Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Fizik kimyoning boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 0.86 Mb.
bet3/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

3. Fizik kimyoning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

Kelajak uchun kimyo o`qituvchilarini va umuman kimyogarlarni tayyorlashda fizik kimyo fundamental ahamiyatga ega. Fizik kimyo kursi, aniq material asosida, har bir kimyogar, mutaxasisning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun katta imkoniyatlarni ocha oladi. Zero “ fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil qiladi. Bu fan kimyo predmetlari siklini tugatib, bevosita texnologik jarayonlarga olib keladi, yo`naltiradi. Amaliy mashg`ulotlarni bajarishdan maqsad kimyoning nazariy qonuniyatlaridan turli masalalarni hal qilishda uddabironlik bilan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, kimyoviy reaksiyalar mahsuldorligini aniq hisoblash va ularni grafik usulda qayta ishlay olish, turli hisoblash ishlarida ma`lumotlardan unumli foydalana olishdir.Ma`lumki, moddiy olamning harakat qonunlari jumladan kimyoviy jarayonlarni, asosan ikki usul bilan, kuzatish-tajriba va fikrlash yo`li bilan o`rgatish mumkin. Birinchisi asosiy usul bo`lsa ham, uning vositasida turli kimyoviy jarayonlarni, ulardagi umumiylik, farqni va umumlashgan qonuniyatlarni bilib bo`lmaydi.XVIII asrning o`rtalarda rus olimi M.V.Lomonosov tabiat sirlarini, shu jumladan, kimyoviy o`rganishda kuzatish-tajriba usuli bilan bir qatorda, fikrlash usulini ham qo`llashni tavsiya etdi va yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal qiluvchi “ Nazariy kimyo” fanining yaratilishi kerakligini, ya`ni kimyoviy jarayonlarni o`rganishda fizika qonunlari hamda usullariga asoslanish lozimligini maslahat berdi va bu yangi fanni “ Fizik kimyo” nomi bilan atadi. U 1752 yildan boshlab shu fandan dars bera boshladi. Lomonosov fizik kimyoni “ Kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab jismlarda sodir bo`ladigan o`zgarishlarning sabablarini fizik qoida va tajribalar asosida” tushintirib beradigan fan sifatida ta`riflab berdi. U “ fizikani bilmagan kimyogar, hamma narsani paypaslab qidiradigan kishiga o`xshaydi; bu ikki fan shunday bir-biriga bog`liqki, biri ikkinchisiz kamolatga yetmaydi”,-degan edi. Darhaqiqat, kimyoviy o`zgarishlar bir qator fizikaviy hodisa (issiqlik chiqarish yoki yutilish, nur chiqarish yoki yutish, elektrik va magnit holatlarni yuzaga chiqarish, shuningdek hajm va bosim o`zgarish kabi) lar bilan boradi. O`z navbatida fizikaviy jarayonlar kimyoviy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: o`zgarmas tokni, masalan, suvli tuz eritmalaridan o`tkazganda, tuz parchalanadi yoki isitish-kimyoviy reaksiyani tezligini oshiradi, katta bosimdan foydalanish yangi moddalar sintezini keltirib chiqaradi va h.k.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling