Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti
Ideal gaz qonunlari. Ideal gazlarning holat tenglamasi
Download 0.86 Mb.
|
Fizik kim shippi
6. Ideal gaz qonunlari. Ideal gazlarning holat tenglamasi.
Gazning P,V, va T si orasidagi matematik bog`lanish, ya`ni f ( P,V,T) = 0 shu gazning holat tenglamasi deb ataladi. Ideal gazning holat tenglamasini turli vaqtda Klapeyron (1834) bilan D.I.Mendeleev ( 1874) chiqargan edilar. Bu qonunni yolg`iz Klapeyron nomi bilan atash noto`g`ri, chunki Klapeyron qonunni ifodalashda Avogadro qonunidan foydalanmagan, shuning uchun uning bergan formulasida har bir gazga xos konstanta bo`lgan. Mendeleev bergan formula hamma gazlarga yaraydi, chunki unda universial konstanta ( R) bor. 1 gramm- molekula gaz uchun bu tenglama quyidagicha yoziladi: PV = RT (2.1) n gramm- molekula gaz uchun quyidagicha yoziladi: PV= nRT V- 1 mol gazning hajmi T- gazning absolyut temperaturasi ( 273,2 + t) R- gazning universial doimiysi Gaz, suyuq va qattiq moddalarning bir-biridan farqi ularning molekulalari orasidagi masofa va ulardagi molekulalararo ta`sirning tabiati bilan belgilanadi. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa katta, molekulalarning o`zaro ta`sir kuchi esa kichik bo`ladi. Suyuqlik va qattiq moddalarda buning teskarisidir.Moddalarning bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o`tish jarayonini o`rganish va jarayonda modda parametrlarining (temperatura, hajm, bosim va boshqalarning) o`zgarishini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash hozirgi zamon fizikaviy kimyo fanining asosiy vazifalari jumlasidandir. Ko`p reaksiya va jarayonlar gaz holatida olib boriladi. Xo`sh gaz holat nima? Har qanday gazning holati uning uchta parametrlaridan ( hajm V, bosimi P va temperaturasi T dan ) ikkitasining vositasida to`la ifodalanishi mumkin.Quyida uchta asosiy parametr -V, P, T orasidagi bog`lanishlar haqida ma`lumot beriladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling