Кириш. Фаннинг предмети ва вазифалари


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana20.11.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1788658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy-uslubiy asoslari

Biznes-inkubatorlar.
Biznes inkubator — kichik va oʻrta 
biznesni yuritish malakalari berish 
va tadbirkorlik madaniyatini 
tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan 
ixtisoslashgan muassasa. 
64


Biznes inkubator asosan, 
xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqtisodiyoti 
boʻyicha zarur bilimlarni oʻrgatish, 
biznes reja tuzish,
mablagʻlar topish, 
xalqaro grantlar olishda koʻmaklashish, 
tadbirkorlik gʻoyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, 
shuningdek kichik va oʻrta biznes korxonalariga menejment va 
marketing xizmatlari, tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy yoʻsindagi 
xizmatlar koʻrsatish kabi vazifalarni bajaradi. 
65


Dastlabki Biznes inkubatorlar XX asrning 70 – 80-yillarida AQSHda paydo boʻlgan. 
Hozirgi paytda dunyo boʻyicha 2000 dan ortiq yirik Biznes inkubatorlar ish olib 
bormoqda. 
Oʻzbekistonda birinchi Biznes inkubator 1995-yilda BMTning YUNIDO tashkiloti va 
OʻzR Davlat mulk qoʻmitasining hamkorlikdagi “Oʻzbekistonda biznes inkubatorlar 
tarmogʻini shakllantirish va rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etildi. 
Respublikada jami 25 ta Biznes inkubator mavjud boʻlib, ular yirik shaharlar va 
viloyat markazlarida faoliyat koʻrsatmoqda. 
Ko‘rsatilayotgan qo‘llab- quvvatlashning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu kichik 
biznesni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kotiblik, buxgalteriya, 
yuridik, ta’lim, maslahat xizmatlarini ko‘rsatishdir.


Biznes inkubator bir qator asosiy xususiyatlarga ega 
bo‘lishi kerak:
mintaqada yangi tashkil etilgan korxonalar talablariga 
javob beradigan har qanday biznesni qo‘llab-
quvvatlashning keng qamrovli dasturiga ega bo‘lish zarur;
biznes-inkubator menejmenti yangi tashkil etilgan 
korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishi kerak;
yordamga juda muhtoj bo‘lgan va dasturda ishtirok 
etishdan maksimal foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 
kompaniyalarni qat’iy tanlovi zarur.
67


Keyinchalik 
kompaniyalar 
inkubatorni tark 
etishadi. 
Ishg‘ol qilingan 
hududlarni tark 
etishadi va 
inkubator 
uskunalarini 
qaytarib 
berishadi. 
Shundan so‘ng 
o‘zini o‘zi 
taminlaydigan 
korxonalarga 
aylanishadi. 
Bu vaqtga kelib 
ular mustaqil 
ishlash, 
maslahatchilarni 
yollash, mablag‘ 
izlash yoki o‘z 
ehtiyojlari uchun 
joy ijaraga olish 
uchun yetarli 
ichki resurslarni 
to‘plab qo‘ygan 
bo‘lishi kerak.
68


Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda inkubatorlarning samarali rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladigan omillar allaqachon aniq bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda biznes-inkubatsiyani 
samarali rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan eng muhim muammolarga quyidagilar 
kiradi:
inkubatorlar uchun huquqiy maqomning yo‘qligi va ushbu institutsional tuzilmalarni 
tartibga solish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasi;
biznes-inkubatorlarni yaratish bosqichida ular o‘zlarini qaytarib berish darajasiga 
yetguncha moliyaviy yordamning etarli emasligi;
davlat mulkka tegishli bo‘lgan mulk komplekslaridan foydalanishning me'yoriy-
huquqiy jihatlarini tartibga solishning hal qilinmagan muammosi (ijara stavkasini 
shakllantirish muammosi);
turli ixtisoslikdagi inkubatorlar uchun kichik korxonalarni tanlash mezonlarini 
hamda tegishli xizmatlar to‘plamini shakllantirish;
menejerlarning malakasi yetarli emasligi, ularni tayyorlash va malakasini oshirish 
uchun tuzilmalarning yetishmasligi va boshqalar.
69



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling