- Kirish
- Dunyodagi va O‘zbekistondagi atrof-muhit holati
-
- Asosiy qism
- Rux ishlab chiqarish texnogen chiqindisi - klinkerni qayta ishlash
- Mis ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan texnogen chiqindi turlari va ularning tahliliy tarkiblari
-
- Xulosa
- Chiqindisiz va kam chiqindili ekologik bezarar texnologiyalarni yaratish.
-
- Foydalangan adabiyotlar
Kirish - Atrof-muhit deganda nimani tushunamiz? Albatta ushbu savolga deyarli hamma javob berishi va unga o‘zi bilgan holda ta ’rif berishi mumkin. Atrof-muhit — bu bizni o‘rab turgan ona tabiat. Tabiat bizni boqadi, kiyintiradi, yashashimiz uchun sharoit yaratadi. Tabiatda yaratilgan har bir obyekt inson uchun xizmat qiladi — yer, suv, havo va ulardagi barcha mavjudotlar, nabobotlar, yerosti tabiiy manbalar va hokazo, barcha, barchasi. Lekin biz bunga javoban uni asrab-avaylaymizmi? Afsuski yo'q. Ko‘pincha biz haddimizdan oshamiz. Tabiat bizning injiqliklarimizni ko‘taradi deb o‘ylaymiz, undagi mavjud tabiiy resurslarni ayovsiz ishlatamiz, keragidan ortiq isrof qilamiz, tabiatni keskin ifloslanishiga sababchi bo‘lamiz. Natijada atrof-muhitning tabiiy muvozanatiga putur yetkaziladi va unda ko'plab antropogen o‘zgarishlar vujudga keladi.
- Hozirgi kunda yer aholisi o‘tgan asrning boshidan to yangi asrning shu kunigacha bir necha barobar o‘sdi. Bu esa o‘z yo‘lida ularni hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun mamlakatlarda ko‘plab zavod-fabrikalarning qurilishiga, yo‘llarning solinishiga, uylarning barpo etilishiga, avtotransportlarni ko‘payishiga va shu kabi ko‘plab tadbirlarni amalga oshirilishga olib keldi. Oqibatda tabiat ayovsiz ishlatildi va ishlatilmoqda va uning o ‘zi turli chiqindilar bilan to ‘lib 3 toshmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etaversa, yaqin kelajakda insoniyatning yer yuzida yashashi havf ostida qoladi. Chunki, insoniyatning yashash faoliyati darajasi ko‘tarilib borishi, ishlab chiqarish ko‘lami kengayib borishiga, bu esa mahsulotlar turi ko‘payishiga va ko'plab ishlatilishiga olib kelmoqda, natijada atrofmuhitda chiqindilarning miqdorini ham oshib borishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun, har bir korxona sanoat tarm og‘ining qaysi sinfiga mansub ekanligidan qat’i nazar o‘zidan va maishiy turmushda ajralayotgan chiqindilarning to'liq zararsizlantirilishiga, tozalanishiga va qayta ishlanishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |