Yosh avlodni ma’naviy va ma’rifiy shakllantirishda fiziologiyaning roli.
I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning reflektor nazariyasi odamlar psixologiyasining shakllanishida tabiiy ilmiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Ma’lumki, sezgi a’zolari va asab tizimi fiziologiyalari odamlarda sezish, fikrlash va bilim olishni yuzaga kelishi uchun asosiy material bo’lib xizmat qiladi.
I.P.Pavlov
(1849-1936)
|
Dialektik materializm falsafasi, materialistik psixologiya va fiziologiya hamkorlikda, turli jabhalarda mavjud tabiiy ijtimoiy holatlarda insek ruhi muammolarini ishlab chiqadi.
Fiziologiya hayvonlar asab tizimining tarixiy rivojanishining turli bosqichlarida turuvchi oliy bo’limlari bilan tashqi muhitning aks etishini (inikos) asosiy qonunlarini o’rganadi. Qiyosiy va evolyutsion fiziologiya turli organizmlar filogenezida tashqi muhitning aks etishini o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini tahlil qiladi, hamda evolyutsiya jarayonini qabul qilinishi va fikrlashni asosiy tamoyillarini aniqlab beradi.
|
I.M.Sechenov
(1829-1905)
|
Bu esa, faqatgina inseklarga xos bulgan ruhiyatning oliy shakli bo’lgan fikrni yuzaga kelish sabablari tarixini ochib beradi. Odamlarning sezgisi, fikrlashi va bilimi tarixiy natija hisoblanadi. Bilim – bu odamlar bosh miyasi tomonidan haqiqiy reallikni hattoki yuqori darajada rivojlangan hayvonlardan (it, maymun) ham sifat jihatidan boshqacha shaklda aks etish xususiyatidir.
Demak, fiziologiya dialektik – materialistik dunyoqarashni, tabiiy ilmiy va tabiiy tarixiy asosi hisoblanadi. Fiziologiya – ideologik kurashning eng kuchli qurollaridan biri bo’lib dialektik materializmning ya’ni yosh avlodni mamlakatga, uning xalqiga sadoqat,
|
ekstremizmga, terrorizmga qarshi kurashda jonbozlik ko’rsatish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |