Kirish Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi


FIZIKAVIY KIMYONING RIVOJLANISHI


Download 25.72 Kb.
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1209632
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizikaviy kimyo fanini zamonaviy tahlil usullarini o‘rgatishdagi hamda kimyo texnologiya sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni.

2. FIZIKAVIY KIMYONING RIVOJLANISHI
1836 yili Rossiya olimi G.I. Gess kimyoviy reaktsiyalar vaqtida umumiy issiqlik effekti doimiy qiymatga ega bo’lib, u orqali reaktsiyalar issiqlik effektlarining yig’indisiga teng bo’lishi qonunini kashf etdi. Bu qonun fizikaviy kimyoda termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Rossiya olimlaridan N.N. Beketovning 1865 yildan boshlab fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qishi, Bulerovning «Kimyoviy tuzilish nazariyasi» ni yaratishi, 1869 yili D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonunini va keyinroq gidratlar nazariyasini yaratishi fizikaviy kimyoning taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi. D.I. Mendeleev birinchi bo’lib qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kimyodan keng foydalanish kerakligini vazifa qilib qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi.
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U D.M. Mendelevning eritmalar gidrat nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish hodisasi va elektrolitik dissotsiatsiya jarayonlarida kimyoviy o’zaro ta‘sir ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi bo’lib, Moskva qishloq xo’jalik institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi va talabalarga ma‘ruzalar o’qiydi.
Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari katta. Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha qonunlar kashf etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish nazariyasini yaratdi, P. Kyuri, M. Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V. Nernst termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo’ldi va hokazo.
O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan X.R. Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar. Akademik X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarning fizikaviy kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qilishmoqda. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M. N. Nabiev va uning shogirdlari mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar.

Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling