Kirish Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi
FIZIKAVIY KIMYONING TEKSHIRISH USLUBLARI
Download 25.72 Kb.
|
Fizikaviy kimyo fanini zamonaviy tahlil usullarini o‘rgatishdagi hamda kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. FIZIKAVIY KIMYONING XALQ XO’JALIGIDA AHAMIYАTI
3. FIZIKAVIY KIMYONING TEKSHIRISH USLUBLARI
Fizikaviy kimyo moddalarni va kimyoviy reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradi va natijalarini matematik ifodalash yo’llarini izlaydi. Fizikaviy kimyo quyidagi uch uslubga asoslanadi. 1) termodinamika uslubida moddalarning holat parametrlari yordamida tasvirlanadi; bu parametrlar orasidagi bog’lanish holat tenglamalari orqali ifodalanadi. Termodinamika miqdoriy o’lchash mumkin bo’lgan kattaliklarda yoki ana shunday kattaliklarga bog’liq miqdorlardan foydalanadi. Dastlabki klassik termodinamika aniq ifoda va tushunchalarga olib keladi, lekin masalaning kelib chiqishi to’g’risida hech qanday ma‘lumot bera olmaydi. Ammo, hozirgi zamo statistik termodinamika bunday savollarga to’liq javob bera oladi. 2) kinetik nazariya uslubida tekshirilayotgan modda yoki hodisa haqida avval biror gipoteza aytiladi, bu gipoteza asosida xulosa chiqarilib, u tajriba natijalari bilan solishtiriladi. Bu uslub aniqlik jihatidan termodinamik uslubdan ustun emas, lekin masalaning mohiyati haqida tasavvur bera oladi. 3) kvantlar mexanikasi uslubi asosida fizikaviy – kimyoviy jarayonlar haqida aniq tasavvur olinadi. Bu uslubda kuchli matematikaviy vositalardan foydalanib aniq formulalar chiqariladi. Kvantlar mexanikasi uslubi atom energiyani ayrim – ayrim kvantlar holida yutadi va kvantlar holida chiqaradi degan tushunchaga asoslanadi. 4. FIZIKAVIY KIMYONING XALQ XO’JALIGIDA AHAMIYАTI Fizikaviy kimyo nafaqat toza nazariy fan sifatida, balki ko’pgina jarayonlarning vujudga kelishi va takommilashuviga ko’mak bergan holda rivojlanib kelgan. Apparatlarni ratsional tanlash va ularda kechadigan jarayonlarni anchagina qulay sharoitlarda o’tkazishni aniqlash uchun fizikaviy kimyo uslublaridan foydalaniladi. Fizikaviy kimyo bilimiga ega bo’lgan texnologda kimyoviy tushunish, ularni ongli ravishda boshqarish, ishlab chiqarish vazifalari va maqsadlariga mos bo’lgan sharoitni tanlash kaliti mavjud bo’ladi. Fizikaviy – kimyoviy tadqiqot uslublari ko’pchilik va har xil turdagi ishlab chiqarishlar uchun juda qimmatli, hamda unumli uslublar hisoblanadi. Fizikaviy kimyo bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi bilimilarimizni, tabiat to’g’risidagi fanlarni boyitadi, uning xulosalari esa umum ilmiy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligining ko’p sohalarida, chunochi agranomiyada, agrokimyoda, tuproqshunoslikda, zoomuxandislikda fizikaviy kimyoning zamonaviy analiz uslublaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Masalan, xromotografiya, radioxromatografiya, rentgenografiya, krioskopiya, fotometriya va boshqa usullar keng qo’llanilmoqda. Fizikaviy kimyo materiyani tekshirishning fizika ishlab chiqqan nazariy va eksperimental uslublaridan keng foydalaniladi. Bular orasida gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi, kvantlar mexanikasi, kimyoviy termodinamika, nishonlangan atomlar uslublari ayniqsa ahamiyatlidir. Fizikaviy kimyoning amaliy ahamiyati ham katta. Masalan, qishloq xo’jaligida samarali yangi o’g’itlar chiqarish, o’simliklarning kasallik va zarrakunandalariga qarshi kurashning kimyoviy usullarini takomillashtirish, tuproqning agronomik xususyatlarini yaxshilash va boshqalarda fizikaviy kimyoning muhim roli bor. Texnologiya so‘zi–yunoncha so‘z bo‘lib, ikki ildizdan, ya’ni 1-texnos-«san’at va kasb» degan ma’noni bildiradi. Logiya esa-bilim, fan demakdir. Shunday qilib, texnologiya-bu kasbning sirlarini o‘rgatuvchi fanlardan biridir. Texnologiya xom ashyolarni turli xalq iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o‘rgatuvchi fandir. Texnologiyani 2 turga bo‘lish mumkin: 1-mexanik texnologiya; 2-kimyoviy texnologiya. Mexanik texnologiya jarayonida xom ashyo tarkibida va xususiyati o‘zgarmasdan faqat uning shaklini o‘zgarishi mumkin. Masalan: yog‘ochdan mebel ishlash, metaldan turli metall buyumlari ishlash va xokozo. Kimyoviy texnologiyada esa, moddaning shakligina emas, balki uning butun xossalari va tarkibi o‘zgarishi mumkin. shunday qilib, kimyo texnologiyasi kimyo reaksiyalari o‘tishi bilan borgan jarayonlarni o‘rganadi. Birorta xom ashyodan mahsulot olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Ushbu bosqichlar (masalan: xom ashyoni boyitish, maydalash, ajratish, kuydirish va x.k.) texnologik operatsiyalar deb ataladi. Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri anna shu optimal qulay texnologik tizimlarni yaratishdan iborat. Har bir texnologik operatsiya ishlab chitqarish mobaynida aniq qulay sharoitda olib borilishi kerak (qulay temperaturada, bosimda, konsentratsiya va b.), shu qulay sharoitlarni aniqlash kimyo texnologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu sharoitlarni aniqlash uchun esa shu kimyoviy jarayonning nazariy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Kimyo texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish kerak. Har bir texnologik operatsiyalarga lozim bo‘lgan optimal sharoit aniqlangandan so‘ng, shu operatsiyalarni o‘tkazish uchun texnika talablariga javob beradigan unumli reaktorlarni va apparatlarni tanlash kerak. Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shu apparatlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. Shu sababli texnologiyada kimyoviy reaktorning nazariyasiga, klassifikatsiyasiga, ularning ishlash maromiga katta e’tibor beriladi. Texnologiyaning vazifasi yuqoridagi ko‘rsatilgan vazifalar bilan cheklanib qolmay, balki yana ishlab chiqarishni tashkil qilish, ish kuchidan to‘g‘ri va xom ashyodan ratsional, kompleks foydalanish, maxsulotning va xom ashyoning sifatini uzliksiz kuzatib turish va boshqalardan ham iboratdir. Tanlangan texnologiyaning afzalligini aniqlash uchun avvalambor uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini aniqlash kerak, buning uchun, maxsulotning tannarxini xisoblash, sarflangan kapital mablag‘lar miqdorini nazarda tutish kerak. Download 25.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling