Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti
Fizik kimyo fanning taraqqiyoti va unga olimlarning, shu jumladan O’zbekiston olimlarining qo’shgan hissalari
Download 0.86 Mb.
|
Fizik kim shippi
5. Fizik kimyo fanning taraqqiyoti va unga olimlarning, shu jumladan O’zbekiston olimlarining qo’shgan hissalari.
Fizik kimyo fanining tarixi insoniyatning ulug` insonlari nomi bilan bog`liqdir.Eng avvalo, biz rus olimi M.V.Lomonosovning ( 1711-1765) nomini tilga olishimiz kerak. Chunki fizik kimyoning, undagi termodinamikaning asosiy qonunlarini kashf etgan, fizik kimyoni birinchi bo`lib mustaqil fanga aylantirgan, birinchi bo`lib undan ma`ruzalar o`qigan. D.I.Mendeleev ( 1834-1907) ham fizik kimyo sohasida ko`pgina ishlar qilgan. U 1861 yilda kritik temperatura ( harorat) ni ( shundan yuqori haroratda modda suyuq holda bo`la olmaydi) topdi. 1865 yilda “Suvdagi eritmalarni solishtirma og`irliklari orqali tekshirish” degan muhim asar yozdi, ideal gaz holat tenglamasini berdi. Uning davriy qonuni ham fizik kimyo uchun katta ahamiyatga egadir. N.N.Beketov 1860 yildan boshlab Xar`kov universitetida “Fizikaviy va kimyoviy hodisalar o`rtasidagi munosabat” degan kursdan, 1865 yilda esa “Fizik kimyo” kursidan ma`ruzalar o`qidi. Moddalarning kimyovuy tuzilishi haqidagi ta`limotni rivojlantirishda A.M.Butlerovning xizmatlari katta bo`ldi. U 1861 yilda organik moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab organik kimyo muayyan nazariya asosida rivojlanib kelmoqda.Fizik kimyo faqat XIX asr oxiridan boshlab mustaqil fan sifatida rivojlandi, chunki ana shu davrga kelib fan bilan ishlab chiqarish o`rtasida mustaqil aloqa bog`landi.O`zbekistonda fizik kimyoni taraqqiy qilishi O`zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti olimlarining ishlari bilan bo`gliqdir. Fizik kimyo kafedrasi birinchi bo`lib 1927 yilda Toshkentda va 1932 yilda Samarqandda tashkil etildi. Fizik kimyo fanini O`zbekistonda o`z darsliklarini yozib targ`ib qilishda akademik X.U.Usmonov, akademik K.S.Axmedov, akademik X.R.Rustamov, prof. X.P.Rahimov kabilarning hissalari nihoyatda katta bo`ldi. Fizik kimyo sohasida D.Alekseev (1929 yilgacha) po`rtlash jarayonlari kinetikasi, so`ng N.A.Kolosovskiy (1932 yilgacha) termodinamika, M.I.Usanovich va B.b.Udovenko (1953 yilgacha) fizik kimyoviy analiz ustida ish olib bordilar. So`ngi yillarda fizik kimyo bo`limida, asosan, polimerlarni fizik kimyoviy tekshirish (H.U.Usmonov va uning shogirdlari) kimyoviy kinetika (H.R.Rahimov), elektrokimyo (M.I.Murtazoev, G.A.Siganov, M.I.Usanovich) sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling