Kirish Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Fiziologiyaning rivojlanishida fizika, kimyo va boshqa aralash biologik fanlarning roli


Download 1.21 Mb.
bet2/17
Sana21.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1372440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5355016317583754193

Fiziologiyaning rivojlanishida fizika, kimyo va boshqa aralash biologik fanlarning roli.

Hozirgi fizika va kimyo fanlarini yutuqlari hujayralar va ularning turli organoidlarini bir qator nozik tuzilishi va funksional qonuniyatlarini ochilishini ta’min etdi. Dezoksikarbonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalarining tuzilishini o’rganish, hujayralarda oqsil sintezlanishining qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Nuklein kislotalarda organizmning tuzilish va funksional xususiyatlarini irsiyligini dasturiy ishtiroki fiziologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Fizika va kimyoning yangi usullari asab tizimini turli qismlarini funksiyalari, nerv yo’llari orqali nerv impulslarini o’tkazilishi va nervdan a’zolarga o’tishi haqidagi tushunchalarimizni ancha ilgari surdi va organizm funksiyalarini maqsadli o’zgartirish usullari bilan qurollantirdi. Tadqiqotlarning yangi fizik usullari yordamida sezgi a’zolarining ilgaridan ma’lum bo’lmagan funksiyalari aniqlandi, hozirgi biologik kimyo esa funksiyalarning boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ayrim oqsillarni sintezlash usullarini ishlab chiqdi.


Fiziologiyaning rivojlanishi uchun organizmdagi fizik jarayonlarni o’rganuvchi-biofizika, va organizmda ximik jarayonlarni o’rganuvchi – biokimyoning ahamiyati o’ta muhimdir.
Fiziologik tahlillar uchun hozirgi zamon matematik usullari va kibernetika hamda avtomatik boshqarish usullaridan keng foydalanishmoqda, ya’ni bu usullar sezgi a’zolari va asab tizimi, taktil sezgisi, xulq-atvor va o’rgatish fiziologiyalarini o’rganishda, juda samarali hisoblanadi. Eksperimentlarning natijalarini hisoblash va tahlil qilish uchun elektron-hisoblash mashinkalaridan foydalanilmoqda.
Biologiya «Organik dunyo dinamikasi» haqidagi fan bo’lish (K.A.Timiryazev) bilan birga organizmlar evolyusiyasi va ular funksiyalari qonuniyatlari haqida fiziologiyaning, aynan evolyusion fiziologiyaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. O’z navbatida fiziologiya ham ayrim organizmlar hayotiy jarayonlarini umumbiologik qonuniyatlar asosida o’rganuvchi biologiyaning bir qismi sifatida biologiyaning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling