Kirish Fiziologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Fiziologiyaning asosiy bo’limlari va uning boshqa fanlar orasidagi o’rni
Download 1.21 Mb.
|
2 5355016317583754193
Fiziologiyaning asosiy bo’limlari va uning boshqa fanlar orasidagi o’rni.
Fiziologiya nihoyatda xilma-xil fanlar bilan birinchi galda biofizika va biokimyo fanlari bilan chambarchas bog’liq. Molekulyar biologiyaning hozirgi zamon yutuqlariga tayanib, organizmdagi hayotiy jarayonlar zaminida asosan fizik va kimyoviy qonuniyatlar yotadi deyishimiz mumkin. Bu esa hayotiy jarayonlarning ruyobga chiqishida fizik-kimyoviy jarayonlar ulushining benihoya kattaligidan dalolat beradi. Keyingi paytda fizika va kimyoning hayotiy jarayonlarni o’rganadigan biokimyo va biofizika fanlari alohida-alohida, mustaqil fan bo’lib shakllandi. Organizmdagi hujayralar, to’qimalar a’zolar, a’zolar tizimlarini tuzilish elementlaridan ajratib alohida o’rganib bo’lmaydi. Chunki muayan funksiyaning asosida ma’lum bir struktura, tuzulish shakli yotadi. Shu sababli fiziologiya anatomiya, gistologiya, sitologiya kabi morfologik fanlar bilan uzviy bog’langandir. Organizm funksiyalarini o’rganar ekan fiziologiya, patologik fiziologiya, patalogik anatomiya va boshqa klinik fanlar bilan doimiy ravishda aloqada bo’ladi. Zotan fiziologiya sog’lom organizm funksiyalarini normal sharoitda o’rgansa, patologik fiziologiya kasal, bemor organizm funksiyalarini nonormal-patologik sharoitda, patologok anatomiya esa o’lgan tizimlardagi o’zgarishlarni o’rganadi. Fiziologiya fanining usullaridan, yutuqlaridan klinikada keng qo’llanganligi uning klinik fanlar bilan ham yaqin aloqada bo’lishidan dalolat beradi. Organizmning turli funksiyalarini mexanizmni tushunib berishda kibernetikaning ahamiyati katta bo’lmoqda. Gap shundaki sunggi yillarda fiziologiyada funksiyalarni modellashtirish usuli keng qo’llanilmoqda. Benihoya murakkab asboblar yordamida qanday bo’lmasin biror funksiya mohiyatini tushuntiradigan maxsus mexanizmlar yaratilmoqda. Ana shunday mexanizmlar-moddalar u yoki bu organizmni ishlash prinsiplarini bilib olish, uning funktsional mohiyatini, boshqarilish mexanizmlarini tushunib olish imkonini bermoqda. Fiziologiya funksiyalarni tarixiy va individual taraqqiyot davrida o’zgarib borishini o’rganar ekan, umumiy biologiyada evolyutsion ta’limotga embriologiyaning ma’lumotlariga tayanadi. Fiziologiya chorvachilik va veterinariyaning barcha bo’limlari bilan chambarchas bo’gliq. Chunki bu ihtisosdagi fanlarga fiziologiya faqat ilmiy asos bo’lib xizmat qilib qolmasdan, balki ularning yutuqlaridan keng ko’lamda foydalanib, o’zining rivojlanishi uchun ham keng yo’l ochib oladi. Fiziologiyaning amaliy ahamiyati katta, bu fanni bilmasdan turli kasalliklar paytida organizm funksiyalarini qay tarzda va nechog’li buzilishini tushunib bo’lmaydi. Hayvonlarni o’rchitish, oziqalantirish, parvarish qilish, kasalliklarni oldini olish va davolashda fiziologiyani bilish zarur. Ayniqsa odamlar fiziologiyasining rivojlanishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega, ya’ni o’z navbatida mehnat, jismoniy tarbiya va sport, oziqlanish, aviatsiya, kosmik, yosh va boshqa fiziologiyalarga bo’linadi. Organizmning tuzilishi va funksiyalari uzviy bog’liq bo’lib, filogenetik va ontogenetik rivojlanishlarning natijasi hisoblanaldi. Shunday qilib funksiya bajarilishida moddalar almashinuvi o’zgaradi, bu esa o’z navbatida organizmning ham funksiyasini o’zgartirishi mumkin, ya’ni funksiyalarning birligi va asosiy ko’rsatkichi bo’lib funksiya hisoblanadi. Morfologik o’zgarishlar va fiziologik jarayonlar bir-biri bilan mustahkam bog’liq. Demak, fiziologiya odam va hayvonlar tanasining tuzilishi va uning tuzilmalarni rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi – anatomiya, organizm to’qimalarining optik va elektron mikroskopik tuzilishi haqidagi fan-gistologiya va hujayralar hayot faoliyati va tuzilishi haqidagi – sitologiya fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Fiziologiyaning ayrim qismlari ijtimoiy fanlarning tabiiy-ilmiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Sezgi a’zolari va asab tizimi fiziologiyalari falsafa, psixologiya va pedagogika bilan bevosita bog’liqlikga ega. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling