi. Yuqorida keltirilgandek, M-xolinoretseptorlar muskaringa sezuvchan retseptorlar, lekin muskarin o'ta zaharli bo'lgani uchun tibbiyotda dori modda sifatida ishlatilmaydi. Muskarin muxomor qo'ziqorindan olinadi, shunday qo'ziqorinlar iste’mol qilinsa, k a tta la r va bolalarda o g 'ir zah a rlan ish ro 'y beradi. Bunda bradikardiya yuzaga keladi, nafas olish bronxospazm tufayli qiyinlashadi, qorin og'riydi — ichaklar peristaltikasi oshgani tufayli ichak quldirashi masofadan eshitiladi, bemor qayt qiladi, ichi ketadi, teri tomirlari kengayadi, g ‘araq-g‘araq terlaydi, ≪bemor o‘z terida cho'miladi≫, ko'z qorachig'i torayib, nina uchidek bo'lib qoladi, akkomodatsiya spazmi, qo'zg'aluvchanlik oshib, talvasalar ro 'y beradi. Bronx bezlarining faoliyati ortishi tufayli oldin shilimshiq, keyin suyuq balg'am ajralishi ko'paya boradi, nafas markazi falajlanishidan o'lim yuz berishi mumkin. Bunda birinchi navbatda atropin yuborib yordam beriladi, atropin zaharlanish belgilarini bartaraf qiladi. ichi ketadi, teri tomirlari kengayadi, g ‘araq-g‘araq terlaydi, ≪bemor o‘z terida cho'miladi≫, ko'z qorachig'i torayib, nina uchidek bo'lib qoladi, akkomodatsiya spazmi, qo'zg'aluvchanlik oshib, talvasalar ro 'y beradi. Bronx bezlarining faoliyati ortishi tufayli oldin shilimshiq, keyin suyuq balg'am ajralishi ko'paya boradi, nafas markazi falajlanishidan o'lim yuz berishi mumkin. Bunda birinchi navbatda atropin yuborib yordam beriladi, atropin zaharlanish belgilarini bartaraf qiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling