Kirish Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi


Download 25.72 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1209632
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizikaviy kimyo fanini zamonaviy tahlil usullarini o‘rgatishdagi hamda kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni.


Fizikaviy kimyo fanini zamonaviy tahlil usullarini o‘rgatishdagi hamda kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni.

Reja:
Kirish


1. Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi
2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi.
3. Fizikaviy kimyoning tekshirish uslublari.
4. Fizikaviy kimyoning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
KIRISH
Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni to’la
tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq xo’jalik va oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi.


1. FIZIKAVIY KIMYONING VUJUDGA KELISHI
Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida 18 asrning o’rtalarida vujudga kelgan.
Bunga birinchi bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u fizikaviy kimyo atamasini qo’llagan. 1751 yildan boshlab M. V. Lomonosov talabalarga fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qiydi va 1754 yili birinchi qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga kirish» va «Fizikaviy kimyodan tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur yozadi. U fizikaviy kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizika qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir degan. M.V. Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining «modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V. Lomonosov, eritma – erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro ta‘siri mahsulotidir – deydi.
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа bog’liqligini ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula to’g’risida tushuncha yaratib, molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy kimyogar bo’lib tanildi.

Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling